8. Ma’lumotlarning axborotli modellari . Faktografik, relyasion, ierarxik, tarmoqli
Ma’lumotlarning ierarxik va tarmoq modellari
Mashina muhitidagi ma’lumotlarning murakkabroq modellari - tarmoqli va ierarxik modellar bo‘lib hisoblanadi. Bu modellar ularning o‘zlariga xos turdagi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlatiladi. MBBTda ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etish usuli ma’lumotlarning tarmokli yoki ierarxik modeliga mos holda ko‘rsatiladi. Bunday model o‘zaro bog‘liq ob’ektlarning majmuidir. Ikki ob’ektning aloqasi ularning bir-biriga tobeligini aks ettiradi. Tarmokli yoki ierarxik modelida ob’ekt bo‘lib, MBBT kiritilgan ma’lumotlar tuzilmasining asosiy turlari hisoblanadi. Turli MBBTlarda bu turdagi ma’lumotlarning tuzilmasi turlicha aniqlanishi va nomlanishi mumkin.
Relyasion modelda o„ziga xos atamalar ishlatiladi, biroq bu model moxiyatini o„zgartirmaydi. Masalan, mantiqiy darajada element atribut deb ataladi. Bundan tashqari u uchun “kolonka”, “ustun” va “maydon” atamalari ham ishlatiladi. Atributlar to„plami kortejni (qator, yozuv, satr) xosil qiladi. Kortejlar to„plami munosabatni (MB jadvali yoki faylini) xosil qiladi.
Relyasion modelda fayllar o„rtasidagi bog„lanishlar yaqqol tarzda tavsiflanmasligi ham mumkin. Bu bog„lanishlar ma‟lumotlarni qayta ishlash vaqtida dinamik ravishda mos maydonlarning qiymatlari bo„yicha o„rnatiladi. Relyasion MB da yozuvlar chiziqli strukturaga ega.
Har bir munosabat kalitga, ya‟ni kortejni bir qiymatli identifikatsiyalovchi atributga
(oddiy kalit) yoki atributlar to„plamiga (tarkibiy kalit) ega.
Qaralayotgan munosabatda kalit bo„lmagan atribut yoki atributlar guruxi boshqa munosabatda kalit bo„lsa, bu atribut yoki atributlar guruxi tashqi kalit deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |