Agar chakana elektron magazinlari O’zbekiston bozori uchun endi kirib kelayotgan bo’lsa, ko’plab kompaniyalar Internet orqali ishchi operatsiyalarni yuritishning ustunliklarini sezdilar. Bu ayniqsa, iqtisodiy krizis va korxona internet-texnologiyalarni tadbiq qilgandan so’ng yuzaga keladigan ustunliklar sharoitlarida dolzarb bo’ldi.
Internet-texnologiyalarning ko’plab ustunliklari mavjud. Ularning ba’zi birlarini keltirib o’tamiz:
ishlab chiqarish va savdo aylanmasi sezilarli darajada ortadi, chunki olingan hujjatlarni har safar kiritish zarurati yo’q, bundan tashqari kiritishdagi xatoliklar ehtimolligi kamayadi;
ancha arzon kommunikatsiya vositalaridan foydalanish hisobiga axborot almashish bilan bog’liq bo’lgan harajatlar sezilarli kamayadi;
elektron tijoratning internet-texnologiyalaridan foydalanish kompaniyaga mijozlarga nisbatan ochiqroq bo’lish imkonini yaratadi;
mahsulotlar va xizmatlar haqida mijozlarni va hamkorlarni tez va oson xabardor qilish imkonini beradi;
sotishning muqobil kanallarini yaratish imkonini beradi. Masalan, korporativ saytda internet magazin orqali.