1. Tijorat banklarining faktoring operatsiyalari, Tijorat baknalrining lizing operatsiyalari


Tijorat banklarining daromadlari, xarajatlari va foydasi



Yüklə 63,21 Kb.
səhifə8/10
tarix15.04.2023
ölçüsü63,21 Kb.
#98692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1. Tijorat banklarining faktoring operatsiyalari, Tijorat baknal

Tijorat banklarining daromadlari, xarajatlari va foydasi

Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi hamda «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi yangilangan qonunlari qabul qilindi. SHu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining etarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.


Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim. Bank tizimiga zamonaviy servis echimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda1.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti dinamik ravishda rivojlanib borayotgan hamda tijorat banklari oldiga o’z faoliyatlarini xalqaro darajaga yеtkazish talabi qo’yilgan hozirgi vaqtda, tijorat banklari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni boshqaruv usullarini takomillashtirish va ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish hisobiga amalga oshirishlari mumkin. Boshqaruv usullarini takomillashtirish va boshqaruv bo’yicha tеgishli qarorlarni qabul qilishda iqtisodiy tahlilning o’rni bеqiyosdir. Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy tahlilning nazariy masalalari nafaqat banklarda, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham hozirgi paytda yеtarli darajada ishlab chiqilgan dеb bo’lmaydi. Ayniqsa, bu pul oqimi kontsеptsiyasi, pul mablag’larining vaqtincha qiymati, daromadlilik va xavf o’rtasidagi tafovut, jalb qilingan mablag’lar bo’yicha xarajatlar, krеdit va invеstitsiya portfеlini boshqarish va boshqalarga tеgishlidir.
Tijorat banklari bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yurituvchi barcha sub’ektlar kabi, faoliyatidan olgan daromadlaridan qilgan sarf-xarajatlarini qoplab, ma’lum miqdorda foyda olishlari lozim. Foyda –tijorat banklari faoliyatlarining yakuniy natijalarini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichdir. Tijorat banklari foydasi yoki faoliyatini zarar bilan yakunlagan bo‘lsa – zarari, ushbu hisobot davrida (oy, chorak, yil) barcha daromadalaridan xarajat hamda soliq va to‘lovlarni chiqarib tashlangandan qolgan summa ekan.
Tijorat banklari daromadlari ikki guruhga: foizli va foizsiz daromadlarga ajratiladi. Bank daromadlari tijorat banklari mijozlariga berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar uchun olingan foizlar, mabodo kreditlarni vaqtida qaytarmagan tarzda mijozlardan yuqori stavkalar bo‘yicha olinadigan foiz daromadlar, qimmatbaxo qog‘ozlar operatsiyalaridan olingan daromadlar, turli xil investitsiyalar bo‘yicha olingan daromadlar –kabilar foizli daromadlarga kiradi. Tijorat banklari xarajatlari ham foizli xarajatlar va operatsion xarajatlarga guruhlanadi. Tijorat banklari depozitlariga qo‘yilgan mablag‘larga, olingan kreditlarga to‘langan foizlarga, qimmatbaxo qog‘ozlarga to‘lanadigan foiz va shu kabilarga – foizli xarajatlar deyiladi. Tijorat banklariga ko‘rsatilgan xizmatlarga (transport, suv, gaz, elektroenergiya va shu kabilarga), xodimlarga ish haqi, ma’muriy-boshqaruv xarajatlarga – operatsion xarajatlar deyiladi. Banklar moliyaviy natijalar tahlilida bu xarajatlarning zarurligi, o‘tgan davrlar bilan o‘zgarganligi, tejamkorlikka rioya qilinganligi o‘rganiladi. Xullas, tijorat banklari moliyaviy natijalari tahlili, ularning daromad va xarajatlari tahlili bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi lozim ekan.
Tijorat banklari moliyaviy natijalarini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni asosan, banklar buxgalteriya balansi, «Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotlardan, hamda audit tekshiruvi, yig‘ilishlar bayonnomalaridan, zaruriyat tug‘ilganda buxgalteriya hisobining analitik yozuvlaridan olish mumkin.
Tijorat banklari moliyaviy natijalari tahlili asosiy vazifalari bo‘lib:
• faoliyat moliyaviy natijalarini (foyda yoki zarar) aniqlash;
foydaning belgilangan reja, o‘tgan davrlardan farqini o‘rganish;
• foydaning tarkibi: daromadlar, xarajatlar qanday o‘zgarganligini o‘rganish hamda bu o‘zgarish sabablarini aniqlash;
• faoliyat davomida tejamkorlikka rioya qilinganligini o‘rganish;
• rentabellik (foydalilik) ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning qanday o‘zgarayotganliklarini o‘rganish;
• xarajatlarini kamaytirib, daromadlarini ko‘paytirib, foydasini ko‘paytirish ichki imkoniyatlarini aniqlash va shu kabilar.
Respublikamizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qondirish muhim masalalardan hisoblanadi. Bunda esa moliyaviy mablag‘larning muhim manbasi sifatida bank aktivlari muhim o‘rin tutadi. Tijorat banklari faoliyatining asosiy qismini aktiv amaliyotlari tashkil qiladi. Aktiv amaliyotlar – bankning foyda olish maqsadida o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘larni samarali joylashtirishi bilan bog‘liq jarayonlarni qamrab oladi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, banklar aktivlari hajmining o‘sishi bilan bir qatorda bank aktivlari tarkibida muammoli, ya’ni qaytishi dargumon bo‘lgan aktivlar hajmining o‘sishi, bank aktivlarining muayayn sohaga yig‘ilib qolishi natijasida aktivlar tavakkalchiligi darajasiningortishi, bankda daromad keltirmaydigan aktivlar hajmining me’yor darajasidan oshib ketishi kabi salbiy holatlarning yuzaga kelish ehtimoli ham ortadi. Fikrimizcha, bunday sharoitda banklarda samarali menejment tizimi, ya’ni maqbul boshqaruv mexanizmini rivojlantirish asosiy masalalardan hisoblanadi.
Bank menejmenti moliyaviy menejmentning asosiy bo‘g‘ini sifatida o‘zida bank faoliyatini samarali tashkil etish, boshqarish va istiqbolli rivojlantirishning aniq mexanizmini qamrab oladi. Zamonaviy bank menejmenti tizimi bankni rivojlantirish, moliya instrumentlarini hamda hududlarda bank tarmoqlarini kengaytirish, raqobat siyosatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, muloqot strategiyasini rivojlantirishni samarali boshqarishga oid munosabatlarni mujassamlashtiradi2.
Banklarda aktivlarni boshqarish masalalari bank menejmentining asosiy yo‘nalishi sanaladi. Bunda bank menejmentining muhim unsurlaridan hisoblangan – rejalashtirish, tahlil (monitoring), muvofiqlashtirish, nazorat (baholash) tamoyillari bank aktivlarini boshqarishning tashkiliy asoslarini ifodalaydi. Bank aktivlarini boshqarishda strategik, tavakkalchilik, sifat, marketing, innovatsiya kabi menejmentning turi usullaridan foydalanish zarurati asoslab berilgan.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasini ko‘rsatishicha, bank aktivlarini boshqarish, aktivlarning samaradorlik darajasini saqlab turish, aktiv operatsiyalar hajmini oshirib borish banklarni rivojlantirishning asosiy omili hisoblanadi. Bunday vaziyatda bank aktivlarini to‘g‘ri boshqarish orqali bankning resurslar bazasini mustahkamlash, aktiv amaliyotlarni ko‘paytirish asosida bank daromadini oshirish talab qilinadi. Bundan tashqari, moliya bozorida banklarning raqobatbardoshligini mustahkamlash, mijozlar, aksiyadorlar va omonatchilar manfaatlarini to‘liq kafolatlay oladigan bank mexanizmini shakllantirish ko‘p jihatdan banklarda aktivlardan samarali foydalanish, xarajatlar samaradorligini oshirish kabi bir qator ichki imkoniyatlardan keng foydalanishni talab etadi.
Aktivlarni boshqarishda asosiy e’tibor tavakkalchilikning eng past darajasi sharoitida daromadlar va xarajatlar orasidagi ijobiy farqni mumkin qadar oshirish yoki uni juda bo‘lmaganda barqaror darajada saqlab turishga qaratilishi zarur.
Taraqqiyot ilgarilab borayotgan hozirgi sharoitda banklar faoliyatini, xizmatlar turini ko‘paytirish, reklama va boshqa zamonaviy usullar yordamida mijozlarni kengroq jalb etish zamon talabiga aylanib bormoqda. Haqiqatan ham, bugungi kunda iqtisodiyotni rivojlantirshda banklarning rolini yanada oshirishga xizmat turlarini ko‘paytirishga, qolaversa, jahon bank amaliyotini chuqur tahlil qilgan holda respublikamizda universal bank tizimi faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishni taqozo etadi.


  1. Daniya mamlakatining tijorat banklarida faktoring, lizing operatsiyalari va zamonaviy innovatsion bank xizmatlari.Daniya banki.

Daniyadagi uchta eng yirik banklar
Danske Bank, Nykredit Realkredit va Danmark Realkredit.
Ular mamlakatdagi bank aktivlarining 50% dan ortig'ini nazorat qilishadi. 
Daniyaning mamlakat moliya bozorlarini tartibga soluvchi moliyaviy nazorat organi mamlakat banklarini quyidagi toifalarga ajratadi:
• 1-guruh banklari: Bu banklar kamida 65 milliard DKK kapital bilan ishlaydi;
• 2-guruh banklari: minimal aylanma kapitali 12 mlrd DKK;
• 3-guruh banklari: Kapitali kamida 500 million DKK;
• 4-guruh banklari: aylanma mablag'lari maksimal 500 million DKK.
• 5-guruh banklari: Bu guruhning mamlakatda xorijiy banklarning filiallari mavjud;
• 6-guruh: bular Farer orollarida joylashgan banklar.

Yüklə 63,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin