1. Sug‘urtani turkumlashning umumiy asoslari


Sug’urta atamalari definatsiyasi



Yüklə 225,36 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü225,36 Kb.
#198999
1   2   3   4   5
Mavzu sug‘urtani klassifikatsiyalash-fayllar.org

3. Sug’urta atamalari definatsiyasi
Sug‘urta – ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida qoplash.
Sug‘urta klassi - muayyan umumiy belgilar bo‘yicha birlashtirilgan sug‘urta turlari yig‘indisi.
Sug‘urta turi - sug‘urtalovchi tomonidan ishlab chiqiladigan va sug‘urta qildiruvchiga sug‘urtaning bir yoki bir nechta klassi doirasida ko‘rsatiladigan aniq sug‘urta xizmati.
Majburiy sug‘urta – sug‘urta shakllaridan biri bo‘lib, unda sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida sug‘urta munosabatlari qonun kuchida yuzaga keladi.
Ixtiyoriy sug‘urta - tomonlarning xohish-irodasiga ko‘ra amalga oshiriladigan sug‘urta munosabatlari.
Sug‘urta summasi – sug‘urta obyektini haqiqatda sug‘urtalangan qismining pul ko‘rinishidagi qiymati.
Sug‘urta shartnomasi – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi sug‘urta turi shartlariga mos ravishda ularning o‘zaro majburiyatlarini tartibga soluvchi kelishuv (huquqiy bitm).
Sug‘urta limiti – moddiy qiymatliklar va sug‘urtaviy mas’uliyatlarni sug‘urtalash mumkin bo‘lgan maksimal pul summasi.
Sug‘urta himoyasi – konkret obyekt tomonidan ko‘rilgan zararni bartaraf qilish yoki qoplash bo‘yicha munosabatlar.
Sug‘urtalovchi – sug‘urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Sug‘urta qildiruvchi – sug‘urta badallarini to‘lovchi va konkret sug‘urta munosabatlarida qatnashuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Sug‘urtalanuvchi – hayoti, sog‘ligi yoki mehnatga layoqati sug‘urta obyekti bo‘lgan shaxs.
Sug‘urta mas’uliyati – sug‘urtalovchining sug‘urta holatlari ro‘y berganda sug‘urta qoplamalari yoki sug‘urta summalarini to‘lash bo‘yicha majburiyati.
Sug‘urta guvohnomasi (polisi) – sug‘urta amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urta tarifi – sug‘urta summasiga nisbatan foiz stavkasi.
Sug‘urta badali (mukofoti) – sug‘urta summasiga nisbatan belgilangan sug‘urta tarifi bo‘yicha pul to‘lovi.
Sug‘urta muddati – sug‘urta obyektining sug‘urtalangan davri.
Sug‘urta holati – sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi to‘lanishi kerak bo‘lgan turli salbiy va boshqa kelishilgan oqibatlarga olib keluvchi haqiqatda sodir bo‘lgan holatlar.
Sug‘urta dalolatnomasi – o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan va sodir bo‘lgan sug‘urta holatini hamda sabablarini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urta qoidalari – ixtiyoriy sug‘urta shartlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlardan biri.
Fuqarolik javobgarligi – fuqaro va yuridik shaxslarning uchinchi shaxslar (jismoniy va huquqiy) oldidagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan javobgarlikning bir turi bo‘lib, u zarar yetkazuvchining harakat yoki harakatsizligi natijasida uchinchi shaxsga zarar yetkazilganda yuzaga keladi.



Yüklə 225,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin