10. Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvaffaqiyatga erishishga nisbatan ishonch boʻlishi kerak. Buning uchun qoʻllanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan koʻra bilish kerak.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida ta’riflab berilgan tarbiyaning umumiy metodlari oʻquvchilarga pedagogik ta’sir koʻrsatish metodlarini hammasini qamrab olmaydi.
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi.
Tarbiyaning metodini muvaffaqiyatli qoʻllanishiga, bu metod mazkur sinf jamoasining tarbiya tizimidan qanchalik oʻrin olganiga, qoʻllanilayotgan tarbiya vositalari qanchalik javob berishiga bogʻliqdir.
Dostları ilə paylaş: |