Kooperativ yuridik shaxs huquqiga ega, xo'jalik yurituvchi subyekt. U jamoa mulki huquqidagi mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarrufetadi.
Kartel monopolistik birlashma shakli. Bir tarmoqdagi mustaqil korxonalar narxlar, bozor, ishlab chiqarishning umumiy hajmida har bir ishtirokchining hissasi, ish kuchi yollash, patentlar va boshqa masalalarda o'zaro bitim tuziladi. Bu tuzilmaning maqsadi monopol foyda olishdir.
Sindikat monopolistik birlashmaning bir turi. Ular bir tarmoq korxonalari huquqiy va ishlab chiqarish mustaqilligini saqlab qolgan holda:
-buyurtmalarnitaqsimlash;
-xomashyosotibolish;
-ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun tijorat faoliyatini birlashtirib, yagona idora tuzadi.
Venchur korxonalarkichik biznesning bir turi bo'lib, ular:
-ilmiymuhandislikishlarinibajarish;
-yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish;
-ishlab chiqarishniboshqarish;
-tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga jony etish;
-yirik firmalar va davlat ijara shartnomasi buyurtmalarini bajarish kabiishlarniamalgaoshiradilar.
Bu vazifalarni ular davlat va yirik firmalar buyurtmasiga binoan shartnoma-bitimlar asosida bajaradi. Venchur korxonalar texnikaning yangi yo'nalishlarida faollik ko'rsatadi va bu bilan fan-texnika taraqqiyotigao'zhissasiniqo'shadi.
Ijara korxonamol-mulkni yollash bo'yicha mulk egasi bilan tadbirkor o'rtasidagi iqtisodiy munosabat. Ijara shartnomasiga asosan bir tomon (ijaraga beruvchi) ikkinchi tomonga (ijarachi) ma’lum to'lov evaziga va ma’lum shartga ko'ra mol-mulkini vaqtincha foydalanish uchun beradi.
Ijara haqi mulk egasi mol-mulkining qiymati va keltiradigan daromadga bog liq bo'lib, o'zaro kelishuv bilan belgilanadi. Yer, uy-joy,
savdo-sanoat binolari, sanoat va savdo korxonalari, mashina va uskunalarni ijaraga berish va olish jahondagi ko'pgina mamlakatlar uchun xosdir.
Bugungi kunda sanoat va boshqa sohalarda ijara korxonalari paydo bo'la boshladi va mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning bir ko'rinishi bo'lib, ijara muddati davrida korxona jamoasi shu korxona mulkining egasibo'libqoladi.