1. Tasmasimonlar (Pseudophyllidea) turkumi Qo'y miya qurti


Exinokokk (Echinococ- cus



Yüklə 41,15 Kb.
səhifə9/10
tarix28.12.2023
ölçüsü41,15 Kb.
#201005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1. Tasmasimonlar (Pseudophyllidea) turkumi Qo\'y miya qurti-fayllar.org

Exinokokk (Echinococ- cus granulosus)ning rivojlanish

sikli sxemasi.
Oraliq xo'jayinlar, ya'ni qo'y. echki, qoramol, tuya, cho'chqa va boshqa o'txo'r hayvonlar exinokokk tuxumlarini yem-xashak bilan yutib, bu parazitni o'zlariga yuqtiradi.
Mazkur hayvonlar ichagida tuxumdan ajralgan 6 ilmoqli lichinka - onkosfera tezda ichakni teshib qonga o'tadi, so'ng hayvonlarning o'pkasi, jigari, buyragi va boshqa organlariga .borib joylashadi. Bu organlarda exinokokk pufagi hosil bo'ladi. U juda sekin va uzoq o'sib, tobora kattalashib boradi.
Exinokokkning pufakli shakli 10-30 yilgacha ham o'sishi mumkin. Pufak ichida exinokokk lichinkasi taraqqiy etadi va bosh qismi ichkarisiga qayrilgan ilmoqchali shakllar hosil bo'ladi. Exinokokk pufaklari bilan zararlangan organlarm'ng hajmi kattalashib, shakllari o'zgarib ketadi.
Exinokokk pufaklari no'xatdek, yong'oqdek, olmadek, yosh bola boshiga teng keladiganlari va undan ham katta bo'ladi. Masalan, exinokokk pufagi bilan zararlangan sigir o'pkasida og'irligi 32 kg, jigarida esa 64 kg keladigan fmna topilganligi va bunday fmnadan 43 litrdan ortiq suyuqlik olinganligi fanga nia'lum. Bimday miqdordagi suyuqlik xo'jayinining organizmini albatta kuchli zaharlaydi. Demak, exinokokk pufagi, birinchidan, hajmining katta bolishi, ikkinchidan, birinchi pufak ichida ko'p miqdorda ikkinchi tartibdagi mayda pufakchalarining bolishi va bar qaysi pufakchaning ichida bir nechtadan bo'lajak tasmasimon exinokokkning boshlari - skolekslari bolishi bilan boshqa tasmasimonlarning fmnasidan farq qiladi.
Xullas, pufak va pufak ichidagi qiz pufakchalarda lichinkalarning soni 10 tadan. 1000 tagacha bo'ladi. Asosiy xo'jayinlari exinokokk pufagi bilan zararlangan organlarni iste'mol qilish natijasida ularning ichaklarida exinokokk pufakchalaridagi skolekslardan jinsiy voyaga yetgan tasmasimon exinokokk hosil boladi.
Exinokokk asosiy xo'jayini ichagiga tushgandan 70-100 kundan keyin jinsiy voyaga yetadi va tuxumlarini chiqaradi. Exinokokk keltirib chiqaradigan kasallik exinokokkoz deb ataladi. Bu kasaliik yer yuzining turli mintaqalarida keng tarqalgan. MDH mamlakatlarida hamma respublikalar chorvachilik xo'jaliklarida keng tarqalgan va chorvachilikka hamda inson sog'ligiga katta zarar yetkazadi. Ilmiy malumotlarga qaraganda, exinokokk bilan kasallangan bir bosh qo'ydan o'rtacha 2,5 kg go'sht, 300 g yog1, 100 g jigar va 400 g o'pka hamdajun mahsulotlari kam olinadi. Exinokokkning lichinkali (pufakli) shakli odamlarda ham ko'plab uchraydi. Masalan, Urugvayda 10 yil mobaynida 3780 odam exinokokkoz bilan kasallangan. MDHda exinokokkoz Ukraina, Gruziya, Ozarbayjonda va O'rta Osiyo mamlakat-larida odamlarda uchrab turadi. Exinokokkning pufakli shakli faqat jarrohlik yo'li bilan olib tashlanib davolanadi. Shuning uchun ham bu kasallikka qarshi kurashishning yagona choralaridan biri - profilaktika tadbirlari, ya'ni kasallikning kelib chiqishiga yol qo'ymaslikdir. Buning uchun daydi va qarovsiz itlarning sonini kamaytirish kerak. Chorvachilik xo'jaligidagi hamda ov itlarini muntazam ravishda degelmintizatsiya qilish, ya'ni gijjaga qarshi dorilar berib turish kerak. So'yilgan mollarning exinokokk pufaklari bilan kasallangan organlarini itga bermasdan, yo'qotish hamda zararsizlantirish lozim.
Odamlar aksariyat hollarda itlarga yaqinlashganda, ularni silaganda, boshqa go'shtxo'r hayvonlarni ovlaganda, terisini shilganda exinokokk tuxumini o'ziga yuqtirib oladi. Chunki itlarning va boshqa go'shtxo'r hayvonlarning junida ko'plab exinokokk tuxumlari bo'ladi. Shuning uchun ham odamlar sanitariya-gigiyena qoidalariga qattiq rioya qilishlari hamda itga ehtiyot bo'lib muomala qilishlari kerak. Exinokokkozni aniqlash asosan imrnunoiogik usullar orqali olib boriladi. Bu kasallik rentgen usulida ham aniqlanadi.
Yuqorida qayd etlgan tasmasimon chuvalchanglardan tashqari, anoplotsefalida (Anoplocephalidae) oilasiga mansub chuvalchanglardan ham chorva mollari katta zarar ko'radi. Bu oilaning vakillari ham voyaga yetgan davrida tuyoqli sut emizuvchilarning, jumladan chorva mollardan - qo'y, echki, qoramol, ot va tuyalaning ichagida parazitlik qiladi.
Rеspublikаmizning turli mintаqаlаridа chоrvа mоllаrning ichаgidа аnоplоsеfаlidаlаr оilаsigа kiruvchi: Moniezia, Thysaniezia, Avitellina, Anoplocephala, Paranoplocephala vа Stilesia аvlоdlаri turlаri pаrаzitlik qilаdi. Mоniеziyalаrdаn – Moniezia expansa, M. benedeni vа M. аutumnalis turlаri asosan qo’y, echki vа qоrаmоllаrdа pаrаzitlik qiladi.
Mоniеziyalаrning uzunligi 1-5 m аtrоfidа bo’lib, tаnаsi skоlеks, bo’yin vа prоglоttidаlаrdаn ibоrаt. Skоlеksidа 4 tа so’rg’ichlаri jоylаshgаn, lеkin ilmоqchаlаri bo’lmаydi. Prоglоttidаlаri qisqа vа kеng, hаr bir prоglоttidаlаridа 2 juftdаn jinsiy оrgаnlаr sistеmаsi mаvjud. Ulаr bo’g’imlаrining yon tоmоnidаn tаshqаrigа оchilаdi. Yetilgаn prоglоttidаlаr tuхumlаr bilаn to’lib turаdi. Mоniеziyalаr hаm biоgеlmint bo’lib, rivоjlаnish jаrаyonidа 2 tа хo’jаyin ishtirоk etаdi. Yuqоridа tа’kidlаngаnidеk, qo’y, echki, qоrаmоllаr bu chuvаlchаnglаrning аsоsiy хo’jаyinlаri hisоblаnаdi. Sоvutli, ya’ni qаlqоnli mаydа tuprоq kаnаlаri esа ulаrning оrаliq хo’jаyini sifatida ishtirok etadi.
Mоniеziyaning yetilgаn bo’g’imlаri аsоsiy хo’jаyini tezagi bilаn tаshqi muhitgа chiqаdi, sоvutli tuprоq kаnаlаri pаrаzitning оnkоsfеrаli tuхumlаrini yutib yubоrаdi vа kаnаlаr tаnаsidа chuvаlchаnglаr embriоni rivоjlаnib, sistisеrkоid dеgаn lichinkаgа аylаnаdi. Kаnа tаnаsidаgi sistisеrkоid 2 yilgаchа аsоsiy хo’jаyinini mоniеziya bilаn zаrаrlаsh qоbiliyatigа egа.
Chоrvа mоllаri sistisеrkоid bilаn zаrаrlаngаn sоvutli kаnаlаrni o’t vа suv bilаn yutib yubоrаdi. Оrаdаn 40-50 kun o’tgаch, аsоsiy хo’jаyini ichаgidаgi mоniеziyalаr jinsiy vоyagа yetаdi. Bir kеchа-kunduzdа mоniеziyalаr 8 sm uzunlikdа o’sishi mumkin (43-rаsm).


Yüklə 41,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin