1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari


Axborotlarni saqlash va izlash tamoyillari



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə7/70
tarix13.04.2022
ölçüsü160,08 Kb.
#55268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

7.Axborotlarni saqlash va izlash tamoyillari.

Axborotlarni saqlash

Axborotlar ustida amalga oshiriladigan asosiy amallardan biri saqlash va jamlash bo„lib, ma‟lum bir vaqt oralig„ida unga kirish mumkinligini ta‟minlashning bosh vositasi hisoblanadi. Hozirgi kunda berilganlar bazalari, berilganlar omborlari (saqlagichlar) bu amalni tadbiq qilish yo„nalishini aniqlovchilar hisoblanadi. Berilganlar ombori bir necha foydalanuvchilar tomonidan ishlatilishi va saqlanishi mumkin bo„lgan o„zaro bog„langan ma‟lumotlar to„plami sifatida qaralishi mumkin. Saqlanayotgan ma‟lumotlar foydalanuvchilar dasturlariga bog„liq emas va o„zgartirishlar uchun umumiy boshqaruv usuli qo„llaniladi.

Har qanday predmet sohasida obyektlar uchun bajariladigan jarayonlar va funksiyalar, obyektlarning xossalari ma‟lumotlar manbai bo„lib xizmat qiladi. Har qanday predmet sohasini uch xil: real, formal va axborot ko„rinishida taqdim etish mumkin.

Shunga ko„ra axborotni olish jarayonini uch qavatli filtrdan o„tkazish deb qarash mumkin. Bunda to„g„ri taqdim etish (sintaktik qiymatlilik), ma‟noviy qiymatliligi (semantik), iste‟molchi qiymatliligi (paragmatik)ni baholash amalga oshiriladi.

Axborotni olishda ma‟lumotlarni tahlil qilishning turli usul va shakllari muhim o„rin egallaydi:

qandaydir voqeaga bog„langan holatlarni qidirish;

vaqt bo„yicha voqealar ketma-ketligini topish;

rivojlanishga vaziyatning muhimlik parametrlarini (ta‟sirini) baholash;

chegaralarini (kriteriy) qidirish yo„li bilan obyektni (voqea, vaziyat, jarayon) u yoki bu toifaga ajratish mumkin bo„lgan toifalash;

obyektlarni qandaydir belgilariga asosan guruhlash;

voqea va vaziyatlarni taxmin qilish (prognozlash).



Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin