Debet 90141 - Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar
Kredit 96303 — Banknot, tanga va boshqa qiymatliklar xarakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq
To‘lovga yaroqli deb topilgan pul va tangalar eskirgan pullar toifasiga o ‘tkaziladi hamda bir vaqtning o ‘zida 90141 “Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar” hisobvarag‘idan chiqim qilinadi. Debet 96303— Banknot, tanga va boshqa qiymatliklar xarakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq
Kredit 90141 - Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar
To‘lov hujjatlari ko‘zda tutilmagan hisobvaraqlarda to‘lov muddatini kutayotganda yoki o‘z muddatida to‘lanmaganda hisobga olinadi. Buning uchun 2 ta kartoteka ochilgan bo‘lib, ularning biri kartoteka 1ya’ni To‘lov
muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari kartotekasi, ikkinchisi kartoteka 2 muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari kartotekasidir.
Ular quyidagi hisobvaraqlarda hisobga olinadi:
- 90962; - 96319; - 96321; - 90962. Kartoteka № 1ga to ‘lov hujjatlari kirim qilinganda quyidagi buxgalteriya o ‘tkazmalari amalga oshiriladi: Debet 90962- To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari
Kredit 96319- To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr- hisobvaraq
To‘lov hujjatlarining muddati etib kelganda esa teskari buxgalteriya o ‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 96319-To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari
bo‘yicha kontr- hisobvaraq
Kredit 90962- To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari
Kartoteka № 2 ga to ‘lov hujjatlari kirim qilinganda quyidagi buxgalteriya o ‘tkazmalari amalga oshiriladi: Debet 90963-Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari
Kredit 96321-Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
To‘lov hujjatlarining muddati etib kelganda esa teskari buxgalteriya o ‘tkazmasi amalga oshiriladi: