1. Texnologiya fanida didaktik tushunchalar. Mavzusiga oid taqdimot tayyorlash


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 214,51 Kb.
səhifə5/5
tarix13.04.2023
ölçüsü214,51 Kb.
#97394
növüReferat
1   2   3   4   5
1. Texnologiya fanida didaktik tushunchalar. Mavzusiga oid taqdi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
turli materiallarga ishlov berishda moslamalarda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda ishlash.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: yog‘ochga ishlov berish ustaxonasi, yog‘och namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Stanoklarning elementlari asosiy va yordamchi elementlarga ajratiladi:

  • Staninalar, supportlar, ish organlari, surish mexanizmlari, yuritmalar, boshqarish organlari, tayanch va yo‘naltiruvchi qurilmalar, qisqichlar, siqish moslamalari va tirgaklar kiradi;

  • Kesish asbobini charxlash, stanokni sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan holosh qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar kiradi;

Tokarlik ishi deb, yog‘ochdan tayyorlanadigan buyumni o‘zi o‘qi atrofida aylantirish orqali uning sirtini yo‘nib ishlov berish usuliga aytiladi. Bu usulda tayyorlangan mahsulotlar tokarlik buyumlari yoki detallari deyiladi. STD-120 rusumidagi yog‘ochga ishlov berish tokarlik stanogida ishlov berilayotgan material oldingi babkaning planshaybasi markazi bilan orqa babkaning o‘rta tishli markazi orasiga mahkam o‘rnatiladi. Bunda orqa babkaning korpusi staninaning yo‘naltiruvchi bo‘ylab ishlov berilayotgan material uzunligiga muvofiq surib kerakli joyda mahkamlanadi. Planshayba ishlov berilayotgan buyumni oldingi babkada boltlar va
qisqichlar yordamida o‘rnatish moslamasi bo‘lgan diskdan iborat. Stanokning asosiy detail stamina bo‘lib, u ikkita tayanchga o‘rnatilgan. Staninada oldingi va orqa babka va keskichlar o‘rnatish uchun tutqichli tayanch mavjud. Stakda himoya ekrani , chap tomonida esa elektrodvigatel va magnitli ishga tushurgich o‘rnatilgan. Elektrodvigatel shkivdan aylanma harakatni babkaning ikki pog‘onali shkiviga ponasimon kesimli tasma orqali uzatiladi. Oldingi babka materialni mustahkam o‘rnatish va uning aylanma harakat qilishini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Stаnоklаrning аsоsiy qismlаri vа vаzifаlаri. Yog‘оchgа ishlоv bеrаdigаn tоkаrlik stаnоgining ish tаmоyillаri, undа bаjаrilаdigаn оpеrаtsiyalаr o‘rganiladi. Mavzuni o‘rganishda mehnat usullarini namoyish etish va mashq qildirish kabi o‘rganish metodlari muhim o‘rinni egallaydi. Bu metodlar oqilona tarzda almashtirilib turilishi zarur. Masalan, tashqi tsilindrik yuza yo‘nishga kirishilganda o‘qituvchi o‘quvchilardan biriga zagotovka va keskichni o‘rnatish hamda mahkamlab qo‘yishni taklif etadi. O‘qituvchi o‘quvchining qarakatlarini tahlil qiladi, uning xato harakatlariga hammaning diqqatini qaratadi. Keyin o‘qituvchi keskichni qo‘lda ravon va bir tekis siljitib silliq tsilindrik detallarni xomaki yo‘nishni namoyish qiladi nima uchun kesishning boshqa usulini emas, balki aynan shu usulini tanlaganini tushuntirib beradi. SHundan so‘ng ayrim operatsiyalarni o‘quvchilardan biri bajaradi. qolganlar uning ishlashini diqqat bilan kuzatib turishadi.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Stanoklarning elementlari qanday elementlarga ajratiladi ?

  2. Tokarlik ishi deb nimaga aytiladi?

  3. Elektrodvigatelga aylanma harakat qanday uzatiladi?

Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Yog‘ochga ishlov berish ustaxonasini tartibga keltirish.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish
Ko’rildi:_________O’IBDO’:___________
Yüklə 214,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin