Sotsiolog olimlarining tarbiya sohasida olib borgan ilmiy tadqiqotlar ishlari
Hujjatlarni o’rganish. Hujjatli tadqiqot – ish mobaynida bosma va qo’lyozma materiallardan samarali va sistemali tarzda foydalanish ko’pincha e'tibordan chetda qolib ketadi. Hujjatli tadqiqot – sotsiologik tadqiqot yig’ishning eng keng tarqalgan usullaridan biridir.
1. Hujjatli tadqiqotlarda arxiv materiallari, davlat xo’jjatlari, davlat xo’jjatlari, xatlar, sud bayonnomalarini kiritish mumkin. Tadqiqotda foydalanilayotgan hujjatlar qatoriga o’rganilayotgan mavzu bo’yicha avval o’tkazilgan tadqiqotlarning natijalari, xulosalarini ham kiritish mumkin. Hukumatlar tomonidan keltiriladigan ma'lumotlar juda keng ko’lamli bo’lib, bir necha manbaalarni o’z ichiga oladi. Masalan, muntazam ravishda, ma'lum vaqt oralig’i bilan, aholini ro’yxatga olish olib boriladi. Bu esa ko’plab ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bo’yicha batafsil ma'lumotlar beradi. Bunday so’rovdagi savollarga javob berish majburiy bo’lgani uchun, olingan materiallar ancha to’liq va batafsil bo’ladi. Bulardan tashqari statistik hujjatlar, guvohnomalar, protokollar, hisobga olish ma'lumotlari ham mavjud. Shaxsiy hujjatlarga: avtobiografiya, xotiranomalar, xatlar kiradi. Hujjatlarni o’rganishning avtobiografik metodini F.Znanetskiy ishlab chiqqan. Sotsiolog hujjatlarni batafsil ko’rib chiqib o’rganadi. Shuning uchun hujjatlar sotsiolog va tarixchi mutaxassislariga qimmatbaho material hisoblanadi. Hujjatlarni o’rganish metodini o’tkazish, texnikai qo’yidagicha bo’ladi: