Korxonaning yillik ishlab chiqarish dasturi va buyumning nomenoklaturasi topshiriqda berilgan. Korxonaning ish rejimidan kelib chiqib buyum va yarim fabrikat ishlab chiqarishdagi yuqotish va brakki inobatga olgan holda hisoblanadi.
Temir - beton korxonalari uchun:
Boshlang’ich ma’lumotlar: Beton markasi – M 300 yoki Rб =300, B 22,5
Beton ishlatilishi - Yo’l cheti ariqlari
Beton qorishmasini harakatchanligi, standart konus cho’kmasi OK – 4 sm Ishlatiladigan materiallarning xarakteristikalari:
Bog’lovchi materiallar – portlandsement
Shebenning solishtirma og’irligi – Psh=2,6 g/sm3 Shebenning o’yma hajm og’irligi - P0sh= 1,46 g/sm3 Shebenning zaralararo bo’shliqlari Vk=0,4 ya’ni 40%
Hisoblash metodikasi Hisob 1m3 beton uchun olib boriladi.
Berilgan sementning aktivligi (Rц) talab qilingan beton mustahkamligini oshirishi shart asosida suv- sement nisbati (s/sem) aniqlanadi.
Beton mustahkamligi Rb (s/sem)=0.4 va undan yuqori bo’lganda quyidagi formula bilan ifodalanadi.
Rb = Rs∙A(S/Sem-0.5),
Suv - sement nisbati quyidagi formula asosida aniqlanadi;
A-koeffisient to’ldiruvchilar sifatida bog’liq bo’lib yuqori sifatli to’ldiruvchilar uchun (yuvilgan va fraksiyalangan sheben va qum) 0.5 ga teng.
( S/Sem ) = A∙RS / (Rb + 0.5 A ∙Rs) =(0.5 ∙400 ) / (300+0.5 ∙ 0.5 ∙ 400)=0.5
1m3 beton qorishmasi tayorlash uchun suv miqdorini 1.4 – jadvaldan aniqlanadi (“Beton va temir beton buyumlari texnologiyasi”fani bo’yicha tajriba mashg’ulotlarini bajarish uchun uslubiy qo’llanma).
S = 190 kg (litr)
Aniqlangan suv – sement nisbati va suv miqdoriga asosan beton qorishmasi tayorlash uchun sement miqdori (kg) aniqlanadi.
Sem=S/(S/Sem) = 190/0.5 = 380 kg
1m3 beton qorishmasi uchun yirik to’ldiruvchilar sarfi quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Sh = 1000/ (Vk∙ᾳ / psh0 + 1/psh)= 1000 / (1,46 x 0,5 / 1.46 +1/2.6) =1111kg
ᾳ - yirik to’ldiruvchilar donalarini oralig’ni belgilovchi koiffisent
5-jadvaldan aniqlanadi. (“Beton va temir – beton buyumlari texnologiyasi”fani bo’yincha tajriba mashg’ulotlarini bajarish uchun uslubiy qo’llanma).