1. Suv resurslarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Mamlakatimizda suv xo’jaligini boshqarish tizimi


Mamlakatimizda suv xo’jaligini boshqarish tizimi



Yüklə 46,58 Kb.
səhifə2/5
tarix11.05.2023
ölçüsü46,58 Kb.
#111122
1   2   3   4   5
Qishloq xojaligida sugorish va suv

2. Mamlakatimizda suv xo’jaligini boshqarish tizimi.
Mustaqil rivojlanish yillarida hukumatimiz tomonidan suv xo’jaligini boshqarishni takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Suv xo’jaligini davlat tomonidan boshqarishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish, mas’uliyat sohalarini aniq chegaralash va oydinlashtirish, ushbu sohada dolzarb va muayyan muammolarni hal etish uchun mavjud kuch va vositalar bilan oqilona ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12fevraldagi “Qishloq va suv xo’jaligini davlat tomonidan boshqarish tizimini tubdan takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to’g’gisida”gi PF-5330-sonli farmoniga binoan O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi negizida O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligining Suv xo’jaligi bosh boshqarmasi suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish hamda respublika iqtisodiyoti va aholisini suv bilan ta’minlashga doir zarur tadbirlarni amalga oshiradi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • suvdan foydalanishda bozor islohotlarini joriy etish, suvdan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish;

  • suv xo’jaligiga suvni tejovchi ilg’or texnologiyalarni joriy etish;

  • iste’molchilarni suv bilan uzluksiz o’z vaqtida ta’minlash;

  • suvdan foydalanish hisobi va hisobotini yuritishni ta’minlash; - suv xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish va ular amalga oshirilishining monitoringini yuritish;

  • mavjud me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, qonun buzilishi hollarida belgilangan tartibda chora ko’rilishini ta’minlash;

  • suv xo’jaligi uchun yangi inshootlar qurilishini va mavjudlarining rekonstruksiya qilinishini ta’minlash;

  • suvdan foydalanish uchun maxsus ruxsatnomalar berishni va suv inshootlarini ro’yxatga olish, suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va ularning boshqa birlashmalarini tashkil etish va rivojlantirishda, ichki xo’jalik suv hisobini tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam ko’rsatish;

  • suv resurslarini tartibga solish va ulardan foydalanish, suv xo’jaligini va yerlarni melioratsiyalash bo’yicha davlatlararo masalalarni muhokama qilish va hal qilishda respublika nomidan ishtirok etish.

Mamlakatimizdagi mavjud suv xo’jalik tashkilotlari va xizmat ko’rsatuvchi tuzilmalar hamda ularning hududiy bo’linmalari negizida Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tuzilgan. Uning vazifasi xalq xo’jalik tarmoqlari hamda qishloq xo’jalik korxonalarida mahsulot yetishtirish uchun suv bilan ta’minlash va suv xo’jaliklariga servis xizmat ko’rsatishdan iboratdir. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligining suv xo’jaligi sohasidagi hududiy organi hisoblanib, suv resurslarini tartibga solish va foydalanishni amalga oshiradi.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining asosiy vazifalari – suvdan foydalanishning bozor mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishini tashkil etish; suvni tejash, ilg’or texnologiyalarni joriy etish asosida suv xo’jaligida yagona texnika siyosatini yuritish; iste’molchilarni suv bilan uzluksiz va o’z vaqtida ta’minlashni tashkil etish; suv inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash; suv resurslarini oqilona boshqarish va tezkorligini oshirish; suv iste’molchilari o’rtasida yillik hisobotini ta’minlashdan iborat.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining asosiy funksiyalari – suvdan foydalanish bashoratini umumlashtirib, O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligiga suv olish limitlari bo’yicha takliflar kiritib, tasdiqlangan limitlar asosida magistral kanallar, suv xo’jaligi obyektlari, irrigatsiya tizimlari, viloyat va tumanlar bo’yicha suv olish limitlarini belgilaydi, nasos stansiyalari ish rejimini belgilaydi.
Magistral kanallar boshqarmasi Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining tashkiliy bo’linmasi hisoblanib, suv resurslarini tartibga solish bo’yicha faoliyat yuritadi. Magistral kanallar boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar:

  • magistral kanallar, inshootlar va suv resurslarini oqilona boshqarish, uning tezkorligini oshirish;

  • suv inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash, ishonchli foydalanish uchun ish holatida saqlash;

  • suv bo’yicha hisob-kitob yuritish;

  • suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, ajratilgan mablag’lar, moddiy-texnika resurslari, asbob-uskunalardan samarali foydalanish.

Ayrim yillarda yog’ingarchilik miqdori kam bo’lishi natijasida suv resurslari taqchilligi kuzatilmoqda. Shu sababli mamlakatimizdagi sug’orish tizimlarining holatini yaxshilash, mavjud suvdan oqilona foydalanish va sug’orishning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 46,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin