58. Quyidagi reaksiya tenglamasini tugallang, chap va o‘ng tomondagi moddalarning koeffitsientlar yig‘indilari nisbatini toping. HNO3+S→NO+…+H2O A) 6:7 B) 7:8 C) 7:9 D) 6:9 E) 9:11 59. Ushbu KNO3+Al+KOH+H2O→NH3+K[Al(OH)4] reaksiyada qancha mol suv qatnashadi? A) 0,19 B) 0,10 C) 18 D) 8 E) 6 60. HgS+HNO3+HCl→HgCl2+H2SO4+NO+H2O reaksiyasining koeffitsientlar yig‘indisini aniqlang. A) 27 B) 21 C) 35 D) 30 E) 38 61. Tenglamasi K2Cr2O7+HCl(kons)→ bo‘lgan reaksiya natijasida qanday moddalar hosil bo‘ladi? A) KCl, Cl2, CrCl3, H2O B) KClO, Cl2, CrCl3, H2O C) CrCl3, Cl2, KClO4, H2O D) Cl2, KClO3, CrO3, H2O E) HClO4, CrCl3, KCl, H2O 62. Xalkopirit (CuFeS2) tarkibidagi Fe va S nitrat kislota ta’sirida oksidlanadi. Konsentrlangan va suyuq nitrat kislota eritmalarida kislotadagi azot atomining turlicha bo‘lishini hisobga oling; ikkala tenglamadagi umumiy koeffitsientlar nisbatini toping. A) 47:63 B) 53:74 C) 74:53 D) 63:47 E) 64:43 63. Kuprit (Cu2O) mineralini suyultirilgan nitrat kislota eritmasi bilan oksidlash reaksiyasi tenglamasidagi chap tomondagi koeffitsientlar yig‘indisini toping. A) 19 B) 25 C) 15 D) 23 E) 17 64. Qora poroxning tarkibi kaliyli selitra, ko‘mir va oltingugurtdan iborat. Qora poroxning yonish reaksiyasi tenglamasini yozib tenglashtirilganda koeffitsientlar yig‘indisi nechaga teng bo‘ladi? A) 11 B) 12 C) 13 D) 14 E) 9