Informatika o'z-o'zidan mavjud bo'lmay, balki boshqa sohalardagi muammolarni hal
etish uchun yangi axborot texnikasini va texnologiyalarini yaratishga qaratilgan kompleks
ilmiy-texnik sohadir.
Shartli ravishda informatikani uchta o'zaro bog'liq qismga bo'lish mumkin:
1.
Apparatli texnika vositasi.
2.
Dastur muhiti.
3.
Algoritmlar muhiti.
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan
kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan
bog'liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o'zida namoyon etadi.
Tor ma’noda informatika 3 qismdan iborat: texnik vositalar, dasturlar va algoritmlar.
Shuningdek, informatikani xalq xo'jaligining, fundamental fanning va tatbiqiy fanning bir
tarmog'i deb ko'rish mumkin.
O'z navbatida insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi, shu bilan birga fanning har bir
tarmog'i, xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo'lsin, undagi axborot o'zining maxsus tomonlari bilan
tavsiflanadi.
Masalan, iqtisodiyot, yuridik, filologiya va jurnalistika axborotlari haqida aytadigan
bo'lsak, bu shu soha mutaxassislarining xizmat burchlari muvaffaqiyatli bajarishlari uchun
zarur bo'lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma’lumotlar to'plami bo'lib hisoblanadi.
Mehnat samaradorligining bundan keyingi o'sishi va farovonlik darajasini ko'tarish, katta
hajmdagi multimedia axborotini (matn, grafika, videotasvir, tovush, animatsiya) qabul qilishi va
ishlashga yangi intellektual vositalar va «inson mashina» interfeyslaridan foydalanish
asosidagina erishish mumkin.