1. Tasmasimonlar (Pseudophyllidea) turkumi Qo'y miya qurti


Kamar chuvalchang yoki ligula (



Yüklə 41,15 Kb.
səhifə3/10
tarix28.12.2023
ölçüsü41,15 Kb.
#201005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1. Tasmasimonlar (Pseudophyllidea) turkumi Qo\'y miya qurti-fayllar.org

Kamar chuvalchang yoki ligula (Ligula intestinalis) voyaga yetgan davrida baliqchilar, loyxo'raklar va boshqa suvda suzib yuruvchi hamda suv bo'yida botqoqliklarda yashovchi qushlar ichagida parazitlik qiladi. Ligulalarning tanasi proglottidalarga bo'linmaydi, ammo ularning tanasida uzunasi bo'ylab ko'p marta takrorlanadigan germafrodit jinsiy organlari bo'ladi. Voyaga yetgan ligula tanasining uzunligi 15-100 sm atrofida, ikki uchi ingichkalashgan. Tanasining oldingi tomonida ikkita botiridiyasi bor (35-rasm).

Kamar chuvalchang yoki ligula(Ligula intestinalis)ning rivojlanish sikli:
Ular ikkita oraliq xo'jayin orqali rivojlanadi. Tuxumi qush tezagi bilan birga suvga tushadi. Tuxum suvga tushgach, undan 5-9 kundan keyin kipriklar bilan qoplangan lichinka-koratsidiy chiqadi. Koratsidiy suvda 1-2 kun yashaydi. Uni birinchi oraliq xo'jayin-diaptomus, sikloplar yutib yuboradi.
Qisqichbaqasimonlar tana bo'shlig'ida koratsidiylarni qobig'i yorilib, ichidan 6 ilmoqli lichinka - onkosfera chiqadi.
Onkosfera qisqichbaqasimonlar tana bo'shlig'ida protserkoid degan lichinkaga aylanadi. Protserkoid 10-15 kunda yetiladi. Ligulaning ikkinchi oraliq xo'jayini chuchuk suv baliqlarining har xil turlari bo'lib, ular protserkoid bilan zararlangan diaptomus va sikloplar bilan ovqatlanganda, bu lichinkalarni o'zlariga yuqtiradi va baliqlarning gavda bo'shlig'ida 12-14 oydan keyin ligulaning uchinchi lichinkalik clavri plerotserkoidga aylanadi. Bu lichinkalar baliq tanasida 2-3 oy parazitlik qiladi.
Plerotserkoidning uzunligi 50-80 sm atrofida bo'ladi. Plerotserkoidlar dastlab baliqlarning terisini teshib tashqariga chiqadi va baliqlarning ko'plab qirilib ketishiga sababchi bo'ladi. Ligulalardan ko'pincha karpsimon baliqlardan O'zbekiston suv havzalarida qora baliq (marinka), zog'ora baliq, leshch, qizil ko'z baliqlar zararlanadi. Umuman, ligulalar keltirib chiqaradigan kasallik ligulyoz deb atalib, suv havzalaridagi baliqchilik xo'jaliklariga katta zarar yetkazadi.
Suvda va botqoqliklarda yashovchi qushlar (ko'k qo'ton, baliqchi, loyxo'rak, o'rdak va boshqa qushlar) kasallangan baliqlarni yeb, bu chuvalchangni o'zlariga yuqtiradi. Plerotserkoid qush ichagiga tushgandan 2-5 kundan keyin jinsiy voyaga yetadi va tuxum qo'ya boshlaydi. Parazit qush organizmida qisqa, ya'ni 3-4 hafta parazitlik qiladi, so'ngra organizmdan tabiiy holda chiqarib tashlanadi.



Yüklə 41,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin