1. Tabiiy resurslar / Atmosfera havosini muhofaza qilish]


Ozon qatlamini yemiruvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar



Yüklə 87,42 Kb.
səhifə6/10
tarix02.01.2022
ölçüsü87,42 Kb.
#39531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
126 09.03.2021

3.3. Ozon qatlamini yemiruvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar

OBMdan foydalanishni to‘xtatish, ozon qatlami uchun xavfsiz bo‘lgan muqobil moddalardan foydalanishga o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar ushbu Milliy dasturning strategik yo‘nalishi bo‘lib, u dasturni amalga oshirishning “yo‘l xaritasi”da aks ettirilgan.

Ozon qatlamini buzuvchi moddalar va tarkibida ushbu moddalar mavjud bo‘lgan mahsulotlarning importi va eksportiga ruxsatnomalar elektron ariza taqdim etilganidan so‘ng “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali beriladi.

Milliy dasturni amalga oshirish uchun:

ijrochilar, ijro muddatlari va moliyalashtirish manbalari, shuningdek, kutilayotgan samaralar aniq ko‘rsatilgan mexanizmlarni belgilagan holda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

“Yo‘l xaritasi”dagi tadbirlarni bajarishda ishtirok etuvchi tegishli vazirliklar va idoralarning aniq vazifa va funksiyalarini belgilash;

vazirliklar va idoralar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning Milliy dastur ijrosi bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

Milliy dastur ijrosi to‘g‘risida monitoring va tahlil ishlarini amalga oshirish;

Milliy dasturning vazifalari va maqsadlarini amalga oshirish jarayonlarida jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda aholining keng qatlami ishtirokini ta’minlash;

Milliy dastur ijrosi bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali tizimli chiqishlar tashkil etish zarur.

Milliy dasturni amalga oshirish natijasida:

OBM va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni respublika hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish bo‘yicha qat’iy nazorat ta’minlanadi;

jahon tajribasini o‘rgangan holda, O‘zbekiston Respublikasining Monreal protokoli Kigali tuzatishiga qo‘shilishining maqsadga muvofiqligi o‘rganiladi;

mahalliy resurslardan foydalangan holda, respublikada OBM o‘rnini bosuvchi moddalar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi;

OBM va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarning importi va eksporti bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi;

OBMni qayta ishlash bo‘yicha 6 ta yangi markaz tashkil qilinadi va 6 ta mavjud markazlar qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan ta’minlanadi;

sovitish uskunalari ishlab chiqaradigan 100 ta korxona uchun zarur ehtiyot qismlar sotib olinadi;

ozon qatlamini yemirish xususiyatiga ega bo‘lmagan va global isishga ta’siri past darajada bo‘lgan uskunalarni o‘rnatish, ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida mutaxassislar tayyorlanadi;

sovitish uskunalarini ishlab chiqarish sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash uchun 3 ta markaz tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 126-son qaroriga


2-ILOVA

Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirishning

“YO‘L XARITASI”


Yüklə 87,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin