1. Tilning jamiyatda tutgan orni


Buyruq va buyruqdan kochirma hujjatiga misol yozing



Yüklə 108,91 Kb.
səhifə30/47
tarix11.04.2023
ölçüsü108,91 Kb.
#96196
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
ona tili (1)

63. Buyruq va buyruqdan kochirma hujjatiga misol yozing
Buyruq — 1) yakka hokimlikka asoslangan huquqiy hujjat. Muayyan muassasa yoki boshqa tur tashkilot oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qoʻllaniladi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shartsharoitlar, sabablar koʻrsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruq havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi). Baʼzi buyruqni asoslashga hojat boʻlmasligi mumkin, bunday hollarda ular toʻgʻridantoʻgʻri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi; 2) Qurolli Kuchlarda boshliqning oʻz qoʻl ostidagilarga yozma yoki ogʻzaki ravishda bergan farmoyishi; bu farmoyish boʻysunuvchilar uchun qonun hisoblanadi. Muayyan muassasa, tashkilot oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida buyruq, farmoyish, korsatma kabi farmoyish hujjatlaritayyorlanadi. Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda tuziladi. Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoit korsatiladi, asos qilingan buyruq (hujjat)ga havola qilinadi. Asoslashga ehtiyoj bolmagan hollarda togridan togri buyruqning farmoyish qismi beriladi. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYURAMAN:» sozini bosh harflar bilan ikki nuqta qoyib yozishdan boshlanadi. Shundan song farmoyish yoziladi. Agar farmoyish bir nechta bolsa, bandlarga ajratilib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul nisbatdagi fe’lning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi (tayinlansin, belgilansin, otkazilsin, qabul qilinsinkabi). Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilgani, ba’zan esa ilgarigi joriy yoki boshqa hujjat bekor qilinganligi qayd etiladi.
64. Tushuntirish xati namunasi yozing.
Ish qogozlarining bu turi, odatda, xizmat sohasida, ish joyida yuz bergan kamchiliklar yoki oqish jarayoni bilan bogliq bolgan ayrim vazifa va topshiriqlarning bajarilmay qolish sabablarini bayon etish, izohlash maqsadida yoziladigan rasmiy hujjatdir. Tushuntirish xati korxona, muassasa, tashkilot rahbari yoki boshqa mutasaddi kishilar nomiga yollanadi. Bu hujjat korxonalararo yozishma tarzida bolishi ham mumkin. Bunday holatlarda tushuntirish xati buyurtmachi va ijrochi tashkilotlar, quyi va yuqori idoralar faoliyatiga doir masala, hisobot, reja, loyiha, jadval va boshqa shu kabi asosiy hujjatlarga ilova qilinadi.
Tushuntirish xati ham koproq shaxsiy mazmunga ega bolib, odatda rahbar yoki mutasaddi shaxs nomiga yoziladi va unda sodir etilgan xatti-harakatlar, yol qoyilgan qoidabuzarlik holatlari, bajarilmay qolgan ish, topshiriq yoki vazifalar, ularni keltirib chiqargan sabablar izohlanadi. Shaxsiy mazmundagi tushuntirish xatining zaruriy qismlari:
- hujjat yollanayotgan tashkilot nomi, rahbarning lavozimi, familiyasi, ismi;
- tushuntirish xatini yozayotgan kishining ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi;
- hujjat nomi - tushuntirish xati;
- matn (unda yuz bergan voqea-hodisa, yol qo`yilgan qoidabuzarlik, kamchilik, nuqson, uni keltirib chiqargan sabablar hamda unga munosabat bayon etiladi);
- tushuntirish xatini yozgan shaxsning imzosi, familiyasi, ismi va yozilgan sana.

Yüklə 108,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin