1. Suvning ahamiyati Suvning ifloslanishi va uning oldini olish usullari


Suvning ifloslanishini qanday qilib oldini olishingiz mumkin?



Yüklə 93,4 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü93,4 Kb.
#204295
1   2   3
asdadasda

Suvning ifloslanishini qanday qilib oldini olishingiz mumkin?


Suvning ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik uchun qo'lingizdan kelgan eng yaxshi narsa, o'zingizni dunyoda va butun dunyoda suv ta'minoti va qo'llab-quvvatlash loyihalarini qo'llab-quvvatlashga o'rgatishdir.
Stansiyadagi gazni to'kib tashlashdan va sizning ichingizdagi kimyoviy moddalarni sepishdan va dunyo bo'ylab foydalanadigan kimyoviy moddalar sonini kamaytirish yo'llarini izlashdan jahon suviga ta'sir qiladigan tanlovlar haqida bilib oling. Sayohlarni yoki daryolarni tozalashga yordam berish uchun ro'yxatdan o'ting. Kir yuvuvchilarning ifloslanishini qiyinlashtiradigan qonunlarni qo'llab-quvvatlash.
Suv dunyodagi eng muhim resursdir. Bu bizning barchamizga va uning har bir a'zosiga tegishlidir

Oqova suvlar tarkibining shakllanisbi




Hududlarda hosil bo‘ladigan suyuq chiqindilami gidrotransport uslubida quvur va kanallar orqali oqizdirish texnik-iqtisodiy va sanitariya nuqtayi nazarida qulay hisoblanadi. Aholi yashash joylari va sanoat korxonalarida xo ‘jalik-maishiy, sanoat vayomg ‘ir oqova suvlari hosil bo‘ladi. Bu oqova suvlar xilma-xil ifloslantiruvchi moddalar bilan to‘yingan bo‘lib, turli xossalarga va sifat ko‘rsatgichlariga ega. Oqova suvlami o‘z vaqtida qabul qilish, oqizdirish, saqlash, nasoslar yordamida haydash, tozalash va havzalarga qo‘shish uchun oqova suvlarni oqizdirish va tozalash tizimlari ishlatiladi. X o ‘jalik-maishiy oqova suvlariga insonning yashash faoliyati natijasida hosil boiadigan fiziologik chiqindilar, yuvinish, cho‘milish, ovqat tayyorlash, kir yuvish va hokazo jarayonlarda hosil bo‘ladigan suyuq chiqindilarga aytiladi. Bu oqova suvlaming tarkibida xilma-xil ma’danli, organik va biologik ifloslantiruvchi moddalar uchraydi. Oqova suvlarda ma’danli va organik moddalar nisbati taxminan 40:60 dan 30:70 gacha miqdorlarda uchraydi. Sanoat oqova suvlari ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlarda ishlatiladigan suvlarni ifloslanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu oqova suvlami “shartli toza” va “ifloslangan” toifalarga ajratish mumkin. Shartli toza oqova suvlar turkumiga tarkibida nihoyatda kam ifloslik bo‘lgan yoki umuman ifloslanmagan oqovalar kiradi. Misol qilib, sovutish tizimida uskunalami sovutish natijasida hosil bo‘ladigan iliq suvlami keltirish mumkin Sanoat oqova suvlarining tarkibi korxonada ishlatiladigan suv va xomashyo tarkibi, foydalaniladigan texnologiya turi hamda boshqa 6 omillarga bog‘liq bo‘lib, turli xil ifloslantiruvchi moddalar bilan to‘yingan bo‘ladi. Yomg'ir oqovalari - yomg‘ir, sel yog‘ishi, qor va muzlami erishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu oqova suvlaming tarkibi ko‘proq ko‘chalaming sirtidan yuviladigan ma’danli moddalar bilan ko‘proq ifloslangan. Ammo bu oqova suvlarda neft mahsulotlari, organik moddalar ham uchraydi. Oqovalami oqizish tizimlari oqizish tarmoqlari, nasos stansiyalari, tozalash inshootlari, havzalarga qo‘shish va boshqa qurilmalaridan iborat murrakab xo‘jalik hisoblanadi. Aholi yashash joylarining obodonchilik darajasi, relyefi, iqlimi, oqovalami sarfi, ulaming ifloslanishi, tozalangan oqovalami qo‘shish uchun mo‘ljallangan suv havzasining turi va boshqa omillarga bog‘Iiq holda bo ‘lingan (to ‘la va qisman), yarim bo ‘lingan, aralash va umumoqizuv oqovalami oqizish tizimlari ishlatiladi. To ‘la bo ‘lingan tizimlarda xo‘jalik-maishiy va sanoat oqova suvlari birga, yomg‘jr oqovalari esa alohida tarmoqlar orqali oqizdiriladi. Bu tizimda ikki va undan ortiq tarmoqlar yotqizish zaruriyati sababli xarajatlami oshishiga olib keladi. Bu tizimda xo‘jalik-maishiy va sanoat oqova suvlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan oqizish tarmoqlari, kollektorlari, tozalash inshootlari hamda nasos stansiyasini bir maromda ishlashi ta’minlanadi. Sanitariya nuqtayi nazarida yomg‘ir oqovalarini bevosita ochiq havzalarga qo‘shilishi bu tizimning eng katta kamchiligi hisoblanadi. Qisman bo'lingan tizimlarda eng iflos xo‘jalik-maishiy va sanoat oqova suvlari bir tarmoq orqali tozalash inshootiga jo‘natiladi. “Shartli toza” va yomg‘ir oqova suvlari ariq va novlar orqali bevosita ochiq suv havzalariga oqizdiriladi. Bu tizim sanitariya nuqtayi nazarida nisbatan qulay hisoblanadi, ammo yomg‘ir oqovalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq havzalarga qo‘shilishi sanitariya xavfini tug‘diradi. Yarim bo'lingan tizim to‘la bo‘lingan tizimdan umumoqizuv kollektorining mavjudligi bilan farq qiladi. Odatda, bu kollektorlar suv havzasi qirg‘og‘i bo‘ylab yotqiziladi va ularda uchala toifadagi oqovalar oqizdiriladi. Kollektorlar oqovalami ajratish kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, yomg‘ir oqovalarini boshlang‘ich qismini tozalash inshootiga, qolgan qismini esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv havzasiga qo‘shish uchun ishlatiladi. Sanitariya nuqtayi nazarida bu tizim bo‘lingan va umumoqizuv tizimlarga nisbatan afzal hisoblanadi. Umumoqizm tizimda turli toifadagi oqova suvlar bir tarmoq orqali oqizdiriladi va tozalash inshootida tozalanadi. Ushbu tizimda tarmoqlaming umumiy uzunligi to‘la bo‘lingan tizimga nisbatan 30-40% qisqa, ammo katta diametrli quvurlar yotqizilish zarurligi va shunga mos tozalash inshootlari hamda nasos stansiyalari qurilishiga ko‘proq mablag‘ talab qilishi tizimning eng katta kamchiligi hisoblanadi. Sanitariya nuqtayi nazaridan esa bu tizim boshqa tizimlarga nisbatan eng qulay hisoblanadi. Oqova suvlami tozalash va zararsizlantirish, hosil bo‘ladigan cho‘kmalarga ishlov berish uchunmo‘ljallangan asosiy vayordamchi inshootlar majmuasiga tozalash inshootlari deb aytiladi. Tozalangan oqovalami suv havzalariga qo‘shish va havza suvi bilan tezda aralashtirish qo'shish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Oqova suvlami ifloslantiruvchi moddalar, o‘z fizikaviy holatiga ko‘ra, yirik zarrachalar sifatida, mayin suspenziya, ko‘pik, emulsiya, kolloid va suvda erigan ko‘rinishlarda uchrashi mumkin.
Oqova suvlarda uchraydigan iflosliklaming biologik sinfiga mikrojonzodlar, zamburug‘lar, bakteriyalar, mayin suv o‘tlari, virus va boshqa tirik mavjudotlar kiradi. Bakteriologik sinfga esa xamirturush va mog‘or zamburug‘lari, yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchi, tashuvchi mikrojonzodlar kiradi. Oqova suvlarda terlatma kasallik, paratif, dizenteriya, kuydirgi va gelmintlar kabi xavfli patogen mikrojonzodlar ham uchrashi mumkin. Sanoat oqova suvlarda neft mahsulotlari, sirt faol moddalar, fenol, kislota, ishqor, og‘ir metallar, organik moddalar uchraydi. Akad. L.A.Kul’skiyning oqova suvlarda uchraydigan ifloslantiruvchi moddalami faza-dispers sinflanishida keltirilgan to‘rtala guruhga mansubligini 1.1-jadvalda ko‘rsatish mumkin[4]. Oqova suvlami ifloslantiruvchi moddalami suvda eriydigan va erimaydigan turlarga ajratish mumkin. Suvda erimaydigan iflosliklar yirik o‘lchamga ega zarrachalardan (muallaq moddalar) va mayin, disperslangan suspenziya, emulsiya va ko‘piklar shaklida uchraydi. Muallaq moddalar deb, suvda erimaydigan moddalaming qog‘oz filtrida ushlab qolingan qismiga aytiladi va ulaming hajm birligidagi massasi muallaq modda ulushi (konsentratsiyasi) deb yuritiladi. Iflosliklardan tashkil topgan zarrachalaming o‘lchami va zichligiga bog‘liq holda turli tezliklar bilan cho‘kmaga tushishi, suv betiga qalqib chiqishi yoki suvda muallaq holda qolishi mumkin. Laboratoriya sharoitida, 2 soat mobaynida cho‘kmaga tushadigan zarrachalar cho'kadigan va shu vaqt ichida suv betiga qalqib chiqadigan - suzuvchi moddalar deyiladi. Cho‘kmaga tushadigan moddalaming hajmi Lisenko idishi yoki oddiy silindr yordamida o‘lchanadi. Oqova suvlaming tinishi davrida tarkibidagi ifloslantimvchi moddalaming taqsimoti o‘zgaradi.


Oqova suvlaming tarkibi va xossalari sanitariya-kimyoviy tahlillar asosida baholanadi. Buning uchun standart kimyoviy testlar bilan bir qatorda fizikaviy, fizikaviy-kimyoviy, sanitariyabakteriologik tahlillar bajariladi. Oqova suvlar taridbida xilma-xil modda turlarining ko‘pligi, tahlillarning murakkabligi, alohida 15 moddalami aniqlash o‘miga umumlashtimvchi tahlillardan foydalanishni taqozo etadi. Oqova suvlami to‘liq sanitariya-kimyoviy tahlili quyidagi ko‘rsatgichlardan iborat: harorat, rangi, hidi, shaffofligi, muhit ko‘rsatgichi-rN, quruq qoldiq, kul qisrai, muallaq moddalar, cho‘kmaga tushadigan moddalar (hajm va massa bo‘yicha), permanganat oksidlanuvchangligi, kislorodga kimyoviy ehtiyoj (KKE), kislorodga biologik ehtiyoj(KBE), azot (umumiy, ammoniyli, nitrit va nitrat), fosfatlar, xloridlar, og‘ir metall, toksin va sirt faol moddalar (SFM), neft mahsulotlari, erigan kislorod, mikroblar soni, ichak tayoqchalari bakteriyalari, gelmint tuxumlari va boshqalar. Zaruriyat tug‘ilganda bu ro‘yxat kengaytirilishi mumkin. Harorat - muhim texnologik ko‘rsatgichlardan biri hisoblanadi. Harorat bilan suvning zichligi, zarrachalarning cho‘kmaga tushish tezligini belgilaydi. Shuningdek, harorat oqova suvlami biologik tozalash jarayonlariga, kislorodni suvda emvchanligiga bevosita ta’sir etuvchi omil hisoblanadi. Oqova suvlarning rangi — ulaming organoleptik ko‘rsatgichlaridan biri. Xo‘jalik-maishiy oqova suvlar sarg‘ish-kulrang rangga bo‘yalgan bo‘lib, boshqa rang borligi yaxshi tozalanmagan sanoat oqova suvlari qo‘shilgani haqida dalolat beradi. Oqova suvlami bo‘yalish darajasi yoki ranglanish darajasi uni shaffof holga keltirish uchun toza suv bilan suyultirish miqdori bilan o‘lchanadi, masalan 1:100,1:250 vah.k. Oqova suvlarning hidi - bu ko‘rsatgich ham organoleptik bo‘lib, oqova suvlarda uchuvchi, hid bemvchi moddalar borligini tavsiflovchi ko‘rsatgich hisoblanadi. Odatda, oqova suvlarning hidi 20°C haroratda aniqlanadi va fekal, chiravchi, kerosinli, fenolli so‘zlar bilan izohlanadi. Muallaq moddalar deb oqova suvlami sizish yo‘li bilan moviy tasma qog‘oz filtrda ushlab qolingan erimagan moddalarga aytiladi. Muallaq modda ulushi oqova suvlar sifatini baholovchi muhim texnologik ko‘rsatgich!ardan biri hisoblanadi. Muallaq modda 16 ulushi tindirgichlami loyihalashda va cho‘kma miqdorini aniqlashda hisobli ko‘rsatgich sifatida ishlatiladi. Shuningdek, bu ko‘rsatgich yordamida shartli tozalash darajasi aniqlanadi. Aksariyat hollarda shahar xo‘jalik-maishiy oqova suvlarida muallaq moddaning ulushi 100-500 mg/1 oraliqda o‘zgarib turishi mumkin. Quruq qoldiq - oqova suv tarkibida mavjud bo‘lgan barcha (erimagan, kolloid va erigan) moddalaming miqdorini ifodalovchi ko‘rsatgich. Quruq qoldiq ma’lum hajmdagi oqova suv chinni kosachaga solinib, suv hammomida bug‘latiladi. Kosachada qolgan moddalaming hajm birligidagi massasi quruq qoldiq deyiladi va g/m3 o‘lchov birligida o‘lchanadi. Kuydirishda yuqolish - iflosliklaming organik qismini aniqlash uchun yuqorida aytilgan kosachalami 600 °C haroratda kuydirish yo‘li bilan bajariladi. Kosacha tagida qolgan kul qismining vazni oichanadi va umumiy vaznidan ayirmasiga kuydirishda yuqolish yoki organik moddalar vazni deyiladi. Moddalaming kul qismi foiz hisobida ham o‘lchanadi. Xo‘jalik-maishiy oqova suvlar cho‘kmasining kul qismi 20-30%, organik qismi esa 70-80% tashkil qiladi. Oqova suvlaming kimyoviy oksidlanuvchanligi — oqova suv tarkibida oksidlanishi mumkin bo‘lgan organik va anorganik moddalami ifodalovchi ko‘rsatgich hisoblanadi. Ishlatiladigan oksidlovchi moddaga bog‘liq holda kimyoviy va biokimyoviy turlarga bo‘linadi. Kimyoviy oksidlovchi modda sifatida kaliy permanganati (КМПО4), kaliy iodati (KJO3) va kaliy bixromati (К2СГ2О7) ishlatiladi. Oqova suvlami oksidlanuvchanligini aniqlashda oxirgi modda, nisbatan kuchliligi tufayli, ko‘proq ishlatiladi. Shu yo‘l bilan aniqlangan ko‘rsatgich kislorodga kimyoviy ehtiyoj (KKE) deb nomlanadi va MgO/1 o‘lchov birligida o‘lchanadi. Kislorodga biologik ehtiyoj (KBE) - Oqova suvlami tarkibidagi biologik yo‘l bilan oksidlanishi mumkin bo'lgan organik moddalar miqdorini ifodalash uchun ishlatiladi. KBE deb suvdagi organik moddalami biologik yo‘l bilan mikrojonzodlar yordamida iste’mol etilgan molekular kislorod miqdoriga aytiladi. Shartli ravishda KBE KKE ning bir qismi deb anglash mumkin. To'liq kislorodga biologik ehtiyoj deb 20 kecha-kunduz davomida sarflangan kislorod miqdoriga aytiladi va KBE20 deb ifodalanadi. Bu ko‘rsatgichni aniqlashga uzoq muddat talab qilganligi sababli, oqovalar amaliyotida 5 kecha-kunduzdagi, ya’ni KBE5 ko‘rsatgichi ishlatiladi. Bir kishidan hosil bo‘ladigan KBEning me’yori tindirilmagan va tindirilgan xo‘jalik-maishiy oqova suvlarda 75 g va 40 g ni tashkil qiladi[7]. Oqova suvlaming muhit ко ‘rsatgichi (rN) - suvning kislotali yoki ishqoriyligi rN-muhit ko‘rsatgichi orqali ifodalanadi. Bu ko‘rsatgich suvda parchalangan vodorod ionlarining manfiy o‘nli logarifiniga aytiladi. Harorati 25 °C, neytral muhitdagi suvda 10'7 ta vodorod ioni (N+) va 1 O'7 gidroksil (OH ) ionlariga parchalanadi. Suvning rN = 7 bo‘lganda tarkibidagi erkin vodorod va giroksil ionlari soni teng, ya’ni muhit neytral. Agar suvning rN7 muhit ishqoriy hisoblanadi. Odatda, xo‘jalikmaishiy oqova suvlarda muhit ko‘rsatgichi neytralga yaqin bo‘lib, 6,5-8,5 ni tashkil etadi. Ammo sanoat oqova suvlarida bu ko‘rsatgich keng oraliqlarda o‘zgarishi mumkin. Oqova suvlarga azot moddalari (ammoniy ioni, nitrit, nitrat ionlari) oqsil moddasini parchalanishi natijasida, azotli mahsulot ishlab chiqaridagan sanoat korxonalari chiqindilari bilan tushadi. Suv tarkibidagi ammoniy ionlari Nitrosamonac va Nitrobaeter bakteriyalari yordamida havo kislorodi bilan oksidlanib nitrit va nitrat ionlariga aylanadi. Oqova suvlami bakteriologik baholashda, odatda, bir ml suvda bakteriyalaming umumiy va ichak tayoqchalarining soni aniqlanadi. Koli-indeks deb, bir litr suvda aniqlangan tayoqchalar soniga, koli-titr esa bitta tayoqcha aniqlangan suvning millilitr hisobida egallagan hajmiga aytiladi. Bu ko‘rsatgichlar bilan birga, oqova suvlaming ifloslanish darajasini baholovchi, mikroblarning umumiy soni ham aniqlanadi. Oqova suvlami tarkiban baholashda yuqorida keltirilgan ko‘rsatgichlardan tashqari xilma-xil moddalar ulushi, temir, og‘ir metallar, sirt faol moddalar, xlorid, sulfat, fosfat ionlari va boshqa unsurlar ulushi aniqlanadi.

Suvni tozalash — suv taʼminoti manbalari (daryolar, koʻllar, suv havzalari, suv omborlari va boshqalar)dan vodoprovod tarmogʻiga kelib tushadigan suvning sifatini belgilangan meʼyorga keltirish uchun moʻljallangan texnologik jarayonlar majmui. Sanoat korxonalari va maishiy korxonalardan chiqadigan oqova suvlarni tozalashni ham oʻz ichiga oladi. [[Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimidagi, korxonalardagi muxandislik inshootlari yordamida hamda biologik va kimyoviy usullarda amalga oshiriladi.


Yer yuzasidagi tabiiy suv manbalari (daryolar, koʻllar va boshqalar) suvini vodoprovod tarmogʻiga yuborishdan oldin tindiriladi, tiniklashtiriladi va zararsizlantiriladi. Tozalash inshootlarida tindirish va tiniklashtirishda suv tarkibidagi muallaq va kolloid (mayda) zarralar suv tagiga chukadi, suvga maxsus idishlarda alyuminiy sulfat va xlorli temir bilan ishlov beriladi, suv shagʻal, qum qavati, baʼzan esa gʻovak sopol filtrdan oʻtkaziladi. Tiniq suvni zararsizlantirish (turli mikroorganizm va viruslarni oʻldirish) uchun unga suyuq yoki gaz holatdagi xlor, gipoxloritlar — NaCIO, Sa(SYU)2 va xlor qoʻsh oksid S1O2, xlorli ohak qoʻshiladi, tindirilgan suv va yer osti suvlarini zararsizlantirish maqsadida, shuningdek, ozon va ultrabinafsha nurlar ham qoʻllanadi. Bunda simobkvarsli yoki argonsimobli lampalardan foydalaniladi. Agar suv qattiq (tarkibida kalsiy va magniy tuzlari umumiy miqdori meʼyordagidan yuqori) boʻlsa, yumshatiladi.
Yer osti suvlari koʻpincha aeratsiya usulida temirsizlantiriladi (havo kislorodi bilan boyitiladi). Suvni kremniysizlantirish (metasilikat kislota H2SiO3 va uning tuzlari miqdorini kamaytirish) uchun ohak, natriy alyuminat NaAlO2, baʼzan kuydirilgan dolomitdan foydalaniladi. Suv tarkibidagi boshqa erigan tuzlarni ketkazish uchun u chuchuklashtiriladi (qarang Suvni chuchukpashtirish) yoki ionitlardz. tuzsizlantiriladi. Suv tarkibidagi vodorod sulfid, metan, radon, karbonat angidrid va boshqa erigan gazlarni ketkazish uchun suv degazatsiyalanadi (qarang Degazatsiya). Suv tarkibidagi ortikcha ftorni kamaytirish uchun suv faollashtirilgan alyuminiy oksid orqali suzib oʻtkaziladi. Agar suv tarkibida radioaktiv moddalar borligi aniklansa, u dezaktivatsiyalanadi (qarang Dezaktivatsiya). Agar suvda noxush hid boʻlsa, faollashgan kumir, ozon, kaliy permanganat yoki xlor koʻsh oksid bilan ishlanadi (qarang Sorbsiya).
Oqova suvlar (sanoat korxonalari, maishiy korxonalar va turar joylardan chiqadigan iflos suvlar) va yogʻin suvlarni tozalash masalalari tabiatni mahofaza qilishning muhim bir qismi hisoblanadi. Oqova suvlar tarkibidagi balchiq, kolloid va erigan moddalar tindirgichlarda choʻktiriladi, zararli moddalar biologik usullarda zararsizlantiriladi (qarang Biologik suzgich, Suvni zararsizlantirish), korxonalardan chiqayotgan suvlar tozalash inshootlarida tozalanadi. Suvni tozalashning fizikkimyoviy, termik va boshqa usullari ham bor.
Tabiiy suvlarni sanoatda qoʻllanadigan usullar yordamida mikroorganizmlar, tuzlar va gazlardan butkul tozalashning imkoni yoʻq. Shu sababli ularning ichimlik suvidagi miqdori belgilangan maʼlum meʼyordan koʻp boʻlmasligi talab etiladi. Mas, ichimlik suvining 1 ml dagi mikroorganizmlarning umumiy soni 100 tadan oshmasligi, ichak tayoqchalari guruhi bakteriyalarining soni 3 tadan oshmasligi shart. Suvning umumiy qattiqligi 7 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1000 mg/l gacha, vodorod koʻrsatkichi — rayon 6,0 dan 9,0 gacha boʻlishi kerak. Ayrim hollarda ichimlik suvining qattiqligi 10 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1500 mg/l gacha, temir va marganets ionlarining miqdori tegishlicha 1 va 0,5 mg/l gacha boʻlishiga ruxsat etiladi. St. xalqxoʻjaligida va aholi sogʻligʻini saqlashda juda muhim tadbir hisoblanadi.
Oʻzbekiston shahar va tumanlarida suv taʼminoti markazlashtirilgan. Aholiga beriladigan ichimlik suvi yuqorida aytilgan usullarda tozalanadi, sanitariya koʻrigidan oʻtkazib turiladi. Bu ish bilan shahar va tuman sanitariyaepidemiya st-yalari (SES) shugʻullanadi. Yirik sanoat va maishiy korxonalarning oqova suvlari mahalliy tozalash inshootlarida tozalab chiqariladi.
Suv yetishmasligining yana bir muhim sababi uning sanoat,ma’ishish va qishloq xo’jaligi chiqindalari bilan ifloslanishdir. Oqova suvlar, ya’ni ishlatilgan va ifloslangan suvlar aksariat xollarda suv xavzalariga qo’yilmoqda. Bunday suvlarning 1m3 xajmi toza suvning 40-60 m ni ifloslaydi.
Oqova suvlarga tushadigan ifloslovchilar mineral organik va biologik ifloslovchilarga ajratiladi. Mineral ifloslovchilarga qum, loyqa, mineral tuzlar, kislota va ishqorlar kiradi.
Organik ifloslovchilarga o’simlik va hayvon qoldiqlari, odam va hayvonlarning fiziologik chiqitlari va h.o. lar kiradi. Biologik ifloslovchilarga mikroorganizmlar kiradi va bunday ifloslanish ko’pincha ma’ishiy oqova suvlarga xos. Suvlarning ifloslanishi natijasida Har yili 500 mln kishi turli kasalliklar bilan kasalanadi. Ayniqsa suvlarning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi xavflidir.
Suv yetishshmasligi sharoitida undan oqilona foydalanish,oqova suvlarni tozalash va qaytadan sho’rlatish muhim ahamiyatga ega. Oqova suvlarning mexaniq,kimyoviy va biologik tozalash usullari mavjud. Mexaniq usulda suv ogir mineral va organik ifloslovchilardan tozalanadi (tindirish) kimyoviy usulda ifloslovchi birikmalar turli kimyoviy moddalar foydalanib cho’kma holatiga o’tkaziladi. Biologik usul yordamida organik ifloslovchilar mineral holatga o’tkaziladi. Bunda turli xil mikrorganizmlar,o’simliklar va hayvonlardan foydalaniladi. Suv biologik usulda tozalangandan keyin xlor bilan dizenfeksiya qilinadi.
Suv xavzalarining oqova suvlar bilan ifloslanish muammosini xal qilishning eng qulay samarali usuli chiqindisiz texnologik jarayonlarning yaratilishidir. Qishloq xo’jaligida sug’orishning yangi usullarini qo’llash ham suvni tejashga yordam beradi. Yer osti suvlaridan oqilona foydalanish va ularni muxofaza qilish ham muhimdir. Yer osti suvlari-iichimlik suvining asosiy manbaidir. Yer osti suvlari sizot, artezian va mineral suvlarga ajratiladi.
Hozirgi vaqtda dunyo okeaning ifloslanishi global ekologik muammo bo’lib qoldi. Okeanlarning ifloslanishi oqova suvlarning daryo suvlari orqali okeanga tushishi, pestisidlar bilan ishlov berilgan o’rmon va dalalardagi oqimlarning qo’yilishi neft maxsulotlarining qazib olishdagi va tashishdagi yo’qotishlar natijasida sodir bulmoqda. Okeanlarning neft va neft maxsulotlari bilan ifloslanish juda yuqori. Qazib olish va tashish vaqtida neftning anchagina qismi okeanga tushadi. Natijada suvning yuzasida neft qobig’i hosil bo’ladi. Bu okean va atmosfera o’rtasidagi bog’liqlikni buzadi,ko’pchilik tirik organizmlar nobud bo’ladi.
Uzoq yillar mobaynida dunyo okeani radioaktiv va o’ta zaharli chiqinddilarning o’ziga xos axlatxonasi bo’lib keldi. Bu muammo barcha davlatlarning hamkorligida xal qilnishi lozim.
Bizning mamlakatimizda, umuman O’rta Osiyoda suv resurslari chegaralangan.
Respublikamizda qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning asosiy qismini sug’oriladigan maydonlar tashkil qiladi. Bizda yetishtiriladigan paxta,sholi kabi o’simliklar ko’p talab qiladi. Foydaladigan suvlarning 85% i qishloq xo’jaligiga 12% i sanoatga va 3% i ma’ishiy maqsadlarga ishlatiladi.
Yer osti suvlarining 52% i ishlatilmoqda.Amurdaryo va Sirdaryo daryolarining ifloslanganligi muhim ekologik muammo bo’lib kolmoqda. Bu daryolar. Asosan Kirgiziston,Tojikisotn va Turmaniston teritoriyasida ifloslanmoqda. Lekin Respublikamizda ham okava suvlar va zovur suvlari bu daryolarga qo’yilmoqda. Natijada ichimlik suvi muammosi keskinlashmoqda.
Ichimlik suvi sifatining yomonlashuvi natijasida, ayniqsa, Xorazmda va Qoraqalpog'iston Respublikasida aholining kasallanishi va o’limi ko’paymoqda. Yer osti suvlarining ifloslanishi kuzatilmoqda. Keyingi yillarda O’zbekiston suv resurslarini muxofaza qilishga katta ahamiyat
berilmoqda natijada. Suv xavzalariga qo’yiladigan oqova suvlar xajmi 2,5 martaga qisqardi. Suvdan foydalanishga oid qonun qabul qilingan. Ma’lumki, hozirgi Orol muammosi juda keskinlashgan. Keyinga 30-yil ichida Oroldagi suv satxi 16 metrga pasaydi. Sug’oriladigan maydonlarning kengayishi natijasida Amurdaryo va Sirdaryo suvlari Orolga yetib bormayapti. Suv satxining pasayishi natijasida atmosfera va tuproqning ifloslanishiga olib kelmoqda. Orol muammosini xal qilish ustida O’rta Osiyoda barcha mamlakatlar hamkorlikda ish olib bormoqdalar.
Suv havzalarini oqova suvlardan muhofaza qilish
Suv havzalari tabiiy va sun’iy yo‘l bilan ifloslanishi mumkin. Tabiiy ifloslanish yomg‘ir suvlari bilan olib kelinadigan iflosliklaming qo‘shilishi, suv tarkibidagi suv hayvonoti va o‘simliklaming chirishi natijasida ru‘y beradi. Sun’iy ifloslanish, asosan, tozalanmagan xo‘jalik-maishiy va sanoat oqova suvlarini qo‘shilishi bilan bog‘liq. Iflosliklaming havzalarga kelib tushishi havza suvining kimyoviy tarkibiga (rN, zaharli, organik va anorganik moddalar), 26 fizikaviy va organoleptik ko‘rsatgichlariga (shaffofligi, rangi, hidi, ta'mi) salbiy ta’sir etishi, suv betida suzuvchi moddalar, havza tubida cho‘kmalami paydo bo‘lishi, havza suvida erigan kislorod miqdorining keskin kamayishiga hamda bakteriyalar soni va turlarining oshishiga olib keladi. Oqibatda havzada ichimlik suv ta’minoti tizimlari, baliqchilik yaroqsiz bo‘lib qoladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi “Suv va suvdan foydalanish” to‘g‘risidagi qonuniga [9] binoan sanoat, xo‘jalik-maishiy oqova suvlami ochiq suv havzalariga oqizishda obyektlaridan oqova suvlami oqizish uchun foydalanish zarurati va imkoniyatlarini asoslab bemvchi hujjatlar asosida beriladi. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-aprelda qabul qilingan “0 ‘/bekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlaming, shuningdek ichimlik va xo‘jalik-maishiy suv ta’minotining, davolash va madaniy sog‘lomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish hududlari” [I0]haqidagi Nizomga muvofiq barcha ishlab turgan, loyihalashtirilayotgan va qayta qurilayotgan suv o‘tkazgichlar sanitariya epidemiologiya jihatdan ishonchligini ta’minlash maqsadida suv qabul qilish joylaridagi suv ta’minoti manbalari uchun sanitariya-muhofaza hududlari belgilanadi. Ochiq va yer osti suv manbalari sanitariya-muhofaza hududining chegaralari uchta maydondan iborat: • birinchi - qattiq nazorat hududi; • ikkinchi va uchinchi - hududlari inson xo‘jalik faoliyati cheklangan hududlar hisoblanadi. Birinchi hududning chegarasi oqim bo‘yicha yuqoriga 200 m, pastga 100 m, qabul inshooti joylashgan qirg‘oqdan har tomonga 100 m. Ikkinchi hudud chegarasi esa daryo va kanallar uchun yuqori tomonga 3 km, oqim bo‘uyicha pastga birinchi hudud chegarasidan 250 m, yon tomonlarga tekisjoylarda qirg‘oqdan 500 m tog‘ joylarda 750-1000 m ni tashkil qiladi. Suv omborlari va 27 kollar uchun 10% shamol yo‘na!ishi bo‘yicha 3 km, 10% dan ortiq paytda 5 km. Yon chegaralari daryolarligiday. Uchinchi sanitariya-muhofaza hududining chegarasi har tomonga xuddi ikkinchi hududday qabul qilinadi, yon chegaralari esa qirlaming suv bo‘linish chegarasigacha, ammo 3-5 km dan oshmasligi kerak. Barcha ochiq suv havzalaridan foydalanishni ikki toifaga ajratish mumkin; 1-xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti, madaniymaishiy maqsadlarda ishlatiladigan havzalar va 2-baliqchilik havzalari.
Bu havzalar har biri o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi:
a) markazlashgan va markazlashmagan ho‘jalik-ichimlik suv ta’minoti hamda oziq-ovqat mahsulotlari sanoat korxonalarining suv ta’minoti uchun;
b) sport, cho‘milish, dam olish uchun mo‘ljallangan va aholi yashash joylaridan o‘tadigan havzalarning qismlari.
Baliqchilik havzalari ham ikki turga bo‘linadi:
a) qimmaibaho baliq novlarini o‘stirish va saqlash uchun mo‘ljallangan havzalar; b) qolgan baliq navlarini o‘stirish uchun mo‘ljalangan havzalarga bo‘linadi. Bu havza suvlarini tarkibida ifloslantiruvchi moddalaming ruxsat etilgan chegaraviy ulushlari

Sanoat korxonalarida hosil bo‘ladigan oqova suvlarni shahar oqizish tarmoqlariga qo‘shishda oqova suvlar ma’lum talablarga javob berishi lozim. Bu talablar quyidagilardan iborat: • sanoat oqova suvlari oqizish tarmoqlari, inshootlari ashyolariga nisbatan zararsiz bo‘lishi lozim, tarmoqda tiqihshga olib keluvchi yirik jismlardan hamda portlovchi, yonuvchi moddalar - benzin, neft mahsulotlari, efirlar, erigan gazlardan holi bo‘lishi kerak, biologik tozalash jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ulushlar bo‘lmasligi kerak; • xo‘jalik-maishiy va sanoat oqova suv aralashmalarining harorati 40°C dan oshmasligi kerak; • tarmoqlarga qo‘shiladigan oqova suvlarda xavfli bakteriyalar bo‘lmasligi kerak; • oqova suvlaming muhit ko‘rsatgichi 6,5-7 atrofida bo‘lishi lozim; • bu talablarga javob bermaydigan oqova suvlar mahalliy tozalash inshootlarida zaruri darajalargacha tozalangandan so‘g qo‘shilishi mumkin.


Ochiq suv havzalarini ifloslanishi, asosan, yaxshi tozalanmagan oqova suvlami qo‘shish hisobiga ro‘y beradi. Albatta, bu yerda: yomg‘ir oqovalari o‘z ulushini qo‘shishini ham aytib o‘tish lozim. Tozalanmagan yoki qisman tozalangan oqova suvlar suv havzalariga qo‘shilganda ularda quyidagi hodisalar ro‘y bermasligi lozim: • havza suvining fizikaviy xossalarining o‘zgartirishi (shaffofligi, rangi, hidi va ta’mini paydo bo'lishi); • suv betida suzuvchi moddalami yoki tubida cho‘kmalami paydo bo‘lishi; • suvning kimyoviy tarkibini o‘zgarishiga olib kelishi (muhit ko‘rsatgichi, organik va anorganik, zaharli moddalami paydo bo‘lishi); • suvda erigan kislorod miqdorining kamayishi; • bakteriyalar soni va turlarining o‘zgarishi, patogen mikrojonzodlami paydo bo‘lishi. Oqova suvlami ochiq havzalar holatiga salbiy ta’sirini pasaytirish maqsadida qo‘shiladigan oqova suvlar zaruriy darajada, muntazam ravishda, inshootlarda tozalanib va zararsizlantirilib qo‘- shilishi mumkin. Tozalash uslublarini tanlashda ketma-ket joylashgan, yaxshi natija beradigan, bosqichli tozalash tizimlarini qo‘llanishi zarur. Oqova suvlar tarkibidagi zararli va biogen moddalardan mumkin qadar chuqurroq tozalashga erishish kerak. Buning uchun an’anaviy tozalash inshootlari bilan birga, kafolatlangan natija beruvchi, kimyoviy tozalash inshootlari, biologik hovuzlar ishlatilishi mumkin. Tozalangan oqova suvlami qayta ishlatish tizimini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Tarkibida azot, fosfor, kaliy va boshqa ozuqa unsurlari bor oqova suvlami texnik o‘simliklami sug‘orish uchun foydalanish yaxshi samara beradi. Shuningdek, tozalangan oqova suvlarda maxsus suv o‘tlarini o‘stirish ulaming tarkibidagi unsurlami kamaytirishga imkon beradi. 38 Neft va neft mahsulotlarining suv havzalariga salbiy ta’siri beqiyosdir. Neft mahsulotlari havza suvining betiga yupqa qatlam bilan qoplanib, kislorodni suvda erishiga to‘sqinlik qiladi hamda baliq va boshqa suv jonzodlari ko‘payishiga salbiy ta’sir qiladi. Zaharli moddalaming havza suvini o‘z-o‘zini tozalash jarayonlarining tezligini so‘ndirishini alohida aytib o‘tish lozim. Vodorod va boshqa moddalar sulfidi, tarkibida fenol bor moddalar, og‘ir metallar tirik jonzodlarni zaxarlaydi va nobud bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, ulaming suv muhitida beqarorligi tufayli, erigan kislorod bilan oksidlanadi va havzaning kislorod balansiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Havza suvining o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati ko‘p tabiiy omillarga bog‘liq, bulardan: havza va oqova suvlarining sarfi, oqim tezligi, kimyoviy tarkibi, harorati va h.k. Sanitariya me’yorlari bo‘yicha havzalarga qo‘shiladigan oqova suvlami zaruriy darajalarda tozalagandan keyin tashlash hamda havza suvining aralashish jarayonlarini e’tiborga olishishi lozim.

Oqova suvlarni tozalash uslublari va inshootlari


Oqova suvlami tozalashda mexanik, biologik va fizik-kimyoviy uslublar ishlatiladi. Tozalash uslublarini va inshootlarini tanlashda tozalash darajasi, o‘tkazish qobilyati, cho‘kmalarga ishlov berish usullari, oqova suvlarning tarkibi, mahalliy shart-sharoitlar va iqtisodiy ixnkoniyatlar hisobga olinadi. Oqova suvlami tozalash texnologiyasi ma’lum ketma-ketlikda ifloslantimvchi moddalami ajratish ko‘zda tutilgan. Odatda, birinchi navbatda yirik ifloslantimvchi moddalar - og‘ir zarrachalar (ma’danli moddalar) mayin zarrachalar - kolloid va erigan moddalar oqova suvlardan ajratib olinadi. Bu ketma-ketlik tozalash usullari uchun qulay sharoit yaratadi. Shu sababli o‘rta va yirik tozalash shaxobchalarida panjara, qumtutgich, tindirgich shartli ravishda qo‘llaniladi. Oqova suvlar mexanik, fizikaviy-kimyoviy va biologik uslublar yordamida tozalanadi. Oqova suvlar tarkibidagi bakterial iflosliklami bartaraf etish ular kimyoviy yoki fizikaviy usullar bilan zararsizlantiriladi. 1.Oqova suvlami mexanik tozalash usullari mexanika qonunlariga asoslangan bo‘lib, suvda erimagan iflosliklami tindirish. sizish yoki markazdan qochma kuchlar ta’sirida tozalashdan iborat. Bu usullami amalga oshirish uchun panjara, to‘r, qumtutgich, neft tutgichlar, tindirgichlar va turli sizgichlar ishlatiladi. Oqova suvlar dastlab, tirqishlari o‘lchami 16 mm teng bo‘lgan, panjaralarda yirik jismlardan tozalanadi. To‘rlar yordamida 1-5 mm li zarrachalar 40 ushlab qolinadi. Mexanik tozalash inshootlarida 60% gacha erimagan, 20% gacha organik moddalar kamaytirishga imkon beradi va bu inshootlar biologik tozalash inshootlaridan oldin o‘matiladi[8]. Oqova suvlar tarkibidagi og‘ir, qum zarrachalari qumtutgichlarda tutib qolinadi. Bu inshootlarda asosan, ma’danli, yirik o ichamga ega iflosliklar ushlab qolinadi va keyingi biologik tozalash uchun qulay sharoit yaratiladi. Tozalash amaliyotida yotiq, tik, aeratsiyalanuvchi va tangensial qumtutgichlar ishlatiladi. Oqova suvlar tarkibidagi cho‘kmaga tushadigan va qalqib suv betiga chiqadigan iflosliklar birlamchi tindirgichlarda tutib qolinadi. Tindirgichlarga birlamchi nom berilishi, ulaming biologik inshootlardan oldin o‘matilishi bilan bog‘liq. An’anaviy yotiq, tik va radial tindirgich konstruksiyalari va ulaming modifikatsiyalari ishlatiladi. Tindirgichlaming nomlanishi, ulardagi suv harakati yo‘nalishi bilan bog‘liq. Oqovalami biologik tozalash deb, mayin, kolloid va erigan organik moddalami tirik, mavjudotlar faoliyati yordamida ma’danlashtirish jarayoniga aytiladi. Biologik tozalash tabiiy va sun’iy sharoitlarda olib borilishi mumkin. Tabiiy sharoitlarda oqova suvlar sug‘orish va sizish maydonchalarida hamda biologik hovuzlarda amalga oshiriladi. Sun’iy yaratilgan sharoitlarda oqova suvlar aerotenk va biologik sizgichlarda tozalanadi. Bu inshootlarda oqova suvlar muallaq modda, KBE, azot, fostor va boshqa ko‘rsatgichlar bo‘- yicha 85-95% darajagach

Xulosa
Yer yuzasidagi tabiiy suv manbalari (daryolar, koʻllar va boshqalar) suvini vodoprovod tarmogʻiga yuborishdan oldin tindiriladi, tiniklashtiriladi va zararsizlantiriladi. Suv ifloslanishi suv tanasi ifloslangan holatda sodir bo'ladi. Bunday ifloslanish plastik suv idishlari yoki rezina shinalar kabi jismoniy ziyonlarga olib kelishi yoki fabrikalar, avtomobillar, kanalizatsiya tozalash inshootlari va havo ifloslanishidan suv yo'llariga tushadigan oqim kabi kimyoviy bo'lishi mumkin. Suvning ifloslanishi, ifloslantiruvchi moddalar suv ekotizimlaridan chiqarib tashlanishi mumkin bo'lmagan har qanday vaqtda.Agar suv yaqinida yashamasangiz, dunyo suvlarida ifloslanish ta'siriga duchor bo'lishingiz mumkin.Ammo suvning ifloslanishi bu sayyoradagi har qanday jonli mavjudotga ta'sir qiladi. Eng kichik o'simlikdan eng buyuk sut emizuvchilargacha va ha, hatto odamlar orasida hammamiz omon qolish uchun suvga tayanamiz.



Adabiyotlar ro`yxati:
1. Родионов А. И, Клушин В.Н., Систер В.Г Технологические процессы экологичиской безопасности. Основы энвайронменталистики − Калуга: Издательство Н. Бочкаревой, 2000.
2. Марцул В.Н., Капориков В.П Технические основы охраны окружающей среды. Минск. БГТУ, 2005.
3. Аширов А. Ионообменная очистка сточных вод, растворов и газов. М.: Химия, 1983.
4. Чебакова И.Б Очистка сточных вод/ Учебн. Пособие. Омск: Изд-во ОмГТУ, 2001.
5. Вурдова Н. Г. Фомичев В.Т. Электродиализ природных и сточных вод. М.: АСВ, 2001.
6. Ergashev S. A., Otaboyev Sh., Sharipov R. Suvning inson hayotidagi ekologik mohiyati. T.: Fan, 2009.
Yüklə 93,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin