Tog` jinslari ichidagi boshliqlar ularning g`ovakligini bildiradi. g`ovaklik esa uz navbatida g`ovaklilik koeffitsienti bilan harakterlanadi.
Tog` jinsi ichidagi hamma boshliqlar hajmining (Vbush) umumiy tog` jinsi hajmiga (Vy) bo’lgan nisbati to’liq (yoki mutlaq) g`ovaklik koeffitsienti deyiladi.
(1.3)
Bu yerda: m - g`ovaklik koeffitsienti;
Vbo’ш- tog` jinsidan yasalgan namuna ichidagi,
boshliqlarning umumiy hajmi;
Vu - namunaning umumiy hajmi.
G`ovaklik koeffitsienti foizda yoki o’nli birlikda o’lchanadi. Tog` jinsidagi boshliqlar hosil bo’lish jarayoniga qarab ikki turli bo’ladi - birlamchi va ikkilamchi boshliqlar. Birlamchi boshliqlarga zarrachalar; qatlamchalar orasidagi boshliqlar va uzoq geologik davrlarda yotqiziqlarning paydo bo’lish vaqtida hosil bo’lgan boshliqlar kiradi. Ikkilamchi boshliqlarga esa har xil tektonik harakatlar oqibatida yangidan paydo bo’lgan katta darzliklar, tog` jinslarining maydalanishidan, erishidan va u.k.lardan paydo bo’lgan boshliqlar kiradi.
Tog` jinslari boshliqlarining tuzilishi ularning donadorligiga, shakliga, katta - kichikligiga, kimyoviy tarkibiga bog`liq bo’ladi. Bundan tashqari, katta va kichik g`ovaklarning nisbatiga qarab, tog` jinslarining boshliqlari turli - tuman bo’ladi. Ko’pincha bu g`ovaklar va boshliqlar o’zaro birlashib, tog` jinslarining kanallarini tashkil qiladi.
G`ovaklik kanallari o’zlarining kattaligiga qarab neft va gaz qatlamlarida uch turda bo’ladi:
1. Yirik kapillyar kanalchalar - diametri 0,5 mm dan yuqori;
2. Kapillyar kanalchalar - diametri 0,5 dan 0,0002 mm gacha;
3. O’ta mayda kapillyar kanalchalar - diametri 0,0002 mm dan kichik.
Birinchi tur kanalchalaridan neft, suv va gaz bemalol harakatlanadi, ikkinchi tur kanalchalarda esa kapillyar kuchlar natijasida harakatlanish bo’ladi. O’ta mayda kapillyar kanalchalarida umuman harakat bo’lmaydi.
Tog` jinslarining g`ovakliligini ta'riflashda to’liq g`ovaklilik koeffitsienti hamda tog` jinslarining statik yoki dinamik holatini harakterlovchi statik foydali hajm va dinamik hajm tushunchalari ham mavjud.
Tog` jinslarining ochiq g`ovaklilik koeffitsienti m0 deb, o’zaro birlashgan ochiq g`ovak boshliqlari umumiy hajmning (V0), namuna hajmiga (Vn) bo’lgan nisbatiga aytiladi.
Kollektorlarning statik foydali hajmi Pст deb, neft va gaz yig`ilishi mumkin bo’lgan boshliqqa aytiladi. Kollektorning dinamik foydali hajmi Pdin deb, neft va gaz harakatlanishi mumkin bo’lgan boshliqlarga aytiladi.
Statik foydali hajm Pст ochiq g`ovaklilik koeffitsienti (m0) bilan g`ovaklarni qoldiq suv to’ldirgan boshliqlar (mс) ayirmasi orqali aniqlanadi.
Vст= m0 - mс (1.4)
Dinamik foydali hajmi Pdin boshlang`ich suv to’yinganligi (Sс.b) va qoldiq suv to’yinganligi (Sсq) ayirmasini ochiq g`ovaklilik koeffitsientiga ko’paytmasidan kelib chiqadi: