1. Tabiiy resurslar / Atmosfera havosini muhofaza qilish]


Harakatlarni amalga oshirish uchun keyingi qadamlar



Yüklə 87,42 Kb.
səhifə3/10
tarix02.01.2022
ölçüsü87,42 Kb.
#39531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
126 09.03.2021

2.2. Harakatlarni amalga oshirish uchun keyingi qadamlar

OBMdan foydalanishni to‘xtatish, shuningdek, ularning o‘rnini bosuvchi moddalarni joriy etishni rag‘batlantirish yoki ularni qayta ishlatish bo‘yicha:

eksport/import sohasida, shuningdek, ruxsatnoma berish va kvota tizimida ishlashni davom ettirish, OBM bilan ishlovchi uskunalarning olib kirilishi bilan bog‘liq taqiqlarga qat’iy rioya etish;

yuqori darajada global isishga olib keladigan gidroftoruglerod iste’molidan past yoki nolga teng bo‘lgan moddalarga bosqichma-bosqich o‘tish choralarini ko‘rish;

soliq siyosati choralari bilan birgalikda rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;

ushbu ishlarga ommaviy axborot vositalarini keng jalb qilish orqali ozon qatlamini muhofaza qilishning muhimligi haqida jamoatchilikni xabardor qilish;

qaror qabul qiladigan shaxslarning salohiyatini, OBM va ularning o‘rnini bosuvchi moddalar sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislarning malakasini oshirish;

sovitish uskunalarini ishlab chiqaradigan va ulardan foydalanadigan, shuningdek, erituvchilar bilan ishlaydigan yirik korxonalarda OBM bilan bog‘liq ishlab chiqarish bosqichlarini xalqaro hamjamiyat va mahalliy sarmoyadorlar ishtirokidagi investitsiya loyihalari orqali amalga oshirish lozim.

O‘zbekiston Respublikasida birinchi Milliy dastur doirasida 3 ta OBMdan (XFU-12, tetraxlormetan, 1.1.1-trixloretan) foydalanish to‘xtatildi.

Ushbu Milliy dastur doirasida respublikada OBMni iste’moldan to‘liq chiqarish, mahalliy resurslardan foydalanishni hisobga olgan holda global isishga ta’siri past darajada bo‘lgan va ozon qatlamini yemirish xususiyatiga ega bo‘lmagan texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Monreal protokoli Kigali tuzatishiga qo‘shilishining maqsadga muvofiqligini o‘rganish nazarda tutilmoqda.

3-bob. OBMdan foydalanishni to‘xtatish yuzasidan Milliy dasturni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar


Yüklə 87,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin