1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari


Avtomatlashtirilgan axborot tizimining konseptual, funksional modeli. Tizim, Avtomatlashtirilgan



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə16/50
tarix29.06.2022
ölçüsü160,08 Kb.
#62507
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

20. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining konseptual, funksional modeli. Tizim, Avtomatlashtirilgan axborot tizimi, kanseptual va funksional tizim
AATning konseptual modeli. Axborot tizimi foydalanuvchilarning talabiga muvofiq
axborotlarni yig’ish, qayd etish, uzatish, saqlash, to’plash, qayta ishlash, tayyorlash va taqdim
etishga mo’ljallangan. Konseptual nuqtai nazardan qaraganda, axborot tizimi – bu operasiyani
bajaruvchi tizim va boshqaruvchi tizim o’rtasidagi vositachi sanaladi.
Axborot tizimining funksional modeli.
Axborot tizimining funksional modelini quyidagicha tasavvur etish mumkin.
Mazkur modeldan ko’rinib turibdiki, axborot tizimining sohasi axborot obyektlari
majmuidan iborat axborot makonini ifodalaydi. Umuman olganda axborot makoni bir xilda
emas, chunki unda axborotlarning yuzaga kelishi, tashkil etilishi va joylashtirilishi jihatidan
farqlanuvchi axborot obyektlarini o’zida saqlaydi.
Tizim orqali barcha axborotlarning yuzaga kelishini quyidagi asosiy protseduralarga ajratish
mumkin: saqlash, qidirish, qayta ishlash, kiritish va chiqarish. Birinchi uchtasi ichki bosqich
sanaladi, to’rtinchi va beshinchilari esa mazkur tizim bilan axborot manbai va tashqi muhit
o’rtasidagi aloqani ta’minlaydi.
1 - axborotni tashkil etish, saqlash va taqdim etish tizimi;
2 - axborotni kiritish, yangilash va tuzatish tizimi.
Avtomatlashtirilgan avtomatlashgan axborot tizimlaridagi axborotni saqlash, unga ishlov berish va qidirish uchun hamda kompyuterlarda axborotni to’plash, tayyorlash va uzatish, shuningdek axborotni istemolchiga chiqarib berish bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish uchun ham foydalaniladi. Bu tizimlar keng funksional imkoniyatlarga ega va axborotni juda katta hajmlarini saqlash va ishlov berishga qodir. Bu yerda axborot eltuvchilar kompyuterning xotira qurilmalaridir.
21. Axborot muxiti, axborot tizimining namunaviy tarkibi. Konseptual model, axborot muhiti, lingvistik ta’minot, boshqaruv tizimi, avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Axborot tizimining namunaviy tarkibi
Ixtiyoriy axborot tizimida uning ishlash jarayonini quyidagi tasvirda ko`rsatamiz. Asosiy ishlar 4 ta blokdan iborat: dastlabki ma`lumotni kiritish, unga ishlov berish, natijaviy ma`lumotni iste`molchilarga yoki boshqa AT ga uzatish, teskari aloqani ta`minlash, ya`ni natijani tahlil qilib dastlabki ma`lumotlarni xodimlar yoki boshqa AT tomonidan tuzatish (2-rasm).
AATning konseptual modeli. Axborot tizimi foydalanuvchilarning talabiga muvofiq
axborotlarni yig’ish, qayd etish, uzatish, saqlash, to’plash, qayta ishlash, tayyorlash va taqdim
etishga mo’ljallangan. Konseptual nuqtai nazardan qaraganda, axborot tizimi – bu operasiyani
bajaruvchi tizim va boshqaruvchi tizim o’rtasidagi vositachi sanaladi.
Lingivinistik ta`minot - axborot tizimlari xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta`minoti xodimlarining muloqat tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot tizimlarida foydalaniladigan atamalar majmui kiradi.
Axborot muhiti o`zaro bog`langan uchta tarkibiy qismni o`z ichiga oladi. Bular: foydalanuvchining axborot tuzilmasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, boshqaruvning ishtirok etuvchi ob`yektlari.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) - axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda qo`llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo`ljallangan texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislarning majmuidir.
Boshqaruv tizimi to‘g‘risida tushuncha
Boshqaruv – ko'p ma'noli tushuncha. U ob'ektga mustaxkamligini saqlash yoki tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o'tkazishda ta'sir etish uchun kerak bo'lgan joyda qo'llaniladi. Shu bois ―boshqaruv‖ tushunchasi boshqaruvchi ta'sirga ta'rif berish uchun qo'llaniladi. Boshqaruv tizimining turlarini ajratib ko'rsatash mumkin: masalan- ishlab chiqarishning uzluksiz bajaruvchilari bo'lgan insonlar alohida mashinalar, mexanizmlar, tizimlar, ishlab chiqarishdagi texnologak jarayonlar, aniqrog‘i, ishlab chiqarish jarayonlaridagi alohida elementlarni boshqaradi. Boshqaruvning bu sohasi ijtimoiy fanlar tomonidan fanning qator tabiiy va ilmiy sohalarini jalb etgan holda o'rganiladi.

Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin