1. Tafakkur haqida umumiy tushuncha. Tafakkur jarayonlari


Tafakkurning aqliy jarayonning natijasi hisoblangan uch xil shakli: tushuncha, mulohaza va xulosa farq



Yüklə 43,9 Kb.
səhifə9/19
tarix22.04.2022
ölçüsü43,9 Kb.
#56038
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
1. Tafakkur haqida umumiy tushuncha. Tafakkur jarayonlari

Tafakkurning aqliy jarayonning natijasi hisoblangan uch xil shakli: tushuncha, mulohaza va xulosa farq qilinadi.

Tushuncha  –  bu jism va hodisalarning umumiy, ahamiyatga ega bo‘lgan va farqlanuvchi belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. Tushunchalar asosida hodisalar va jismlar haqidagi mavjud bilimlarimiz yotadi. U aniq va mavhum bo‘lishi mumkin. Jismning barcha belgilaridan aynan ushbu jism yoki o‘xshash jismlar guruhini xarakterlab beruvchi ma’lum belgilar yig‘indisi ajratilgan bo‘lsa, u holda aniq bir tushuncha haqida gap ketadi. Bunday tushunchalarga shahar, g‘oya, jamiyat va boshqalar kiradi. Agar jismdagi biror-bir alohida belgi ajratilib, va bu belgi o‘rganish predmeti bo‘lib xizmat qilsa, alohida jism sifatida o‘rganilsa, mavhum tushuncha hosil bo‘ladi. Bunday tushunchalarga fidokorlik, tenglik, vijdoniylik va boshqalar kiradi.

Tushunchalar ayrim va umumiy bo‘lishi mumkin. Ayrim belgilar deb, jismning qaysi sinfga tegishliligidan qat’iy nazar, yagona jismga taalluqli bo‘lgan tushunchaga aytiladi. Ayrim tushunchalarga moskva, toshkent, baykal ko‘li va boshqalar kiradi. Umumiy tushuncha deb, bir jismga emas, balki, jismlar sinfiga, bu sinfdagilarning istalgan jismiga tegishli bo‘lgan tushunchaga aytiladi. Masalan, samolyot, davlat, korxona, institut va h.k.

         tushunchalarning tasavvurdan farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlariga, tasavvurlarning doimiy obrazga ega ekanligi, tushuncha esa  – bu so‘zda o‘z ifodasini topgan fikr ekanligidan iboratligi kiradi; tasavvur ahamiyatli va ahamiyatga ega bo‘lmagan belgilarni o‘z ichiga oladi, tushunchalarda esa faqatgina ahamiyatli belgilar saqlanib qoladi. Tushuncha tasavvurdan ko‘ra ko‘proq umumlashtirilgan aks ettirish hisoblanadi.

Hukm –  jismlar va hodisalar o‘rtasidagi aloqani aks ettiruvchi tafakkur shakli; biror narsani tasdiqlash yoki inkor etish. Tasdiqlovchi hukmga misol sifatida: «psixika miyaning vazifasi», «barcha metallar elektr tokini o‘tkazadi», inkor etishga –  «suvda hech qanday yog‘ erimaydi» kabi hukmlarni keltirish mumkin.

Biz tasdiqlayotgan yoki inkor etayotgan hukmning ma’lum sinfning jislaridan birortasi, ba’zilari yoki har qaysi jismga taalluqli bo‘lishiga bog‘liq ravishda hukmlar ayrim, xususiy yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Ayrim hukm: «bu odam hech qachon aldov yo‘liga kirmaydi». Xususiy hukm: «ba’zi metallar suvdan og‘irroq». Umumiy hukm: «suyuqlikdagi har bir jismga u siqib chiqargan suyuqlikka teng bo‘lgan bosim ta’sir ko‘rsatadi».

Hukmlarning ob’ektiv voqelikni aks ettirishiga ko‘ra ular chin va soxta bo‘lishi mumkin. Chin hukm jismlar va ularning xossalari o‘rtasidagi voqelikda mavjud bo‘lgan aloqalarni ifodalaydi. «massa – inertlik o‘lchovi» chin hukmdir. Xato hukm ob’ektiv hodisalar o‘rtasidagi voqelikda mavjud bo‘lmagan aloqani ifodalaydi, masalan: «barcha odamlar uchun o‘lim muqarrar emas».

Bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm yuzaga keladigan tafakkur shakli xulosa deb ataladi. Boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan boshlang‘ich hukmlar xulosa dalillari deb ataladi. Masalan, barcha slanetslarning yonuvchanligi ma’lum, va ushbu modda slanets bo‘lsa, u holda «ushbu moddaning yonuvchanligi» haqida xulosa yasash mumkin.

Xulosa chiqarishning sodda va tipik shakli sillogizm hisoblanadi. Masalan: «barcha metallar – elektr o‘tkazuvchi. Qalay – metall bo‘lgani uchun, qalay – elektr tokini o‘tkazadi».

Inson asosan xulosalarning ikki turi –  induksiya va deduksiyadan foydalanadi.  Induksiya – bu xususiy xulosalardan umumiy xulosalarni keltirib chiqarish, ayrim dalillar va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy qoidalar va qonunlar o‘rnatish usuli.




Yüklə 43,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin