1. Tabiiy resurslar / Atmosfera havosini muhofaza qilish]


V. OBMlarning zarari to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish



Yüklə 87,42 Kb.
səhifə10/10
tarix02.01.2022
ölçüsü87,42 Kb.
#39531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
126 09.03.2021

V. OBMlarning zarari to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish

12.

OBMdan foydalanishdan bosqichma-bosqich voz kechish, ularni ozon qatlamiga zararsiz va global isish salohiyati past bo‘lgan moddalar bilan almashtirish choralarini ko‘rishning maqsadlari, amaliy ahamiyati hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida keng targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkil etish.

1. OBM va global isish salohiyati yuqori bo‘lgan moddalardan foydalanuvchilarni aniqlash bo‘yicha xatlovni bosqichma-bosqich amalga oshirish.

2. Xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan foydalanuvchilarning moliyaviy ko‘magi asosida ularning mas’ul xodimlari uchun sohaga taalluqli seminarlar, o‘quv kurslari va davra suhbatlarini tashkil etish yuzasidan har yilgi rejalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish.

3. Olib borilayotgan ishlar natijadorligini teleradiokanallar va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali keng omma e’tiboriga havola etish.


Har yili

Tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari

Davlat ekologiya qo‘mitasi, Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Savdo- sanoat palatasi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi

13.

Ozon qatlamini muhofaza qilish sohasida aholining xabardorligini oshirish.

1. Atrof muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha milliy ma’ruzalarda ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumotlarni muntazam berib borish.

2. OBMdan foydalanish va ularni ozon qatlami uchun xavfsiz bo‘lgan turlariga almashtirish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar haqida chiqishlar tashkil etish.



Alohida belgilangan reja asosida

Mablag‘ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 126-son qaroriga
3-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasiga import va O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilish ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan mahsulotlar turlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish haqida

1. 1.1.-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:





1.1.

Sovutgichlar, muzlatgichlar va ular uchun mo‘ljallangan nasos hamda kompressorlar

8414 30, 8414 80 750 0, 8418 10-8418 29 000 0, 8418 50 110 0-8418 50 190 0, 8418 61 00, 8418 69 000 9, 8476 21 000 0, 8476 81 000 0

”;

2. 1.2.-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:



1.2.

Muzlatgichlar, muzlatish kameralari, bug‘latgich va kondensatorlar (maishiy sovutgichlarga mo‘ljallangan bug‘latgich va kondensatorlardan boshqalari)

8418 30, 8418 40, 8418 61 00, 8418 69 000 9, 8418 99 100 0

”.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 126-son qaroriga
4-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ba’zi qarorlari

RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Ozon qatlamini himoya qilish sohasidagi shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 24-yanvardagi 20-son qarori.



2. Vazirlar Mahkamasining “Hukumat komissiyalarini tuzish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish va o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 33-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2000-yil, 9-son, 60-modda).

3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 20-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2005-yil, 34-36-son, 264-modda).

4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-son qarori)” 2017-yil 14-iyuldagi 499-son qaroriga ilovaning 12-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 29-son, 693-modda).

5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 17-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 46-son, 1134-modda).

6. Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasiga importini va O‘zbekiston Respublikasidan eksportini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qaroriga 7-ilovaning 1-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/126/0196-son)

Yüklə 87,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin