1. Tabiiy resurslar / Atmosfera havosini muhofaza qilish]


Strategik yo‘nalishni amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasining, tegishli vazirliklar va idoralarning roli



Yüklə 87,42 Kb.
səhifə4/10
tarix02.01.2022
ölçüsü87,42 Kb.
#39531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
126 09.03.2021

3.1. Strategik yo‘nalishni amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasining, tegishli vazirliklar va idoralarning roli

Vazirlar Mahkamasi OBM iste’molini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni, shuningdek, Vena konvensiyasi va Monreal protokoli doirasida O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishining tizimli nazorat qilinilishini ta’minlaydi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi OBMdan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni bajarish uchun mas’ul hisoblanadi.

Bundan tashqari, Davlat ekologiya qo‘mitasi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Milliy dastur va “yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublika hududiga OBM va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish tartibi hamda respublika hududidan OBM va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni olib chiqish doirasida ruxsatnomalar berilishini ta’minlaydi.

Shu bilan bir qatorda, Davlat ekologiya qo‘mitasi OBMni iste’mol qilish, ulardan foydalanish monitoringini olib borish, amalga oshirilayotgan loyihalarni boshqarish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof muhit dasturining Ozon Kotibiyati va GEJ hisobotlarini tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi OBM yoki ularning o‘rnini bosuvchi moddalardan foydalangan holda texnik qayta jihozlash, yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish loyihalarini texnik baholashni ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Davlat ekologiya qo‘mitasi bilan birgalikda OBM va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarning importi va eksporti nazoratini olib boradi, shuningdek, ularni hisobga olish va OBM miqdori bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratilishiga ko‘maklashadi.


Yüklə 87,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin