Bola tafakkurining rivojlanishida topishmoqlarning roli.
Bola tafakkurining rivojlanishida topishmoqlarning roli. Reja: 1.Topishmoq xalq og’zaki ijodining o’ziga xos janiri sfatida 2. Topishmoqlarning bolalar yosh xususiyatlariga moslashishi 3. Topishmoqlarning bolalar aqliy qobiliyatini rivojlantiruvchi omillar Xulosa
O`zbek xalqining eng qadimgi davrdan shu kunga qadar etib kelgan madaniy meroslaridan biri xalq og`zaki badiiy ijodidir. Ilmiy adabiyotda qo`llanadigan halq og`zaki badiiy ijodi yoki fol’klor termini xalqning uzoq asrlardan beri davom etib kelayotgan og`zaki badiiy ijod namunalarini o`z ichiga oladi. Ilmiy adabiyotga birinchi marta 1846 yilda Vil’yam Tomson tomonidan kiritilgan fol’klor termini inglizcha ikki so`zdan - «fol’k» ( ) «lor» ( ) dan iborat bo`lib, xalq donishmandligi donoligi kabi ma’nolarni anglatadi.
Oktyabr’ to`ntarilishiga qadar bu soha «xalq poeziyasi», «el adabiyoti» inqilobdan so`ng esa «fol’klor», «xalq og`zaki ijodi» kabi nomlar bilan atalib kelindi. Hozirgi vaqtda «O`zbek xalq og`zaki badiiy ijodi» yoki «O`zbek fol’klori» deb atalganki, bu termin mazkur kursning mazmuni, maqsad vazifalarni to`la to`kis ifodalaydi.
Xalq og`zaki ijodi-fol’klor xalq tomonidan asrlar o`tib, rivojlanib, uzluksiz davom etib kelayotgan kollektiv ijodidir. U xalqning ijtimoiy hayotini, tarixini, kurash yo`lini yorqin ifodalaydi. Haqiqatdan ham halq og`zaki badiiy ijodi xalq tarixining badiiy in’ikosidir. Chunki, fol’klor asarlarida ijodkor xalqning ko`p asrlik tarixi, turmush tajribasi, tabiat hodisalariga munosabati, ijtimoiy hodisalarga qarashi badiiy ifodalangan.
Fol’klor dialektologiya, tarix, etnografiya, arxeologiya bilan uzviy bog`liq.
«O`zbek xalq og`zaki ijodi» kursi xalqimiz orasida uzoq asrlardan beri uzluksiz davom etib kelayotgan og`zaki badiiy ijodini o`rganish, tahlil qilish bilan shug`ullanadi; xalq baxshilari ijodini; ular yaratgan asarlarni g`oyaviy badiiy xususiyatlarni; obrazlar sistemasi, badiiy tasvir vositalari, fol’klordagi traditsiya va novatorlik problemalarini, fol’klorning yozma adabiyotga ta’sirini o`rganadi.
Badiiy adabiyotning eng muhim xususiyati inson hayotini badiiy formada obrazli aks ettirishdir. Fol’klor ham badiiy adabiyotning ajralmas uzviy qismi sifatida xalqning uzoq asrlik turmushini, kurash va intilishlarni badiiy ifodalaydi. Biroq fol’klorning, yozma adabiyotdan farqlovchi o`ziga xos spetsifik xususiyatlari mavjud. Ular asosan quyidagilar: kollektivlik, og`zakilik, anonimlik, varinatlilik, an’anavilik.