1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida



Yüklə 324,5 Kb.
səhifə29/56
tarix27.05.2022
ölçüsü324,5 Kb.
#59721
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56
1452183509 63273

Zurmala minorasi Hozirgi Termiz shahridan 10 kilometr chamasi narida, Amudaryo shimolga tomon keskin buriladigan erda eski Termiz xarobasi saqlanib qolgan. Ana shu erda Zup^ala nomi bilan ataladigan 12 metrli minora qad ko`tarib turibdi. Garchi minora xarob bo`lib ketgan bo`lsada, u mahobatlidir. A`lo sifatli g`ishtdan tiklangan minoraning poydevori nihoyatda mustahkam ishlangan.
Minoraning tashqi tomoniga aylanma zinapoya ishlangan bo`lib, ichki tomonida qop-qorong`i yo`lak bor. Zurmala minorasi eski Termiz bilan deyarli tengdosh milodimizning dastlabki asrlarida bunyod etilgan. Zurmala minorasi budda diniga topinganlar tomonidan qurilgan bo`lib, uni balog`at uyi deb atashgan.
Termiz milodimizning dastlabki asrlarida asosiy yadrosi Baqtriya hisoblangan Kushon podsholigi tarkibiga kirgan. Ana shu vaqtda shahar obod bo`lgan. Kushon davridan boshlab Surxondaryoning hozirgi hududiga buddizm kirib kela boshlagan. Bu erga buddiy missionerlari kelib saroylar, butxonalar qurganlar.
Qirqqiz qasri Termiz shahridan olti kilometr naridagi «Namuna» kolxozi hududida joylashgan qadi-miy Qirqqiz qasri xarobalari haybatli ko`rinishi bilan kishi e`tiborini o`ziga tortadi. Bu yodgorlik XVIII asr o`zbek xalq eposi bilan bog`langan. «Qirqqiz» — bu podshoh Guloyim va uning qirqta kanizagi haqidagi ertakdir. Qirqqiz qasri qal`ani eslatsada, lekin aslida yirik feodalning qasri bo`lgan. Ikki qavatli qasr IX asrda bunyod etilgan bo`lib, karvonlar o`ta turib, bu erda dam olganlar, yozning jazirama issig`ida shu joyda jon saqlaganlar. Qasr an`anaviy SHarq me`morchiligi uslubida qurilgan. Bu yodgorlikda arablargacha bo`lgan o`rta Osiyoga xos me`morchilik maktabining uslubi ko`zga yaqqol tashlanib turadi. Kasr dushmanning har qanday hujumidan, ayniqsa feodallarning o`zaro urushlaridan himoya qilishga moslab qurilgan.
Qirqqiz qasri inson hunarmandchiligi san`ati namunasi bo`lib, oddiy tuproq — loydan yaratilgan bu koshona ijodkorlarining, me`morlarining nomi ma`lum emas. Oradan ko`p yillar o`tdi. Qasr xarobaga aylandi. Ammo Qirqqiz qasri IX asrning noyob inshooti sifatida savlat to`kib turibdi.

Yüklə 324,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin