4. Jamoaning shakllanganlik darajasi. Oʻzini oʻzi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bogʻliqlikda pedagogik ta’sir koʻrsatish metodlari ham oʻzgarmasdan kelmoqda. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvaffaqiyatli hamkorligining zaruriy sharti.
5. Tarbiyalanuvchilarning individual oʻziga xosliklari.Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning oʻzi tarbiyaviy oʻzaro ta’sir etishning asosi boʻla olmaydi. Ularga indivudual va shaxsiy tuzatishlar kiritish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs oʻziga xosligini rivojlanishiga, oʻziga xosligini saqlashga, oʻzining «Men»ini roʻyobga chiqarishga imkon beradigan metodlarni qoʻllashga harakat qiladi.