1. Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilik Davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari



Yüklə 24,51 Kb.
səhifə5/7
tarix19.05.2023
ölçüsü24,51 Kb.
#116713
1   2   3   4   5   6   7
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2000-YIL 15- DEKABRIDAGI TERRORIZMGA QARSHI KURASHISH TO\'G\'RISIDA QONUNINING MAZMUNI VA MOHIYATI

91-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
terrorizmga qarshi kurashishda, huquq tartibotni, shuningdek jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etadi;
terrorchilik harakatlarining oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(91-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
92-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, uning oila a’zolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan davrda qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan chet davlatlar va hukumatlar boshliqlarining, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining va boshqa shaxslarning xavfsizligini hamda shaxsiy daxlsizligini ta’minlaydi;
qo‘riqlanuvchi shaxslarning doimiy va vaqtinchalik tashrif buyuradigan joylari, shuningdek harakatlanish yo‘nalishlari xavfsizligini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(92-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo‘yish hamda uning oqibatlarini minimallashtirish yo‘li bilan terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;
alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa obyektlarning qo‘riqlanishini va xavfsizligini ta’minlaydi;
davlat hokimiyati va boshqaruvning tegishli organlariga terrorchilik faoliyatiga aloqador shaxslar, guruhlar va tashkilotlar to‘g‘risida axborot taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(10-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)

Yüklə 24,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin