Agregat – oqim usulini tashkil qilish asoslari.
Ishlab chiqarishni tashkil etish. Ishlab chiqarish agregat usuli bilan tashkil etilganda buyum silkitish maydonchalari yoki maxsus jihozlangan uskunalar - qoliplash mashinasi va beton taqsimlash mashinalaridan iborat bo‘lgan agregatlarda qoliplanadi. Qolipga solingan buyum ko‘prik kran bilan, beton tezroq qotishi uchun, issiqlik bilan ishlov berish kameralariga olib o‘tiladi.
So‘nggi bosqichda buyum maxsus joyda kameradan olinib qolipdan tushiriladi. Tayyor mahsulot qabul qilinganidan so‘ng omborga jo‘natiladi, bo‘shagan qoliplar esa navbatdagi texnologik siklga tayyorlanib qoliplash joyiga qaytariladi. ishlab chiqarishni agregat usulida tashkil etishning umumiy chizmasi ko‘rsatilgan.
Ya’ni, texnologik jarayon oltita ish joyiga taqsimlanadi: buyumni qolipdan tushirish va tekshirish; qolipni yig‘ish; qolipni beton quyishga tayyorlash; armatura karkasini yotqizish; qolipni beton bilan to‘ldirish va uni zichlash; beton yuzasini tekislash yoki xo‘l betonga dekorativ ishlov berish, buyumni issiqlik kameralariga joylash va uni kameradan olish.
Yuqoridagilardan ba’zilari bir vaqtning o‘zida bo‘ladi, ya’ni qolipdan tushirish, buyumni tekshirish va qolipni tayyorlash qoliplash vaqt davomiyligida bajariladi. Texnologik jarayon tarkibiy qismlarga bo‘linib yagona ish surati belgilanganda ishlab chiqarishni to‘htovsiz usulda tashkil etish imkoniyati ham bor. To‘xtovsiz usulda ishlanganda texnologik liniya kerakli tashish va yetkazib berish vositalari bilan to‘ldiriladi.
Ishlab chiqarishni agregat usulda tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud va umumiy chizmada qolipni bir o‘rindan boshqa o‘ringa ko‘chirishda rolikli konveyer ishlatiladi. Ikki shahobchali chizmada esa umumiy ritm saqlanganda ishlab chiqarish usuli konveyer usuliga yaqinlashadi.
Agregat liniyani tashkil etish sxemasi
1-ananaviy usul; b-rolikli konveyerli; v-ikki shahobcha va aravachali;
1-buyumni qolipdan tushirish;
2-qolipni tozalash va moylash;
3-armatura yotqizish;
4-buyumni qoliplash;
5-buyumni me’yoriga etkazish;
6-issiqlik bilan ishlov berish;
A-armatura karkaslarini etkazib berish; B-beton qorishmasini etkazib berish;
F1-qolipni uzatish; F2-buyumni kameraga olish;
F3-buyumni kameradan olish; I-buyumni omborga jo‘natish.
Agregat ketma-ketlik usuli o‘rta va kichik quvvatli zavodlarda katta bo‘lmagan hajmdagi ishlab chiqarishga ko‘proq muvofiq keladi. Bunday usul uzunligi 12 m, kengligi 3 metrgacha va balandligi 1 metrgacha bo‘lgan buyumlarni ishlab chiqarishga ayniqsa to‘g‘ri keladi. Ba’zi hollarda o‘lchami bundan ham katta bo‘lgan buyumlarni tayyorlash mumkin. Bu usul kam mablag‘ sarflangan holda keng turdagi mahsulot xillarini ishlab chiqarish imkonini beradi.
Tayyorlash sikli 17 daqiqani tashkil etadi, shundan so‘ng buyum 6-8 soatga chuqur kameraga qo‘yiladi. Bunday kameralar issiqlik bilan ishlov berish sifatini oshirish imkonini beradi.
So‘ngi yillarda yarim konveyerli usul ko‘proq ishlatilmoqda. Bunday konveyerlarda rigellar, ustunlar, balka va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
Bunday liniyalarning ishlash ritmi 18-25 daqiqani tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |