Qo’qon davlat pedagogika instituti sirtqi bo’limi: pedagogika yo’nalishi 202-gurux talabasi



Yüklə 9,08 Kb.
səhifə1/2
tarix22.12.2023
ölçüsü9,08 Kb.
#189935
  1   2
O\'rolova S. Tarbiyaviy ish texnologiyasi


QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SIRTQI BO’LIMI:
PEDAGOGIKA YO’NALISHI
202-gurux talabasi:
O’ralova Sevinchbonu
Fan: Tarbiyaviy ish texnalogiyalari
Tarbiya metodlari va shakllari
Tarbiya metodlari haqida tushuncha
Tarbiya shakllari
Tarbiya metodlari klassifikatsiyasi.
REJA
Tarbiya metodlari
Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tadbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.
Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan xilma-xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin:
Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish).
Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, o‘rnak bo‘lish).
Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish)
Qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish)
Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).
Tarbiya metodlari klassifikatsiyasi
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi, irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi. Ular yordamida o‘quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi. O‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichki va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir.
Suhbat
O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning dolzarbligi, sinf o‘quvchilarga mosligi, ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish imkoniyatini hisobga olish zarur. Suhbat quyidagi mavzularda uyushtirilishi mumkin: Suhbatlarning mehnat, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigiyenik mavzularda tashkil etilishi ham ijobiy natijalarini beradi. Suhbat davomida o‘quvchilarga ularning o‘z fikrlarini erkin ifoda etishlari hamda mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat qilish foydali. Bu borada bahs-munoazaralarning ahamiyati katta.
Hikoya
O‘quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq meyorlari, xalq o‘tmishi, tabiiy boylar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari – radio, televideniye, gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o‘quvchilar uchun qimmatli material bo‘ladi. Suhbat ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so‘zlar vositasida adabiy tilda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya mavzusining o‘quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini ta’minlaydi, buning natijasida o‘quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar.
Namuna
O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim.
O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar.
O‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qayerda bo‘lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalar so‘z va amaliy harakatlarida tafovut bo‘lmasligini ta’minlashlari kerak.

Yüklə 9,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin