ko'p rusumli kompyuterlar shu g'oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko'p protsessorli
kompyuterlar, yahni bir vaqtda dasturning bo'laklarini ketma-ket emas,
parallel bajaradigan
kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o'tish joizdir. shunday qilib,
kompyuter avvaldan
tuzilgan dastur asosida ishlaydi. O'z navbatida dastur qo'yilgan masalani kompyuterda yechish
uchun qandaydir dasturiash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. Dasturlash
tilida tuzilgan dasturiar maxsus tarjimon dasturiar yordamida kompyuter tiliga o'tkaziladi.
Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma’lum qoidalar
asosida yoziladigan ketma-
ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman printsipi bo'yicha avtomatik ravishda bajariladigan
dastur avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada
turgan dastur asosida
dasturni tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi.
Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va
undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o'rnatadi va uni bajarilishini ta’minlaydi.
Amal (arifmetik-mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi.
Dastur ishlash
natijasi to'g'ridan-to'g'ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi
qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko'rilishi mumkin.
Kompyuter haqida umumiy ma’lumot.
Kompyuter - inglizcha so'z bo'lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat
hisoblovchi bo'lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar
ustida ham amallar
bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi - kompyuter saqlangan. Uning asosiy
vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Hozirda kompyuter termini ko'p uchrasada,
shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari
ham hayotda ko'p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun
faqat kompyuter terminidan
foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz),
raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan
amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko'rsatkichlari
yuqori
bo'lgani uchun, ular ko'proq qo'llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: