A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" usuli Bu usulning mohiyati shundan iboratki, dastgohda o’rnatilgan tanavor ishlanuvchi yuzasiga keskich asbob yaqin keltiriladi va boshlanish uchastkasidan qisqa masofada sinov qirindi olinib keskich oldingi holatiga surib qo’yiladi, so’ngra esa dastgoh to’xtatiladi. Ishlangan sirt o’lchagich asbob bilan o’lchab ko’riladi, chizmadagi o’lchamdan chetga chiqishi aniqlanib, keskich asbobning holatiga tuzatish kiritiladi, bu tuzatish dastgoh limbi bo’yicha hisoblanib, amalga oshiriladi. Кeyin esa yana, tanavorning shu uchastkasiga ishlov berilib sinov qirindisi olinadi va o’lchanadi va bu aniq o’lchamga erishguncha davom ettiriladi. Undan keyin tanavorga butun uzunligi bo’yicha ishlov beriladi." Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" usulida keskichni tanavorga nisbatan to’g’ri holati o’rnatiladi va talab etilgan o’lcham aniqligi ta’minlanadi. Navbatdagi tanavorga ishlov berishda bu uslubni qo’llash yana takrorlanadi.
B. Aniqlikka avtomatik erishish usuli Bu usul sozlangan dastgohlarda amalga oshiriladi va birinchi usulga xos bо’lgan kamchiliklardan ancha xolisdir.
«O’lchamlarni avtomatik olish usuli» bilan tanavorlarga ishlov berishda dastgohlar avvalam bor shunday sozlanishi kerakki, tanavordan talab еtilgan aniqlikka avtomatik ravishda еrishilsin va h.k. hamda uning aniqligi ishchining malakasiga va diqqat-е’tiboriga bog’liq bо’lmasin.
Bu usulning afzalligidan seriyalab, yirik seriyalab va ommaviy (kо’plab) ishlab chiqarishlarda keng qо’llaniladi.
Bu usulni mayda seriyalab ishlab chiqarishda qо’llansa tejamkorlik jixatdan yaxshi natijalar bermaydi va о’zini qoplay olmaydi, chunki partiyadagi detallar soni juda ham kam bо’lganligi sababli maxsus dastgohlarni, moslama va asboblarni, shuningdek sozlash jarayonlarini qо’llash о’zini qoplay olmaydi, tayyorlangan detalning tannarxi juda ham yuqori bо’ladi; jiddiy texnologik tayyorgarlik, texnologik jarayonni puxta qilib yaratish va puxta sozlash sxemalarini qо’llash mayda seriyalab ishlab chiqarish sharoitida amalga oshirilmaydi.
Ко’rib chiqilgan har bir berilgan aniqlikka еrishish usulida о’ziga xos har-xil sabablarga kо’ra paydo bо’luvchi sistematik va tasodifiy ishlov berish xatoliklari kuzatiladi. Bu еsa, aniqlikka turli omillarning ta’sir еtishi natijasidir.
2.Aniqlik baholash uchun nuqtali diagrammalarni qurish usullari
Nuqtali diagrammalar
Statistik nazorat uchun nazorat diagrammasi
Aniqlikni tekshirishning boshqa usuli nuqtali diagrammalar qurishga asoslangan. Gorizontal o’qi bo’yicha, stanokdan qaysi tartibda tayyor bo’lib chiqsa shu tartibda ishlanuvchi detallarning tartib nomerlari belgilab qo’yiladi, vertikal o’qi bo’yicha esa nuqtalar ko’rinishida detallarni o’lchash natijalari belgilab boriladi.
Bunga o’xshash diagrammalarni hox bir detal uchun hox ketma-ket ishlanuvchi partiya detallari uchun qurish mumkin (7.8, a-rasm).
Shunga o’xshash diagrammalar uzunligini qisqartirish mumkin, agarda, gorizontal o’qi bo’yicha detallarning tartib nomerini emas balki detallar guruhlari nomerlarini belgilasak, shuningdek bu guruhlardagi detallarning soni ham stanoklardan tushirilish tartibida bir xilda bo’ladi (7.8, b-rasm).
7.8, v-shaklda, vertikal o’qi bo’yicha har bir guruhga kiruvchi detallar o’lchamlarining o’rtacha arifmetik qiymati belgilangan diagramma ko’rsatilgan. Bu anglab olish ancha yaxshi bo’ladi.
7.8, v-shakldan, keskich eyilishini uzluksiz o’tishi va stanokni periodik sozlanishi natijasida o’lchamlar o’zgarishlarining periodikligi yaqqol ko’zga ko’rinib turibdi. Nuqtali diagrammalar xususiyatini, sanoatda mahsulotlarni statistik nazorat qilish usulini qo’llashning rivojlanishiga bog’liq holda batafsil o’rganila boshlandi.
Bu usulning mohiyati shu xulosaga olib keladiki, ya’ni berilgan mahsulotni tayyorlash jarayonida periodik ravishda soni ikkitadan o’ntagacha bo’lgan detallar olinadi.
3.Texnologik operatsiyalarni variantlarinin tuzishni mashq qilish
Texnologik jarayon operatsiyalarga bo’linadi. Bir ishchi yoki ishchilar brigadasi bir ish joyida bajaradigan texnologik jarayonni tugallagan qismiga texnologik operatsiya deb ataladi.
Dastgohda detalga yoki bir qancha detallarga bir vaqtda ishlov berish, korpusga qopqonni o’rnatish va qatirish (yig’ishda) bunga misol bo’lishi mumkin.
Operatsiya texnologik jarayonni asosiy qismi hisoblanadi va texnologik jarayonni kolg’kulatsiyalash va rejalashtirish uchun foydalaniladi. Odatda asosiy texnologik xujjat ishlab chiqiladi.
Operatsiya bir yoki bir necha o’rnatishda bijarilishi mumkin.