33.“O‘zbek tilining imlo lug‘ati” qachon tasdiqlangan, bo‘limlarini izohlang.
1. Lug'atga kiritilgan so'zlar qat’iy alifbo tartibida joylashtirilgan. Demak, zarur so'zni undan a I if bo tartibi bo'yicha qidirish kerak bo'ladi. 2. Lug'atga hozirgi o'zbek adabiy tili va uning barcha uslublarida qo'llanayotgan me’yoriy leksika kiritilgan. Ularning asosiy tiplari quyidagilardir: - o'zbek tilida keng iste’molda bo'lgan so'zlar; - o'zbek tilining ilmiy uslubiga xos fan va texnika terminlari; - xalq hunarmandchiligi sohasida faol qo'llanuvchi kasb-hunar atamalari (professional leksika); - etnonimlar, tarixiy unvon va mansab nomlari. 3. Lug'atga o'zbek mumtoz adabiyoti, qadimgi yozma yodgorliklar matnlarida uchraydigan ba’zi so'zlar ham kiritilgan. Bunda ta’lim tizimida, nashriyot va matbuot ishlarida shunday so'zlarning yozilishini bilish zarurati hisobga olingan. 4. Lug'at hozirgi o'zbek tilida uchraydigan qo'shma, juft va takroriy so'zlarni keng qamrab olgan. Bunda komponentlari qo'shib yoki ajratib yoziluvchi so'zlar imlosiga alohida diqqat qilingan. 5. Lug'atda hozirgi o'zbek imlosi amaliyotida ikki xil talaffuz qilinayotgan va yozilayotgan ba’zi imloviy variantlar ham keltirilgan: baloday va balodek, kaptar va kabutar, adab va odob, arava va aroba, baravar va barobar. Agarda bunday so'z variantlari so'zlikda ketma-ket emas, turli o'rinlarlarda kelsa, ular ikki marta qayd qilindi. Masalan: adab va odob, odob va adab. 6. So'zning ilm-fan yoki kasb-hunar sohasiga oid so'z (termin) ekanligi yoxud mumtoz adabiyot tiliga mansubligi, tarixiy so'z yoki etnonimligi qavs ichida maxsus qisqartmalar orqali ta’kidlandi. Chunonchi: abaksial {tib.), aberratsiya {astr.), abissolit (geol.), abirafshon (mum. ad.), abtar(mum. ad.), avtogeziya (fiz.), avtoxorlar (bot), avunkulat (hug.). 7. Muayyan bir so'z ishtirokida yasalgan forscha izofali birikmalar asosiy so'z (komponent) tagidan biroz ichkari chekingan holda keltirildi:
34. “Nuqta” tinish belgisi sifatida qaysi o‘rinlarda ishlatiladi?
Nuqta — eng koʻp qoʻllanadigan va eng qad. tinish belgilaridan biri (.); 11-asrda arab, matnlarida yozuv belgisi sifatida paydo boʻlgan. 19-asrgacha unish vazifasi va qoʻllanishi hozirgi ayni tinish belgisinikidan tamomila farq qilgan. Hozirgi oʻzbek imlosida Nuqta quyidagi oʻrinlarda qoʻllanadi:
darak gaplar oxirida (Quyosh hamma yoqni qizdirmoqda);
orzu-istak, iltimos, yalinish, daʼvat, undash, maslahat, ogohlantirish kabi mazmunni ifodalovchi buyruq gaplar oxirida (Bugun ertaroqboring . Bizga ovqat keltirsangiz. Mayli, oʻqing boʻlmasa, hamma eshitsin);
bosh harflar yoki boʻgʻinlar bilan koʻrsatilgan shartli qisqart-malardan soʻng (S. Rahimov; M. T. Oybek; va shahrik.; va boshqalar); abbreviaturalarda Nuqta qoʻyilmaydi;
raqamlar yoki harflar bilan koʻrsatilgan numerativlardan soʻng (1. A. 2. V. kabi. Bunda numerativdan keyin keladigan gaplar mustaqillikka ega boʻlishi shart);
baʼzan sanalar raqam bilan yozilganda, yil, oy, kunlarni oʻzaro ajratish uchun ular orasiga qoʻyiladi (2003-yil 19 okt.); 2000.14.V11I. (2000-yil 14-avgust) va q.k.
Dostları ilə paylaş: |