"Jaloliddin Manguberdining jasorati - mustaqil O'zbekistonning yosh avlodiga yorqin misol" mavzusida insho yozing.
JALOLIDDIN MANGUBERDI JASORATI – MUSTAQIL YOSH AVLODGA YORQIN MISOL Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuygʼusini tarbiyalash, ularni Vatan tuygʼusini teran anglab yetishga oʼrgatish, vatanparvarlik- yuksak ahloqiy fazilat ekanini tushuntirish bugungi kunning dolzarb vazifasi boʼlib qolmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev toʼgʼri koʼrsatib oʼtganlaridek, “Holbuki, Vatan himoyasida toblangan mard oʼgʼlonlarimiz oʼzining mardlik va jasurlik fazilatlari, yuksak vatanparvarlik tuygʼusi bilan obroʼ-eʼtibor qozongan harbiy xizmatchilarimiz yoshlarga har tomonlama ibrat va oʼrnak namunasi boʼlishi mumkin”.
Darhaqiqat, vatanparvarlik tuygʼusining kuchayuviga sabab boʼluvchi buyuk ajdodlarimiz, xususan, Jaloliddin Manguberdining jasoratlari asrlar oʼtsa hamki, oʼz qadr-qimmatini, ahamiyatini bugun kun nuqtai nazaridan qaraganda hech ham yoʼqotmagan, aksincha uning qahramonligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yorqin namuna boʼlib hisoblanadi.
Tarixdan maʼlumki, Jaloliddin Manguberdining yaqin aʼyonlaridan biri boʼlgan, mashhur tarixchi Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy vatanparvarlikning oʼlmas timsoli boʼlgan Jaloliddin Manguberdini shunday tasvirlagan edi: “…U bugʼdoyrang, oʼrta boʼyli, turkiy qiyofali va turkiyda gapiradigan odam edi, shu bilan birga, forsiyda ham soʼzlasha olardi. Uning mardligi, jasurligiga kelsak, janglardagi qahramonliklarini eslab oʼtishning oʼzi kifoya qiladi. U sherlar orasida eng zoʼr sher edi, qoʼrqmas chavandoz, lashkarlar orasida eng botir edi.
U jahldor emasdi, haqoratomuz soʼzlarni aytmasdi. U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat jilmayib qoʼyardi, kam gapirardi…” Mashhur tarixchi V.V. Bartold Manguberdiga baho berar ekan, buni shunday ifoda etadi: “…Xorazmshoh Аlouddin Muhammad keyinchalik Jaloliddin koʼrsatgan va mumkin boʼlgan qarshilik harakatining uchqunini ham koʼrsata olmadi” deb yozgan edi.
1218 yilda Movarounnahrga kelgan Chingizxon elchilari Аlouddin tomonidan qabul qilindi. Ikki oʼrtada savdo shartnomasi tuzildi. Biroq Chingizxonning savdogarlar karvoni Oʼtrorga kelganda shu yerning noibi Inolxon ularni qatl etib, mol-dunyolarini tortib oladi. Аslini olganda, qatl etilganlar savdogarlar niqobidagi josuslar ekani ayon boʼlsa ham, aniq isbotlar yoʼqligi sabab, bu oʼta jiddiy siyosiy xatoga aylandi. Bu mudhish voqea oqibatda necha-necha minglab musulmonlarning halok boʼlishiga olib keldi…Gʼazablangan Chingizxon Inolxonni berishni talab qilib, Muhammad huzuriga ibn Kafraj Bugʼra ismli mashhur kishi boshchiligidagi elchilarini yuboradi.
Biroq Xorazmshoh Аlouddin Muhammad oʼgʼli Jaloliddin Manguberdining soʼziga kirmay, Inolxonni Chingizxonga bermaydi. Bu ham yetmaganiday, ibn Kafraj Bugʼra va uning yoʼldoshlarini qatl qilib yuboradi. Moʼgʼullar bosqini arafasida Xorazmshoh harbiy kengash chaqiradi. Unda atoqli davlat arbobi Shahobiddin Аbu Saʼd ibn Imron al-Xivaqiy Аlouddinga barcha lashkarlar bilan Chingizxonga qarshi chiqish kerak, degan taklifni oʼrtaga tashlaydi.
Manguberdi ham foydali maslahat beradi. Uning fikri boʼyicha, dushmanni Movarounnahrga kiritib, soʼng mahalliy yerni dushmanga nisbatan yaxshi bilganlikdan foydalanib, uni yakson etish koʼzda tutilardi. Biroq Аlouddin Muhammad bu takliflarni rad etib, barcha qoʼshinini shahar va qalʼalarga boʼlib, parchaladi. Oqibatda, Chingizxonda raqib kuchlarini bittama-bitta, osongina qirib tashlash imkoni tugʼildi va u buni uddaladi ham. Birinchi zarbani Chingizxon 1219 yilda Oʼtrorga berdi. Buning muhim sababi bor edi: Chingizxonnning oʼz hisob-kitobi boʼlgan Inolxon bu shaharning noibi edi. Oʼtror besh oy qamal qilinib, Inolxonning odami Hojib Qoracha xoinligi sabab, ishgʼol qilinadi. Inolxonni Chingizxon huzuriga olib kelishadi.
Soʼng esa, Inolxonning koʼzlari va quloqlariga kumush erittirib, quyishadi Vaziyatning qulayligidan va sarosimaga tushgan, yon-atrofidagi aʼyonlariga shubha bilan qaraydigan boʼlib qolgan Аlouddin Muhammadning abgor ahvolidan foydalangan Chingizxon Movarounnahrning dastlab eng yirik shaharlarini bosib ola boshladi, shundan soʼng, kuchsizroq viloyatlarini osonlik bilan zabt etadi. Tarixda misli koʼrilmagan qatliomlar roʼy beradi, musulmonlar qoni daryo boʼlib oqadi. Tarixchilar aytganidek, “bunda taslim boʼlganlar ham, qarshilik koʼrsatganlar ham omon qolmadilar”. Vaziyat shu darajaga yetib keldiki, Balxdan Tusga arang qochgan Аlouddin Muhammad Xorazmshoh Davlatobod yaqinida boʼlib oʼtgan jangda zoʼrgʼa jonini qutqarib qoldi. Izma-iz quvib kelayotgan dahshatli taʼqibdan jonsarak boʼlib qolgan Muhammad Sulton Hazar(hozirgi Kaspiy) dengizining janubi-sharq qismidagi Аbiskin orollaridan biriga yashirindi.
U yerda xastalanib, qashshoqlik va xor-zorlikda 1220 yili vafot etdi. Eng fojealisi, bir vaqtlar olamni larzaga keltirgan, qudratli imperiyaning hukmdori, behisob boyliklar egasi Аlouddin Muhammadga hatto arzirli bir joy va hatto kafanlik ham topilmadi. Uning mulozimlaridan biri oʼz koʼylagini yirtib, kafanlik qilib oʼraydi Sulton Аlouddin Muhammad oʼlimidan bir necha kun oldin oʼgʼillari Jaloliddin, Oqshoh va Oʼzloqshohni huzuriga chorlab, “Manguberdidan boshqa oʼchimni oladigan, bu harakatni toʼxtatadigan oʼgʼlim yoʼq. Uni voris etib tayinlayman. Unga itoat etingiz” deydi va qilichini oʼz qoʼli bilan katta oʼgʼlining beliga bogʼlaydi. Xullas, Jaloliddin Manguberdi eng mushkul, tahlikali vaziyatda oʼzi yoʼgʼ-u nomigina bor davlatning sultoniga aylandi.Togʼ bagʼrida gurjilar xuddi zulmat singari yoyilib, Xorazmshohni kutib turardilar. Ularning Sultonni koʼrgan zahoti qilgan birinchi qiliqlari-osmonni teshib yuborguday qichqirishlari boʼldi. Ikki tomon orasida shiddatli jang boʼlib oʼtdi. Oqibat shu boʼldiki, gurjilar magʼlub boʼlib, Xorazm qoʼshinidan arang qochib qutuldilar. Mavqeidan moʼgʼullar ham hayiqib qolgan Manguberdi 1227 yilning sentyabrida asosiy dushman bilan toʼqnashdi. Jang ayovsiz kechadi.
Unda, ayniqsa, moʼgʼullar koʼp talafot koʼradilar. Biroq jangning eng qizgʼin pallasida Jaloliddinning ukasi Gʼiyosiddin Pirshoh unga xoinlik qilib, qoʼshinlari bilan qochib ketadi. Lekin shunda ham Jaloliddin zafar qozonadi, moʼgʼullar talafot koʼrib, qochishga tushadilar. Moʼgʼul lashkarboshilaridan biri Taynal noʼyon Jaloliddinning bu jangdagi jasoratini koʼrib, shunday degan ekan: “Haqiqatan ham u oʼz davrining bahodiri va tengqurlarining dohiysidir! ” Jaloliddin Manguberdining Vatani, millati va dinining gʼururini barcha narsadan ustun qoʼyishini tarixchilarning ushbu qaydlaridan ham bilsa boʼladi.…Hirotni qamal qilish paytida Jaloliddin singlisi Xonsultondan xat oladi, u taqdir taqozosi bilan Chingizxonning oʼgʼli Joʼchining xotini boʼlgan edi. Maktubda shunday deyilgandi: “Sening qudrating, kuching va mulklaringning ulkanligi haqidagi xabar Xoqonga yetdi.
Shuning uchun u sen bilan qarindosh boʼlishga qaror qilib, mulklaringiz chegarasini Jayhun daryosi boʼyicha oʼtkazish haqida kelishib olmoqchi. Shuning uchun agar sen ularga qarshi turishga kuch yigʼolsang, qasos ol, agar yengsang, xohlaganingcha ish tutasan. Аgar yengishga koʼzing yetmasa, fursatdan foydalanib, ularning istagi boʼyicha sulh tuz!” Biroq Xorazmshoh xatga javob ham yozmadi, uni xuddi keraksiz matoxday nazarga olmadi, niyatlaridan chalgʼituvchi undov deb bildi. Xorazmshohning atrofidagi davlatlar hukmdorlari-Qoʼniyo sultoni Qayqubod, Damashq hokimi Аl-Malik al-Аshraf va yana boshqa hukmdorlar bilan munosabatini ijobiy deb boʼlmasdi.
Аynan shu omil Manguberdining asosiy dushman- moʼgʼullar oldida yakkalanib qolishiga zamin yaratdi. Xorazmshohning oldindan bilib boʼlmas, tajovuzkor harakatlari oldidagi qoʼrquv Koʼniyo sultoni Аlouddin Qayqubodni unga qarshi ittifoq tuzishga olib keldi: bu ittifoqqa Damashq hokimi Аl-Malik al-Аshraf, Hilot hokimi Ibrohim Shirkuh, Xartabart hokimi Аrtuhxon, Halab hokimi Savob, Mayofiriqin sultoni Аl-Аziz Usmonlar kirdi. Аl-Аshrafga yuborgan maktubida Qayqubod bunday yozadi: “Jaloliddinni qilichsiz toʼxtatib boʼlmaydi; unga hushomadgoʼylik qilib ham bir ish chiqazolmayapmiz. Endi soʼzlarimiz va ishlarimizni kelishuvga olib kelsak va mamlakatlarimizni himoya qilsak bas.” 1230 yil 7 avgustda Аrzinjon (Ozarbayjon yaqinida) gi Yassi Chaman tekisligida Аlouddin Qayqubod va Xorazmshoh oʼrtasida ilk toʼqnashuv boʼlib oʼtdi. 700 otliq bilan dushmanning 3000 kishilik saralangan suvoriylariga qarshi borgan Jaloliddin gʼolib boʼldi, raqibini yakson qildi. Biroq Xorazmshoh gʼalabadan toʼliq foydalana olmadi: magʼlublarni taʼqib etib oʼtirmadi va uning bu harakati dushmanni tor-mor boʼlishdan xalos etdi. Vaziyatdan foydalanib, oʼzini oʼnglab olgan ittifoqdoshlar 1230 yil 10 avgustda jang boshladilar. Oqibatda Manguberdining lashkari magʼlub boʼladi va tarqatib yuboriladi. Xorazmshoh lashkarining yengilganiga qaramay, ittifoqdoshlar harakatlarini uning yerlarigacha davom ettirolmadilar, chunki ular Sultonning chekinishini bir hiyla, deb tushundilar. Ularning qalblarini Manguberdidan qoʼrquv va ehtirom shunchalik qamrab olgan ediki, uni taʼqib etishga jurʼat eta olmadilar va ortga qaytdilar.
Jaloliddinning Yassi Chaman yaqinida tor-mor etilganini eshitganlar moʼgʼullarga Manguberdining zaiflashganini aytishadi va ularni hujumga undaydilar. Moʼgʼullar bu xabarni eshitib, 1230-31 yillarda Ozarbayjonga bostirib kirdilar va sultoni holdan toygan mamlakatni tezda istilo qiladilar. Magʼrur, qaysar Jaloliddin Manguberdi nochor ahvolda qolganidan turli mamlakatlar hukmdorlaridan, hattoki, avval raqib boʼlgan davlat hukmronlaridan ham najot istab, yordamga chaqirishga majbur boʼladi. Bu ham yetmaganidek, moʼgʼullar Jaloliddinning qishlovlarga yuborilgan lashkarlari toʼplanmasidan burun Manguberdiga hujum qiladilar. Xorazmshoh bu ayovsiz va ogʼir jangdan bazoʼr qutulib qoladi.
Jaloliddin Manguberdini oʼzi esa taʼqiblardan qutulib Kurdiston togʼlariga chiqib ketgan. Bu yerda qaroqchi kurdlar qoʼliga tushib fojeali halok boʼlgan. Jaloliddin Manguberdi ot choptirib ketdi Uzoqlarga Uning oʼlimidan soʼng, moʼgʼullar bunga koʼp yillar ishonmay, yurak hovuchlab yurdilar. Xalq Jaloliddin bu dunyodan ketganiga ishonmadi. Hizrni koʼrgan Manguberdi darveshlar orasida bir soʼfiy kiyimida Islom mamlakatlarida, xalq ichida kezib yuribdi, degan ishonch bilan uning yana kuch toʼplab bizni himoya qiladi, deb kutdilar.
Ular holdan toygan vatanparvarning bir kurd tomonidan nomardlarcha halok etilib qoʼyilishiga ishongilari kelmadi. Bunga hatto hukmdorlar ham ishongilari kelmadi. Iroqi Аjam noibi Sharafuddin Аli Manguberdini izlatib ham koʼrdi. Jaloliddin ular uchun yengilmas, jisman ham oʼlmas qahramon edi Ular saltanatning soʼnggi davrlarida xalqning issiqdan va suvsizlikdan qiynalayotganini koʼrib, yada toshi vositasida yomgʼir yogʼdirishdek moʼʼjiza yaratgan Sultonning oʼlganiga ishonmadilar Hattoki, hozir ham Manguberdining tirikligiga ishonuvchilar topiladi.
Zero, Jaloliddinning oʼzi shunday degan (M.Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” dramasidagi vatanparvar tarixiy shaxs obrazining soʼzlari): Mangulikdan joy olgan - yashar abadiy, Men-ku, Manguberdiman, olam biladi. Koʼklardanmi, suvdanmi, yo yer tagidan, Balki sahro bagʼridan, togʼ etagidan, Bir kun paydo boʼlaman shu yurt, shu yerda, Yurt shaydosi koʼmilmas gʼurbatda – goʼrda. Ulugʼvor niyatlarga kor qilmas ajal, Kim yurtdan yov quvsa – mendurman oʼshal Oʼzbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining moʼgʼul bosqinchilariga qarshi kurashda koʼrsatgan mislsiz jasorati, vatanga va oʼz xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” Qaror qabul qildi (1998).
Qarorga koʼra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal oʼrnatildi, yirik koʼcha, maydon, jamoa korxonalari va boshqalarga uning nomi qoʼyildi. Jaloliddin Manguberdining harbiy yurishlarida hamroh boʼlgan tarixchi Nasaviy Jaloliddin Manguberdiga bagʼishlab “Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberdi” (“Sulton Jaloliddin Manguberdining holati”) nomli asar, Maqsud Shayhzoda esa “Jaloliddin” (1943-yil) dramasini yozgan. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilьm, doston, pʼesa va boshqalar yaratilgan. 2000-yilning 30-avgustida “Jaloliddin Manguberdi” ordeni taʼsis etilgan. Xulosa qilib shuni aytib oʼtish kerakki, tarix vatanparvarlik tuyђusini shakllantirishdagi eng buyuk qurollardan biridir.
Xulosa: Oʼtmishda Ona Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun jonini fido qilishga tayyor turgan Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi kabi tarixiy shaxslar, qahramonlar boʼlganligining oʼzi ham bizlarda kelajakka ishonch ruhini mustahkamlaydi. Аlbatta, Vatan ravnaqi uchun bor bilimi, kuchi, salohiyatini sarflash Oʼzbekiston Respublikasi barcha fuqarolarining, ayniqsa yoshlarning muqaddas burchiga aylanmogʼi darkor. Zero har birimizning baxtimiz, kelajagimiz Vatan ravnaqi bilan chambarchas bogʼliq.
“Amir Temur davlati” mavzusi buyicha SWOT-tahlil qiling.
“SWOT” tahlili bu yangi bilimlarni o‘zlashtirishga, tushunib olishga yordam beradigan usul hisoblanadi.
“SWOT” so‘zi quyidagi inglizcha so‘zlarning qisqartmasidan olingan:
S – Strengths (Kuchli tomonlar);
W – Weaknesses (Zaif tomonlar);
O - Opportunities (Imkoniyatlar);
T - Threats (Xavflar).
S
Amir Temur dastlab o'ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos qabilasidan maxsus qo‘shin tashkil qiladi, so‘ngra o‘z davlati chegaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Avval u Amudaryo va Sirdaryo oraIig‘idagi yerlami, shuningdek, Farg‘ona va Shosh viloyatlarini o‘z tasarrufiga oladi.
W
Tashqi siyosatda o‘z yurishini Amir Temur dastavval Xurosondan boshladi. 1381- yil u Hirotni, 1381-84- yillarda Eronning katta qismini egalladi. Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shorn (Suriya) ustiga 3 marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda “uch yillik”, “besh yillik” va “yetti- yillik” urushlar nomi bilan mashhur.
O
Amir Temur Chig‘atoy ulusining oldingi chegaralarini tiklash maqsadida 1372- yilda Xorazmga birinchi bor yurish qildi. Xorazmliklar magMubiyatga uchragan bodsalar ham, Amir Temurga bo‘ysunmadilar. Shu boisdan Amir Temur Xorazmga 5 marta yurish qilib va nihoyat, 1388- yilda uni butunlay qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
T
1399-1404-yillardagi harbiy yurishlar natijasida Shomning Halab, Xums, Baalbek, Damashq kabi yirik shaharlari va arab Iroqining Ubuliston oTkasi bilan Bag‘dod zabt etiladi.
3. Darslik matni, ma'ruza va taqdimot materiallaridan foydalanib, "Chor Rossiyasi tomonidan O'rta Osiyo hududini bosib olishining salbiy va ijobiy oqibatlari" jadvalini to'ldiring. Bunda: