1. Tarbiya jarayonida pedagogik talab Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari



Yüklə 105,97 Kb.
səhifə13/33
tarix13.02.2022
ölçüsü105,97 Kb.
#52513
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
sitora

Tarbiya tamoyillari – tarbiya nazariyasining asosiy yetakchi qoidalari boʻlib, tarbiya jarayonini tashkil etish mazmuni, shakl, metod va vositalarini toʻgʻri tanlanishini belgilaydigan boshlangʻich asoslar hisoblanadi.
Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:

- tarbiya maqsadining aniqligi;

- bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati;

- ixtiyoriylik;

- yoʻnaltirilganlik;

- oʻz-oʻzini anglash;

- jamoaviylik;

- insonparvarlik;

- ilmiylik;

- pedagogik jarayonning hayot va amaliyot bilan bogʻliqligi;

- izchillik;

- uzluksizlik;

- tizimlilik;

- koʻrsatmalilik;

- estetik gʻoyalar ustuvorligi.
Tarbiya metodlari (yunoncha “methodos” – tadqiqot usuli, yoʻli) – tarbiya maqsadiga erishish, tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuygʻulari va xulqiga ta’sir etish yoʻllari.

Tarbiya metodlari quyidagi turlarga ajratiladi:

1. Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar.

2. Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari.

3. Xulq va faoliyatni ragʻbatlantirish metodlari.

4. Oʻz-oʻzini tarbiyalash metodlari.

Oʻquvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod, dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuygʻusi, irodasiga ta’sir koʻrsatish usullari ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sanaladi. Mazkur metodlar yoshlar tomonidan hayot mazmunining tushunib olinishini ta’minlaydi.

Hikoya, etik suhbat, tushuntirish, izohlash, ma’ruza, ishontirish, nasihat, yoʻriqnoma, munozara, ma’ruza, namuna ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sirasiga kiradi.

Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda koʻp ishlatiladigan usul boʻlib, u orqali ta’lim oluvchilarni jamiyatda kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar, shaxslararo munosabatlar mazmuni, ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me’yorlar, ularga amal qilish, shaxs tomonidan oʻzligini anglash hamda jamiyatda, jamoada muayyan oʻrinni egallashga oid ma’lumotlar bilan tanishtirishga xizmat qiladi.

Oʻquvchi shaxsini gʻoyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda oʻqituvchining jonli nutqi, oʻquvchi bilan oʻzaro munosabati ta’sirchan usullardan hisoblanadi. Suhbat jarayonida oʻquvchi shaxsini yaqindan anglash mumkin, u haqidagi tasavvurlar yanada boyiydi. Ta’lim oluvchi bilan suhbatlashish jarayonida uning shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradigan ma’lumotlar beriladi, ijtimoiy va tabiiy borliqqa nisbatan munosabat baholanadi, ijobiy sifatlar ragʻbatlantirilib, salbiy holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish yoʻl-yoʻriqlari koʻrsatiladi.

Ta’lim oluvchining ijtimoiy ongini shakllantirish uchun tashkil etiladigan suhbatlar uchun quyidagi mavzular yoʻnalish sifatida tanlanadi:

1) etik mavzular (ijtimoiy ma’naviy-axloqiy me’yorlar, jamiyatda ustuvor oʻrin tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida oʻzini tutish qoidalari va boshqalar);

2) estetik mavzular (tabiat goʻzalligi, shaxslararo munosabatlar, inson goʻzalligi);

3) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro munosabatlar va hokazolar);

4) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, elektronika va boshqalar).



Hikoya oʻqituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa, voqealarning yaxlit yoki qismlarga boʻlib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yoʻli bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishini ifodalovchi metod sanaladi.

Namuna – shaxsga atrofdagilar (xususan, oʻqituvchilar, ota-onalar, yoshi katta kishilar)ning yurish-turish, muomala, tartib-intizom qoidalariga rioya qilish, kundalik faoliyatni tashkil etishda oʻrnak, ibrat boʻla olishlarini ifodalovchi metod sanaladi.

Yosh avlod uchun quyidagi pedagogik hodisalar namuna boʻla oladi:

1. Ota-onalarning yurish-turishi, bir-birlariga bilan oʻzaro munosabatlari, kundalik faoliyatni tashkil etishlari, atrofdagilar nisbatan yondashuvlari;

2. Oʻqituvchilarning hamkasblari, rahbarlari, shuningdek, oʻquvchilar bilan oʻzaro munosabatlari, nutq va muomala odobi, kasbiy faoliyatni olib borishdagi mas’uliyatlari;

3. Ishlab chiqarish ilgʻorlari, umuminsoniy hamda milliy ilm-fan, madaniyat ravnaqiga munosib hissa qoʻshgan shaxslarning hayoti va faoliyatlari;

4. Badiiy asarlar, kinofilmlar, spektakllar qahramonlarining xatti-harakatlari, ma’naviy qiyofasi;

5. Afsonaviy va tarixiy milliy qahramonlar, Vatan ozodligi uchun kurashgan shaxslarning jasoratlari;

6. Favqulodda vaziyatlarda fuqarolik, insoniylik burchini sidqidildan ado etgan shaxslarning xatti-harakatlari;

7. Tengdoshlarning ijtimoiy munosabatlar jarayonida, turli vaziyatlarda oʻzlarini tuta olishlari, irodali, matonatli, axloqli ekanliklarini namoyon eta olishlari va boshqalar.


Yüklə 105,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin