Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi
qurilmalardan tashkil topgan:
-
tizim bloki;
-
monitor;
-
klaviatura;
-
sichqoncha;
-
tashqi qurilmalar.
IBM firmasiga taalluqli shaxsiy kompyuterlar, inglizcha IBM PC kompyuterlari
atamasida yuritiladi va ular hozirgi kunda Respublikamizda keng tarqalgandir.
Tizimli blok. Tizimli bloke odatda desktop (yassi) yoki tovn (minora) ko'rinishida ishlab
chiqariladi.
Zamonaviy kompyuterlardagi tizim blokda ikkita tugmacha bor. Kattaroq ko'rinishdagi
tugmacha orqali kompyuter ishga tushiriladi. Bu tugmachani
POWER tugmachasi deb
yuritiladi.
POWER tugmachasining yonida
REZET tugmachasi joylashgan bo'lib, bu
tugmachaning vazifasi, agarda kompyuterda ishlayotgan vaqtingizda kursor qotib qolsa
kompyuterni qayta yuklash uchun ishlatiladi. Bu vazifani klavishlar orqali ham bajarish
mumkin, buning uchun klavishaturadagi
CTRL+ALT+DELETE tugmaalri birgalikda
bosiladi.
Kompyuterning asosiy qismlari tizim bloki da joylashgan bo'lib, ular quyidagilardir:
Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin bo'lgan)
mikroprossesor, qurilmalar nazoratchilari, (ya’ni kontrollerlar, adapterlar, elektr manbai bilan
ta’minlash bloki),
yumshoq disk yurituvchi qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver),
qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver),
faqat o'qish uchun moijallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM-Compact Disk Read Only Memory), (CD Writer)
lazer disk yozish qurilmasi , shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Tizim blokiga uning parallel (LPT) va
ketma-ket (COM) portlari orqali ko'plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.