12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida giyohvandlik vositalari, psixotrop va portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari, qurol-yarog‘lar, qurollar va o‘q-dorilar, yadroviy, biologik, kimyoviy yoki boshqa turdagi yalpi qirg‘in qurollari, terrorchilik harakatlarida ishlatilishi mumkin bo‘lgan materiallar va asbob-uskunalarni noqonuniy olib o‘tishga urinishlarning oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(12-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘i xavfsizligini, mamlakat ma’muriy, sanoat-iqtisodiy markazlari va hududlari, muhim harbiy va boshqa obyektlarning havodan beriladigan zarbadan himoya qilinishi va qo‘riqlanishini ta’minlaydi;
o‘z tasarrufidagi harbiy obyektlarning qo‘riqlanishi va mudofaa qilinishini amalga oshiradi;
terrorchilikka qarshi operatsiyalarda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(13-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa obyektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik harakatlari oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda tadbirlar o‘tkazadi;
Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(14-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang.