1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari


Ekspert tizimlari. Intellektual komponentli axborot tizimi, ekspert tizimi



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə18/50
tarix29.06.2022
ölçüsü160,08 Kb.
#62507
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

24. Ekspert tizimlari. Intellektual komponentli axborot tizimi, ekspert tizimi
EKSPERT TIZIMLARI 
Zamonaviy jamiyatda tobora o‘sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turli-
tumanligi, kompyuterda yechiladigan masalalarning murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan 
foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish 
ishlarini insondan EHMga o‘tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani yechish yo‘llaridan biri — bu 
ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert o‘zidan kelib chiqib sharoitni tahlil etadi va 
nisbatan foydali axborotni aniqlab oladi, chorasiz yo‘llardan voz kechgan holda qaror qabul qilishning 
eng maqbul yo‘llarini vujudga keltiradi. 
Ekspert tizimida ma’lum bir predmet sohasini ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi. 
Ekspert tizimi — bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to‘plash va qo‘llash, uyushtirish usullari 
hamda vositalari majmuidir. Ekspert tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda 
qarorni tanlash chog‘ida muqobil variantlar ko‘pligi uchun yanada yuqori samaraga erishadi. 
Strategiyani tuzish paytida yangi omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi. 
Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan. 
Ekspert tizimlari — ET (intellektual komponentli axborot tizimi) EHMda ma’lumotlar 
bazasidan tashqari yana ikkita — bilimlar va maqsadlar bazasi mavjudligi bilan ajralib turadi. 
Ma’lumotlar bazalari (MB) boshqaruv tizimi va obyektining miqdoriy formal tavsifiga ega; bilimlar 
bazasi (BB) tashqi muhit haqidagi noformal semantik tasavvurlar, obyektlarning ayrim sifat tavsifin
ular orasidagi munosabatlar, mumkin bo‘lgan harakatlar, holatlar, abstraksiyalar, stereotiplar bayon
saqlaydi. Maqsadlar bazasi modellashtiriladigan obyektlar uchun xos bo‘lgan o‘zaro bog‘liq maqsadlar, 
kenja maqsadlar, ularga yetishish uslublari va vositalari to‘g‘risidagi tasavvurga ega. Bunday tizimlar 
ijodiy, ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish, boshqarish jarayonlarida juda dolzarb. 
Ekspert tizimlari inson faoliyatining aniq turlari bo‘yicha mutaxassislar tajribasi va bilimini 
to‘plash, boyitish, rivojlantirish imkonini beradi. 
25. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari samaradorligi. Axborot tizimi, tizim,avtomatlashtirilgan ofis tizimi avtomatlash - tirilgan ish joy
Avtomatlashtirilmagan 

- o’rnatishning osonligi, mavjud operatsiyalar asosining imkoniyatlari;


- tushunish oson va ularni o’zlashtirishga kam vaqt ketadi;
- texnik malaka talab qilinmaydi;
- odatda ular moslashuvchan va tegishli ish talablariga o’rganuvchan bo’ladi.
Avtomatlashtirilgan tizimning o’ziga xos afzalliklari mavjud. Avvalo, 
tashkilotda yuz berayotgan barcha narsani axborot maydonida aks ettirish 
imkoniyati mavjud. Barcha iqtisodiy omillar va resurslar yagona axborot shaklida, 
ma`lumotlar ko’rinishida ishtirok etadi. Bu hol qaror qabul qilish jarayonini 
axborot 
texnologiyasi 
sifatida 
ko’rib chiqish imkonini beradi.
Axborot tizimi - qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash saqlash ishlov berish va chiqarishda foydalanildigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq majmuyi.
“Tizim” deganda, bir vaqtning o’zida ham yagona , yaxlit deb qaraladigan har qanday obyekt, ham qo’yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmuyi tushuniladi.
Avtomatlashtirilgan ofis tizimi
Avtomatlashtirilgan ofis tizimi (Office Information Systems – OIS) firma boshqaruvining barcha darajadagi menejerlari uchun faqat xodimlar ichki firma aloqasini qo‘llab-quvvatlash uchungina emas, balki ularga tashqi muhit bilan yangi kommunikatsiya vositalarini taqdim etishi jixatdan ham diqqatni o‘ziga tortadi. Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi kommunikatsiya jarayonlarini ham tashkilot ichida, ham tashqi muhit bilan axborot uzatish va u bilan ishlashning kompyuter tarmoqlari va zamonaviy vositalar negizida tashkil etish va qo‘llab quvvatlashdir. Hozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish texnologiyasini ta’minlovchi kompyuter va nokompyuter texnik vositalar uchun bir necha unlab dasturiy mahsulotlar ma’lum: matnli protsessor, jadvalli protsessor, elektron pochta, elektron kalendar, audiopochta, kompyuterli va telekonferensiyalar, shuningdek boshqaruv faoliyatining maxsus dasturlari kiradi.

Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin