1. Tarbiya jarayonida pedagogik talab Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari


Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi nazariyalari



Yüklə 105,97 Kb.
səhifə11/33
tarix13.02.2022
ölçüsü105,97 Kb.
#52513
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
sitora

Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi nazariyalari. Sharq mutafakkirlari oʻz asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida oʻrin bergan. Masalan, Abu Nasr Forobiy inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tugʻilganda mavjud boʻlgan boʻlsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta’sirida, ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi.

Abu Nasr Forobiyning e’tiroficha, inson bilimlarni oʻzlashtirar ekan, tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha boʻlgan ma’lumotlarni oʻzlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi. Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: “Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib koʻradi, oʻz bilimlarining chinligini aniqlaydi”. Mutafakkir insonning bilimlarni oʻzlashtirishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: “Ilmlar koʻpdir. Ular zamoni iqbolli boʻlib, turli fikr va xotiralar ularga qoʻshilib borsa, koʻpayadi. Odamlarning ilmlarga ragʻbat qilishi, ilmlarni va ilm a’llarini hurmatlashi oʻsha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm a’lini hurmat qilishi turli ilmlarning koʻpayishiga sabab boʻladi”.

Abu Ali ibn Sino esa bilimni chuqur oʻzlashtirish donishmandlik ekanligini aytadi: “Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan oʻrganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yoʻldan toymasdan turib unga erishishi kerak boʻladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin boʻlsayu, isbotlar chinakamiga boʻlsa, u holda bunga hikmat – donishmanlik deyildi”.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” (“Saodatga boshlovchi bilim”) asari ta’bir joiz boʻlsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta’minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi toʻgʻrisidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli boʻlish ezgu ishlar tantanasini ta’minlovchi garov boʻlib, uning yordamida hatto osmon sari yoʻl ochiladi:




Yüklə 105,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin