1. Bosib olishning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy oqibatlarini aniqlang
2. Jadvaldagi ustunlarni to'ldiring
Chor Rossiyasi tomonidan O'rta Osiyo hududini bosib olishning salbiy oqibatlari
|
Chor Rossiyasi tomonidan Markaziy Osiyo hududini bosib olishning ijobiy oqibatlari
|
Chor Rossiyasi tomonidan O'rta Osiyo hududini bosib olishning salbiy oqibatlari
O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. O’rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlaka aylantirilishi hamda podsho Rossiyasining Turkistonda olib borgan mustamlaka siyosatiga doir manbalar boy va salohiyatlidir. Bu manbalarni bir necha xilga bo’lib o’rganishimiz mumkin. Manbalar orasida eng ishonarli va nufuzli hisoblanganlari mahalliy tarixchilarimiz tomonidan XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yaratilgan. Ular orasidan Muhammad Solix Toshkandiyning «Tarixi jadidi Toshkand», Avaz Muhammad Attor Xukandiyning «Tarixi Jahonnamoyi», Muhammad Yunus Toibning «Tarixi Aliquli Amirlashkar», Mullo Holiboy Mametovning «Urus lashkarlarining Turkistonda tarixi 1269-1281 sanalarda qilgan futuxotlari», Mullo Olim Maxmudxojaning «Tarixi Turkiston», Niyoz Muhammad Xuqandiyning «Tarixi Shohruxiy», Ibratning «Tarixi Farg’ona», Muhammad Yunus Bayoniyning «Shajarai Xorazmshohiy» va boshqa bir qator asarlarini alohida ko’rsatib o’tishimiz mumkin.
Bu manbalar bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan ko’plab hujjatlar, rus harbiyolari va tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan asarlar va hujjatlar ham mavzuni o’rganishda muhim manbalar bo’lib hizmat qiladi. Biroq bu asarlar va hujjatlarni o’rganishda ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashib, haqqoniy va holis xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir. Rossiya imperiyasi XIX asr boshlaridanoq Turkistonni hududiy – geografik, harbiy-siyosiy, ilmiy o’rganishga jiddiy kirishdi.
1803 yilda Ivanov boshchiligidagi dastlabki missiya xonliklar orasida harbiy, siyosiy, iqtisodiy jihatdan katta kuchga ega bo’lgan Buxoroga yetib keldi va amirlik haqida bir qancha ma’lumotlarni qo’lga kiritdi.
1920 yilda A.F.Negri boshchiligida o’z tarkibida olimlardan G.Meyendorf, E.Eversman, Budrinlarga ega bo’lgan ikkinchi missiya amirlik haqida ko’proq ma’lumot yig’ish uchun keldi. G.Meyendorf kelajakda rus qo’shinlarining Buxoroga harbiy bosqinchilik bilan kelganlarida foydalanishlari uchun butun tafsilotlarni o’zida mujasam etgan xaritalar tuzish bilan shug’ullandi.
1834 yilda Buxoroga yangi missiya yuborildi. Bu missiya mutlaqo josuslik maqsadidagi topshiriqlarni bajardi. Bu missiyaga turkiy tillarni va bu xalqlarning tarixini yaxshi bilgan Qozon universitetining Sharqshunoslik fakulteti talabasi P.Ch.Demizon rahbarlik qildi. Unga tatar mullasi Mirza Ja’far nomi bilan soxta pasport va diplomatligini tasdiqlovchi hujjat berildi. Unga yuklatilgan vazifa o’ta muhim bo’lib, Rossiya bilan Xiva o’rtasida urush kelib chiqsa Buxoro bunga qanday munosabatda bo’lishini aniqlashdan iborat edi.
1835 yilda praporshik Vitkevich maxfiy ko’rsatmalar bilan Buxoroga jo’natildi. 1839 yil aprelda Buxoroga muhandis – geolog, kapitan Kovalevskiy boshchiligidagi ekspedisiya yuborildji va unga Turkistondagi mavjdu oltin va boshqa ma’dan konlarini xaritalashtirish topshirildi. Shuningdek Buxoro amirligining geologik tuzilishi, Buxoroda oltin buyumlar bilan savdo qilishning ahvoli va amirlikning tashqi savdo munosabatlari haqida statistik ma’lumotlar to’plash vazifasi yuklatilgan edi.
1841 yil Buxoroga N.Xaniqov boshchiligidagi missiya o’z tarkibida N.Zalesov, Leman kabi olimlar bilan birgalikda keldi va O’rta Osiyo flora va faunasini o’rganishga kirishdi. 1843 yilda N.Xaniqov o’z safar natijalari haqida hisobot to’plab tashqi ishlar vazirligiga topshirdi va shu yiliyoq hisobt tegishli idoralar uchun yo’llanma sifatida «Opisaniye Buxarskogo xanstva» nomi bilan kitob holida nashr etildi. Bu kitob O’rta Osiyoga yurish qiladigan qo’shinning zobit va askarlariga tarqatish uchun Orenburg general –gubernatorligiga jo’natildi. Kitobda Buxoro xaritasi, Samarqand shahri plani ilk marta e’lon qilindi.
1842 yilda Buxoro amirligiga yuborilgan K.Butenevga yanada maxfiy topshiriq berildi. U bu topshiriqlarni qoyil qilib bajardi. Rus hukumatiga «Buxoroga qo’shin tortib borish imkoniyatlari» deb atalgan maxfiy ish topshirdi. Unda amirlikni bosib olish mumkinligi aniq tavsiflab berilgan. Hukmuatni va rus generallarini amirlikni tezroq bosib olishga undadi.
Dostları ilə paylaş: |