Sichqoncha
.
Sichqonchama’lumotlarnikompyutergakiritishvaubilanmuloqotqilishvazif
asinitezroqamalgaoshirishnitahminlaydiganqurilmadir.
Usizkompyuterdaxususan,
amaliyottizimidaishlabbo'lmaydi.
Uyordamidaamaliyottizimgavauningboshqaruviostidaishlaydigandasturla
rgabuyruqlarkiritiladi.
Sichqonchaodatdaikkiyokiuchklavishalibo'ladi:
chap, o'ngvao'rtayokig'ildirakchali. Chap va o'ng klavishalar dastur
asosida almashtirilishi mumkin. Odatda chap klavisha yordamida asosiy
amallar
(ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O'ng klavisha kontekst tavsiyanoma deb ataluvchi
oynadagi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst tavsiyanomaning vazifasi joriy
holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bog'liq. O'rta klavisha yoki g'ildirakcha hozirda
xususan, varaqlash (Page Down, Page Up amaliga o'xshab) maqsadlari uchun qulay.
Sichqoncha birinchi navbatda ko'rsatish vazifasini bajaradi. Agarda biror obyekt
ko'rsatgandan keyin, chap klavishacha bosilsa, o'sha obyekt ishlash uchun tayyor bo'lib turadi.
Ko'rsatilgan obyekt ustida, sichqonchaning chap klavishasi ikki marta bosilsa, ko'rsatilgan
obyekt ishga tushib ketadi. Sichqonchaning chap klavishasini ikki marta ketma-ket bosish
operatsiyasi, bu operatsiyani bir marta chap klavishani bosib, keyin Enter bosilganiga teng
bo'ladi.
Ekranda ko'rsatilgan obyektni surish yoki ko'chirish uchun, sichqoncha ko'rsatkichini
ko'rsatilgan obyekt ustiga keltirilib, sichqonchaning chap klavishasi bosiladi va klavishani
qo'yib yubormasdan, obyektni yangi joyga suriladi va sichqoncha klavishasi qo'yib yuboriladi.
Windows muhitida ishlayotganda ekrandagi obyektlarni sichqonchaning ham chap, ham o'ng
tomonda joylashgan klavishalar bilan ko'chirish mumkin.
Bundan tashqari har bir shaxsiy kompyuterga tashqi qurilmalar deb ataluvchi vositalarni
ham
ulash imkoni mavjud bo'lib ulardan ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Printer.
Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, dastur va
berilganlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida
matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko'rinishda
bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo'ladi:
matritsali, oqimli va lazerli.
Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi.
Shuning uchun ham ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham
atashadi. Bunday printerlar nisbatan sekin ishlaydi, chop qilish sifati
uncha yaxshi
emas va chop qilish tezligi ham katta emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish formatiga
ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar mavjud bo'lib, albatta ignalar soni ko'pligi yaxshi ekanligi
tushunarlidir.
Oqimli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yo'li
bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati
tiniq va ravshan bo'lib, ularning-kamchiligi siyohining tez tamom bo'lib qolishi va uning
nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez, grafik tasviriarni esa sekinroq chop etadi.
Dostları ilə paylaş: