1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari


Kompyuter virusi tushinchasi



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə43/50
tarix29.06.2022
ölçüsü160,08 Kb.
#62507
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

100.Kompyuter virusi tushinchasi - Kompyuter virusi – bu o’lchami jihatidan katta bo’lmagan va maxsus yozilgan dastur (ya’ni bajariluvchi kodning ma’lum bir ketma- ketligi) bo’lib, o’zini boshqa dasturlarga «yozib» qo’yishi (ularni«kasallantiradi»), nusxalarini yaratishi va ularnifayllarga, kompyuterning tizim sohalariga tadbiq qilishi mumkin. Ichida virus bo’lgan dastur «zararlangan» deyiladi. Bunday dastur ishni boshlaganda boshqaruvni avval virus oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va ularni «zararlaydi» hamda qandaydir zararli amallarni (masalan, fayllarni yoki diskda fayllarning joylashish tartibini buzadi, tezkor xotirani «ifloslantiradi» va h.k) bajaradi. Viruslar boshqa dasturlarga har doim zarar yetkazmasligi, balki, ma’lum shartlar bajarilgandagina ishga tushishi mumkin. Masalan, Anti-MIT virusi har yilning 1-dekabrida qattiq diskdagi barcha axborotni buzadi, Tea Time virusi 15:10 dan 15:13 gacha klaviaturadan axborot kiritishga xalaqit beradi. 2003-yilda shaharda «kezib yurgan» mashhur bo’lgan One Half virusi qattiq diskdagi ma’lumotlarni sezilmagan holda shifrlaydi. 1989- yilda amerikalik talaba virus yaratishga muvaffaq bo’ldi va bu virus AQSh Mudofaa Vazirligining 6.000 ga yaqin kompyuterini ishdan chiqardi. Taniqli Dir-II virusi epidyemiyasi 1991-yilda tarqaldi.
101. Kompyuter virusi klassifikatsiyasi - Ekspertlarning hisoblariga ko’ra, hozirgi kunda mavjud bo’lgan viruslar soni 800.000 dan ortib ketdi. Har kuni 8-10 ta yangi viruslar yaratilmoqda. Hozirgi kunda amalda harakatda bo’lgan viruslarning soni 300 ga yaqin deb hisoblanmoqda.
Taniqli virusologlardan biri Yevgeniy Kasperskiy viruslarni belgilari bo’yicha quyidagicha tasniflashni taklif qiladi:

  1. Virusning yashash muhiti bo‘yicha:

    1. Tarmoq – kompyuter tarmog’i bo’yicha tarqaladi.

    2. Fayl – bajarilayotgan fayllarga tadbiq qilinadi.

    3. Yuklanuvchi – diskning yuklash sektori (Boot-sektor)ga tadbiq qilinadi.

  2. Yashash muhitini zararlash usuli bo‘yicha:

rezident – kompyuter xotirasida joylashadi va kompyuter o’chirilgunga qadar faol bo’ladi;
norezident – xotirani zararlamaydi, ma’lum bir vaqt oralig’ida faol bo’ladi.

  1. Destruktiv imkoniyatlari bo‘yicha:

zararsiz – ishga ta’sir qilmaydi; tarqalishi natijasida diskning bo’sh xotirasini kamaytiradi;
xavfsiz – diskning bo’sh xotirasini kamaytiradi, ovoz, grafik va boshqa effektlar yaratadi;
xavfli – ish jarayonida jiddiy uzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin;
o‘ta xavfli – dasturlar yoki tizim ma’lumotlarining yo’qolishiga olib kelishi mumkin.

  1. Virus algoritmining o‘zgachaligi bo‘yicha:

«Yo‘ldosh» viruslar – fayllarni o’zgartirmaydi, EXE-fayllar uchun yo’ldosh bo’lgan SOM-fayllar yaratadi.
«Chuvalchang» viruslar – tarmoq bo’yicha tarqaladi, tarmoq manzillarini hisoblagan holda o’z nusxalarini jo’natadi.
«Parazit» – disk sektorlari yoki fayllar tarkibini o’zgartiradi.
«Talaba» – ko’plab xatoliklarga ega bo’lgan viruslar.
«Stels» (ko’rinmas) viruslar –zararlangan fayl yoki sektorlarga DOS murojaatini tutib oladi va o’zining o’rniga zararlanmagan qismlarni qo’yadi.
«Sharpa» viruslar – hech qanday doimiy kodga ega emas, topish qiyin, virusning asosiy tanasi shifrlangan.
Makroviruslar – mashina kodlarida emas, Word Basic tilida yoziladi, Word hujjatlarida yashaydi, o’zini Normal.dotga yozadi).


Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin