Konsalting ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko'rsatish sohasida ixtisoslashgan firmalarning o'z mijozlariga maslahat xizmati ko'rsatish va texnik loyihalar ni ekspertiza qilish bilan bog liq iqtisodiy faoliyatdir.
Konsalting firmalarining asosiy vazifalari quyidagilardir:
maslahatchilik tashkilotlarining taraqqiy topishi va xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko'maklashish;
- yagona axborot-so'rovnoma fondini yaratish va yagona reklama strategiyasi (yo'nalishi)ni amalga oshirish yo'li bilan ularning a’zolari faoliyatini umummaqsadlar
Konsalting firmalarining kichik biznes sohasida keng tarqalgan maslahat xizmatlari quyidagilardan iborat:
- barcha mulk shakllaridagi korxonalarni ro'yxatga olish uchun ta’sis hujjatlarni tayyorlash bo'yicha maslahatlar berish;
-marketing bo'yicha izlanishlar o'tkazish;
-xususiylashtirish, aksiyadorlashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
-tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha maslahat berish;
-reklama strategiyasini ishlab chiqish, reklama materiallarini tayyorlash va ularni tarqatish;
-huquq, moliya va boshqaruv masalalari bo'yicha maslahatlar berish;
-intellektual mulkni himoya qilish masalasi bo'yicha maslahatlar berish;
-ishchi xizmatchilami tayyorlash va malakasini oshirish;
- tadbirkorlik va kichik biznesni taraqqiy toptirishga xizmat qiluvchi tadbirlarnio'tkazish;
-firma ish uslubini ishlab chiqish;
- xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, madaniyat, atrof-muhitni himoya qilish masalalari bo'yicha maslahatlar berish;
-investitsiyalarni jalb qilish, imtiyozli kredit olish, zaruriy resurs va kapitallarni sotib olish bo'yicha maslahatlar berish va h.k.
Injiniring korxonasimuxandislik-maslahat xizmatlarni tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradi. Bunday korxona (firma):
-ishlabchiqarishnita’minlash;
-mahsulotsotishniuyushtirish;
-ishlab chiqarish obyektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan maslahatberish bilan shugullanadi.
Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko'rsatadi, chet eldagi ilmiy g oyalar va texnik ishlanmalarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi. Injiniring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib, yetkazib beradi.