klavishining holati bilan bog'langan. Bu klavishning xizmati vaqtinchalik bo'lganligi sababli,
boshqa klavishlarning xizmatini o'zgartirish kerak bo'lsa, ularni bosish paytida Shift klavishi
vaqtinchalik bosib ushlab turiladi.
Quyida klavishlar va ular baiaradigan vazifalarni ko'rib chiqamiz.
Klavishlar
Vazifasi
<-14->
kursorni bir yoki bir necha o'ringa o'ngga, chapga, pastga va
yuqoriga suradi
HOME (boshiga)
Kursorni satr boshiga olib keladi.
END (oxiri, nihoyasi)
Kursorni, satr oxiriga olib o'tadi.
Page Up (Page Up) (bir sahifa yuqoqriga)
bu klavish bosilganda kursor bir sahifa (ekran) oldinga suriladi.
Page Down (Page Down) bir sahifa pastga
bu klavish bosilsa kursor bir ekran orqaga suriladi.
ESC (Escape)
qandaydir oldin berilgan vazifalardan voz kechish.
Klavishlarni sekin bosish kerak, kuch ishlatish mumkin emas. Harflar kiritish paytida
klavishni ko'p ushlab turish kerak emas. Aks holda, o'sha bosilgan harf ekranga ketma-ket chiqa
boshlaydi.
Sichqoncha
odatda ikki yoki uch klavishali bo'ladi: chap, o'ng va o'rta. Chap va o'ng
klavishalar dastur asosida almashtirilishi mumkin. Odatda chap klavisha yordamida asosiy
amallar (ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O'ng klavisha kontekst menyu deb
ataluvchi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst menyuning vazifasi joriy holatda u
yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bog'liq. O'rta klavisha, xususan, varaqlash (Page Down,
Page Up amaliga o'xshab) maqsadlari uchun qulay.
Dostları ilə paylaş: