Mоniеziyalаr(Moniezia sp.)ning rivоjlаnish sikli sхеmаsi.
Moniyeziyalar moniyezioz kasalligini keltirib chiqaradi. Ular ayniqsa yosh mollarni, ya'ni 1,5-8 oylik qo'zi, uloq va buzoqlarni ko'p zararlaydi. Masalan, bir yoshli qo'ylar bu kasallik bilan 59 % gacha, birdan ikki yosligachasi 31 % gacha va katta yoshdagilari 15 % gacha kasallangan.
Kаsаllаngаn hаyvоnlаrdа hоlsizlаnish, ich kеtish, ахlаtidа shilliq vа pаrаzitning yetilgаn bo’g’imlаri ko’zgа tаshlаnаdi. Kаsаllаngаn qo’zilаr оriqlаydi, rivоjlаnishdаn оrqаdа qоlаdi, bа’zаn o’limgа hаm оlib kеlаdi. Bu kаsаllikkа qаrshi kurаsh - dеgеlmintizаsiya vа prоfilаktikа chоrа-tаdbirlаridаn ibоrаt. Moniyeziozga qarshi chorva mollarda fenasal, fenadek, panakur, filiksan, bitionol, dixlorofen va boshqa preparatlar qo'llaniladi.
Tasmasimon chuvalchanglardan tizaniyeziya (Thysaniezia giardi) va avitellinalar (Avitellina centripunctata) ham asosan qo'y va echkilar hamda ularning yovvoyi vakillari ingichka ichagida parazitlik qiladi. Anoplosefalidalardan - Anoplocephala magna, Anoplocephala perfoliata va Paranoplocephala mamillana kabi turlari esa ot, eshak, qulon va zebralarda parazitlik qiladi.
Yuqorida keltirilgan tasmasimon chuvalchanglarning ham rivojlanish jarayoni xuddi monieziyalarnikiga o’xshash, ya’ni ularning ham oraliq xo’jayinlari sovutli tuproq kanalari hisoblanadi.
Bu tasmasimon chuvalchanglarga ham qarshi kurashda fenasal, filiksan, arekolin, bitionol, kamala va boshqa preparatlarni qo'llash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abduraxmanov G.M., Lopatan I.K., Ismailov Sh.I. Osnovo’ zoologii i zoogeografii. Uchebnik dlya studentov vo’sshix pedagogicheskix uchebno’x zavedeniy. M., Izdatelskiy tsentr «Akademiya» 2001.
2. Abuladze K.I. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni selskoxozyaystvenno’x jivotno’x. Uchebnik dlya studentov VUZov po spetsialnosti "Veterinariya". M., 1990.
3. Akbaev M.Sh. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni jivotno’x. Uchebnik dlya studentov VUZov po spetsialnosti «Veterinariya». M. KOLOS, 2000.
4. Biologiya. Bolshoy entsiklopedicheskiy slovar. Nauchnoe izdatelstvo "Bolshaya Rossiyskaya entsiklopediya". M. 1998.
5. Burdelev T.E. i dr. Osnovo’ veterinarii. Uchebnik. M.,1978.
6. Genis D.E. Meditsinskaya parazitologiya. M. 1991.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |