1. Tarbiya jarayonida pedagogik talab Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari



Yüklə 105,97 Kb.
səhifə17/33
tarix13.02.2022
ölçüsü105,97 Kb.
#52513
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
sitora

Jamoatchilik fikri – ijtimoiy voqealarga, turli guruhlar, tashkilotlar, ayrim shaxslar faoliyatiga boʻlgan yashirin yoki oshkora munosabatlarni oʻz ichiga oladigan ijtimoiy ong shakli boʻlib, u yordamida jamiyat a’zolarining xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, yurish-turishlari, faoliyatlari, atrofdagilar bilan muomalalari, munosabatlari ijtimoiy axloq me’yorlariga muvofiq baholanadi va tartibga solinadi. Mohiyatiga koʻra jamoatchilik fikri muayyan ijtimoiy masalalarni, taniqli shaxslar yoki umuman olganda, jamiyat a’zolaridan ixtiyoriy birining xatti-harakati, xulq-atvori, yurish-turishi, faoliyati, atrofdagilar bilan muomalasi hamda munosabatining ma’qullanishi yoki qoralanishini ifodalaydi. Shu jihati bilan jamoatchilik fikri tarbiyalovchi xarakter kasb etadi.

Tarbiyalovchi vaziyatlar – tabiiy ravishda sodir boʻladigan yoki sun’iy hosil qilinib, shaxsda u yoki bu ma’naviy-axloqiy sifat, xulq-atvor, koʻnikma,malakalarni shakllantirishga yoʻnaltiriladigan holat, sharoit hisoblanadi.

Xulq va faoliyatni ragʻbatlantirish metodlari – tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, koʻngilini koʻtarish va uni qoʻllab-quvvatlash usullari sanaladi.

Xulq va faoliyatni ragʻbatlantirish metodlari sirasida musobaqa, ragʻbatlantirish, jazolash kabi metodlar namoyon boʻladi.



Musobaqa (arabchadan tortishuv, bellashuv) metodi – shaxslarda ma’naviy-axloqiy (shu jumladan, irodaviy), jismoniy, estetik sifatlarni shakllantirish, uning dunyoqarashini boyitish maqsadida tashkil etiladigan, kim oʻzish, yaxshiroq natijaga erisha olish xarakteridagi bellashuv.

Tarbiya jarayonida ragʻbatlantirishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:



1) Oʻquvchining zimmasiga mas’uliyatli vazifani yuklash;

2) Maqtash (ota-onalar, oʻquvchilar jamoasi oldida);



3) Estalik sovgʻasini berish (badiiy kitoblar, oʻquv qurollari va b.sh.);

Yüklə 105,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin