O‘zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-son qarori bilan Monreal protokolining A, V va E ro‘yxatlarida, shuningdek, S ro‘yxatining II va III guruhlarida ko‘rsatilgan moddalarni import qilish taqiqlangan.
Milliy dastur doirasida OBMni va ularning tarkibidagi mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni to‘xtatish nazarda tutilmoqda.
Ma’lumki, Monreal protokoli tomonlariga OBMni bosqichma-bosqich iste’moldan chiqarish va boshqa turdagi sovitgichlarga o‘tish uchun moliyaviy resurslar ko‘rinishida texnik yordam ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, respublikada muqobil va tabiiy sovitish agentlarida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan birgalikda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Monreal protokoli doirasidagi majburiyatlarga to‘liq rioya etilishi imkonini beradi.