1. Tilning jamiyatda tutgan orni


O‘zbek tili kambag‘al til emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Abdulla Qodiriyning ushbu fikrini izohlang



Yüklə 108,91 Kb.
səhifə31/47
tarix11.04.2023
ölçüsü108,91 Kb.
#96196
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
ona tili (1)

70. O‘zbek tili kambag‘al til emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Abdulla Qodiriyning ushbu fikrini izohlang.
O‘z tilingning rutbasini o‘zga xalqlarning o‘z tiliga bo‘lgan munosabati orqali ham bilish, anglash mumkin bo‘ladi. Elparvar insonning ilk fazilati tilparvarligidir. Millatning borligi, boyligi va butun borlig‘ining belgisi davlat tiliga bo‘lgan e’tibor va ehtirom ilm-ma’rifatga mehri ustuvor insonlarga xos. Bu borada istiqbolli islohotlarning amalga oshirilishi, Prezidentimiz tomonidan imzolangan «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon e’tiborga molik. Endilikda gap uning ijrosida. Farmonda ko‘rsatilgan Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va Atamalar komissiyasi bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bu o‘rinda O‘zFA Til-adabiyot va folklor instituti hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘rgatish va malaka oshirish markazining hamkorlikdagi faoliyati tahsinga loyiq.qoganiga o’zizdan fikrlab nimadirla yozing
71. Farmoyish hujjatlarini sohalarda qo‘llash xususiyatlari.
Iqtisodiyotni boshqarishda tashkiliy-farmoyish hujjatlarining ahamiyati kattadir. Har qanday firma yoki korxonani boshqarishda tashkiliy farmoyish hujjatlaridan to‘liq foydalanadi. Buyruq doimiy ravishda shaxsan rahbar tomonidan tayyorlanadi, ko‘rsatma va farmoyishlar rahbar muovinlari tomonidan beriladi. Buyruqlarning bir qator turlari mavjud bo‘lib ularga:
a) umumiy masalalar bo‘yicha
b) shaxsiy tarkib bo‘yicha
v) asosiy faoliyat bo‘yicha buyruqlar kiradi.
Buyruqning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: Vazirlik, korxona yoki muassasa nomi, buyruqning nomi, sanasi, raqami, buyruq chikkan joyning nomi, sarlavxasi, buyruq matni, rahbar yoki o‘rinbosar imzosi va hokazo. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan “BUYURAMAN” so‘zi bilan boshlanadi. Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib umumiy tarzda yoki xar bir farmoyishda aniq ko‘rsatish mumkin. Buyruqda adliya maslahatchisi imzosi ham bo‘lishi kerak. Adliya maslahatchisi buyruqni ko‘rishda quyidagilarga e'tibor beradi: masalan, buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadi qanchalik to‘g‘ri kelishi; buyruq loyihasining amaldagi qonunlarga, hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq kelishi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlari bilan ziddiyat yo‘qmi yoki ularning qisman takrorlanishi va boshqalar.. Farmoyishning matni xuddi buyruqniki singari zaruriy qismlardan tashkil topadi. Faqat uning kirish qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA QILAMAN”, “RUXSAT BERAMAN” kabi so‘zlar ishlatiladi.

Yüklə 108,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin