Texnologik jarayonlar ishlab chiqishning asosiy hollari 1. Texnologik jarayonlar yangi mashinalar loyihalanib, yangi zavodlar qurilgan sharoitlarda yaratiladi.
2. Mavjud zavodlarni rekonstruksiyalashda yaratiladi.
3. Ishlab turgan zavodlarda yangi ob’ektlar ishlab chiqilgan sharoitlarda yaratiladi.
Ishlab turgan zavodlarda о’zlashtirilgan mahsulotlarni chiqarishda texnologik jarayonlarga tuzatishlar kiritiladi yoki yangisi ishlab chiqiladi. Yangi zavod uchun yoki rekonstruksiyalashtirilgan zavodlar uchun yaratilgan texnologik jarayonlar barcha loyihaning asosini tashkil qiladi. Ishlab chiqilgan texnologik jarayon kerakli jihozlarni, ishlab chiqarish maydonini, еnergetikani, trasport vositalarini, ishchi kuchini, material va sh.о’. aniqlaydi. Zavod ishlashining texnik-iqtisodiy kо’rsatkichi, ishlab chiqilgan texnologik jarayonning mukammallik darajasiga bog’liq.
Mavjud zavodlarda, yangi ob’ektlar qо’yilganda texnologik jarayon ishlab chiqishdan avval bir qancha tayyorgarlik va tashkiliy ishlar olib boriladi. Buning asosida mavjud kerakli jihozlar, kerakli ishchi kuchi, asboblar, transport vositalari va boshq. ning ishlatilish imkoniyatlari aniqlanadi.
3.Detallar konstruksiyalarini chizish, o’chamlari va texnik talablarini o’rnatish
6-bilet.
1. Ilmiy texnikaviy rivojlanishida mashinasozlikning roli va ahamiyati
Mashinasozlik ishlab chiqarishning tezkor rivojlanishini, mashinalar tayyorlash bilan bog‘liq masalalarni ilmiy hal etishni taqozo etdi, bu esa mashinasozlik texnologiyasi to ‘g ‘risidagi fanning paydo bo‘lishiga olib keldi. Mashinasozlik texnologiyasi mashinani talab etilgan sifatda ishlab chiqarish dasturiga ko‘ra, belgilangan miqdorda va o ‘matilgan muddatlarda, eng kichik tannarxda tayyorlash to‘g‘risidagi fandir.
Materiallarga kesish orqali ishlov berish tarixi qadim zamonlar
da boshlangan: eng sodda moslamalarda tayyorlamaning aylanishi
q o id a, ishlov berish kremniyli keskich yordamida bajarilgan. XII
asrda esa qo‘lda harakatlanadigan birinchi tokarli va parmalash
dastgohlari paydo bo‘ldi va ularning ishlash tamoyillari, asosan,
hozirda qo‘llanilayotganlariga rnos keladi. Mashinasozlik texnolo
giyasi masalalari bo'yicha ilmiy ishlar mashinasozlik ithiab
chiqarishi rivojlanishining boshlanishi bilan paydo bo ldi, bu
ishlarda ishlab chiqarish tajribalari umumlashtirildi. 1804-yil V.M.
Severgin jarayonlar to‘g‘risidagi asosiy tushinchalami shakllan-
tirdi. XIX asrdagi xorijiy olim-texnologlardan K. Karmerni alohida
ko‘rsatib o‘tish mumkin. U «Texnologiyani mexanik o‘qishga
kirish». «Mexanik texnologiya asoslari», «Mexanik texnologiya
bo'yicha ma’lumotnoma» kabi kitoblarni nashr ettirgan.
Amerikalik F. Teylor 1900-yilda chop etilgan «Metallga ishlov
berish san’ati» kitobida kesish orqali mexanik ishlov berishning
asosiy xususiyatlarini aniqlagan.
Mashinasozlik texnologiyasining fan bo‘lib shakllanishi o'tgan
asming 30-yillarida tezlashdi, bunga olimlardan B.S. Balakshin,
V.M. Kovan, G. Micheletti, Ya. Peklenin, T. Sata va boshqalar o‘z
hissalarini qo‘shdi.
Hozirgi vaqtda mashinasozlik sanoatidagi texnologik masala-
lami hal etish uchun mashinasozlik texnologiyasining nazariy
asoslari ishlab chiqilgan, mashina detallari namunaviy yuzalariga
ishlov berish usullari ilmiy umumlashtirilgan va rivojlantirilgan,
mashina detallarini tayyorlash va yig‘ish texnologik jarayonlarini
loyihalashning asosiy tamoyillari, jumladan, avtomatlashtirilgan
ishlab chiqarish uchun ham belgilangan.
O‘quv qo‘llanmada mashinasozlik mahsulotlarini chiqarishdagi
sifat, puxtalik va uzoq ishlash ko‘rsatkichlariga talablar oshishi
sababli metallarai kesib ishlashdagi aniqlik masalalariga alohida
e’tibor qaratilgan. Barcha masalalar dastgoh-moslama-asbob-detal
(DMAD) texnologik tizimida metallami kesishdagi dinamik
hodisalar nuqtayi nazaridan yoritilgan.
Qo‘llanmada fan-texnika yutuqlari negizida nisbatan muqobil
texnologiyalar ishlab chiqish, mahsulot chiqarishdagi kam xarajatli
yuqori unumdorlikni ta’minlash masalalari ham yoritilgan.
2.Texnologik jarayon tuzilishi
Mexaniq ishlov berish jarayoni uz ichiga quyidagi qismlarni oladi: operatsiya, o’tish, o’rnatish, qabul qilish.